Mavzu: dada qo’rqut kitobi va alpomish dostonining qiyosiy tahlili reja: Qoʻrqit ota kitobi 2



Yüklə 36,94 Kb.
səhifə4/7
tarix17.12.2023
ölçüsü36,94 Kb.
#149673
1   2   3   4   5   6   7
DADA QO’RQUT KITOBI VA ALPOMISH DOSTONINING QIYOSIY TAHLILI

Dastlabki tarjima

"Kitobi Dada Qoʻrqud" eposining bizga yetib kelgan qoʻlyozma nusxalarining koʻchirilish tarixi XVI asr deb taxmin qilinadi. Boʻylarda oʻrta asrlar dostonlarimiz sifatida nasr va sheʼr parchalari navbatlashsa ham ushbu sheʼr parchalari oʻrta asrlarning poetika qonunlariga juda kam mos keladi. Baʼzi tadqiqotchilar fikricha, „Kitobi Dada Qoʻrqud“da vaqti bilan baʼzi boshqa qadimiy turkey dostonlar kabi boshdan-oxirigacha sheʼr bilan yozilgan, keyinchalik xotiralarda asosiy motivlar qolganligi sababli qogʻozga tushirilganda nasr koʻrinishida qayta tiklangan. Obida haqida ilk bora nemis olimi F.Dits maʼlumot bergan va „Tepakoʻz“ boʻyini nemis tiliga tarjimasi bilan chop etgan (1815). T.Noldeke asari Drezden nusxasi asosida chopga tayyorlashni xohlagan. V.V.Bartold 1894-1904-yillarda asarning 4 boʻyini rus tiliga oʻgirib nashr qilgan. U 1922-yilda dostonning toʻliq tarjimasini tugatgan, ushbu tarjima 1950-yilda Bokuda (H. Arasli va M.Tahmasb muharrirligi asosida), 1962-yilda esa Moskvada nashr etilgan.

Oʻgʻuzlar orasida

1952-yilda E.Rossi Vatikan kutubxonasida asarning yangi nusxasini topib, italyancha tarjimasi bilan birga nashr qildi. „Kitobi Dada Qoʻrqud“ Turkiyada ilk bora 1916-yilda Kilisli Muallim Rifat, Ozarbayjonda esa 1939-yilda akademik H.Arasli tomonidan nashr qilingan. Keyinchalik asar ingliz, nemis va fors tillariga tarjima qilingan, Angliyada, Shvetsariyada, AQShda va Eronda chop etildi. 1951-yilda „Kitobi Dada Qoʻrqud“ Ozarbayjonda va Turkmanistonda „xalq dushmani“ deb eʼlon qilindi va oʻqilishi taqiqlandi. „Rivojlangan“ sotsializm jamiyatida feodalizm davridan qolgan sanʼat namunasiga „joy topilmadi“. Ozarbayjonda 1957-yilda, Turkmanistonda 1980-yilda qayta tiklandi.

Kitob mavzusi

"Kitobi Dada Qoʻrqud" dostonlari XI-XII asrlarda va avvalroq Ozarbayjonda yuz bergan hodisalardan hikoya qiladi. Dostondagi hodisalarning aksariyati Temirqopi Darband, Barda, Ganja, Darashom, Alinja, Qoratogʻ, Goʻkcha koʻli, Qarachuq togʻi va boshqa joylarda yuz beradi. „Kitobi Dada Qoʻrqud“ni qogʻozga koʻchirgan shaxs Dada Qoʻrqudni bu dostonlarining yaratuvchisi hamda ishtirokchisi sifatida taqdim etadi. Bayot elidan chiqqan bu donishmandni oʻgʻuzning mushkul masalalarini hal qilib, kelajakdan shu tarzda xabar berganini koʻrsatadi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Dada Qoʻrqud qabri Darbandda joylashgan. XVII asrning taniqli sayyohlari Avliyo Chalabiy[6] va Adam Olearining[7] „Sayohatnoma“larida bu faktga duch kelish mumkin.[8]


Yüklə 36,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə