Mavzu: dada qo’rqut kitobi va alpomish dostonining qiyosiy tahlili reja: Qoʻrqit ota kitobi 2



Yüklə 36,94 Kb.
səhifə1/7
tarix17.12.2023
ölçüsü36,94 Kb.
#149673
  1   2   3   4   5   6   7
DADA QO’RQUT KITOBI VA ALPOMISH DOSTONINING QIYOSIY TAHLILI


MAVZU: DADA QO’RQUT KITOBI VA ALPOMISH DOSTONINING QIYOSIY TAHLILI


REJA:


1. Qoʻrqit ota kitobi
2. Kitobi Dada Qoʻrqud“da dostonlarning muallifligi
3. Alpomish dostonining qiyosiy tahlili





"Kitobi Dada Qoʻrqud" („Kitab-i Dadam Qorqud ala lisan-i taifa-i Ogʻuzan“ (Oʻgʻuz qabilalarining tilida Dadam Qoʻrqud kitobi) [1] — oʻgʻuz turk dostoni.[2] Ozarbayjon xalq adabiyotining eng qadimiy yozma obidasi (XI-XII asrlar).

Anʼanaga koʻra „Kitobi Dada Qoʻrqud“da dostonlarning muallifligi Dada Qoʻrqudga tegishli deyiladi. XIV asr tarixchilaridan Oybek ad-Davadori va Fazlulloh Rashidaddin Dada Qoʻrqudning Muhammad (s.a.v.) davrida yashaganini va turklar tomonidan elchi sifatida yoniga joʻnatilganini yozganlar. Doston muqaddimasida ham Dada Qoʻrqudning Muhammad paygʻambar zamonida yashagani qayd etiladi.[3]

Dostonlarning asosiy syujeti quyidagi oʻn ikki boʻy (doston)dan iborat: „Dirsaxon oʻgʻli Boʻgʻochxon dostoni“, „Solor Qozon uyining talon-toroj boʻlganligi haqida doston“, „Boyburabekning oʻgʻli Bamsi Bayrak dostoni“, „Qozonbek oʻgʻli Oʻrozbekning tutqun boʻlgani haqida doston“, „Duxoxoʻja oʻgʻli Dali Domrul dostoni“, „Kanglixoʻja oʻgʻli Xontoʻrali dostoni“, „Qozilikxoʻja oʻgʻli Yaganak dostoni“, „Basatning Tepakoʻzni oʻldirganligi haqida doston“, „Bagil oʻgʻli Emron dostoni“, „Ushunxoʻja oʻgli Sakrak dostoni“, „Solor Qozonning tutqun boʻlgani va oʻgʻli Oʻroz qutqargani haqida doston“, „Ichoʻgʻoʻzning Tashoʻgʻoʻzga itoat etmagani va Bayrakning oʻlimi haqida doston“.

Kitob tarixi

Ildizi mifologik dunyoqarashga borib taqaluvchi Dada Qoʻrqud dostonlari XI asrda „Kitobi Dada Qoʻrqud“ nomi bilan qogʻozga tushirilgan, qoʻlimizga yetib kelgan nusxalar esa XVI asrda koʻchirilgan qoʻlyozmalardir. Obidani ilk bora tadqiqotga jalb etgan nemis sharqshunosi Fridrix fon Ditsin fikricha, bu yerdagi baʼzi mifologik syujetlar, masalan, Tepakoʻz obrazi Gomerning „Odisseya“ dostonidagi Polifem obrazi bilan qiyoslaganda qadimiyroq hisoblanadi. Hozirgacha „Kitobi Dada Qoʻrqud“ning ikki qoʻlyozmasi maʼlum. Bulardan biri — nemis sharqshunosi F.fon Dits tomonidan Istanbuldan Germaniyaga olib borilgan va Drezden shahri kutubxonasiga sovgʻa qilingan bir muqaddima va oʻn ikki boʻydan (dostondagi alohida-alohida hikoyalar boʻy deb nomlanadi) iborat boʻlgan Drezden nusxasi, narigisi esa XX asrning 50-yillarida Vatikanda topilgan bir muqaddima va olti boʻydan iborat nusxadir.


Yüklə 36,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə