Mavzu: dada qo’rqut kitobi va alpomish dostonining qiyosiy tahlili reja: Qoʻrqit ota kitobi 2



Yüklə 36,94 Kb.
səhifə2/7
tarix17.12.2023
ölçüsü36,94 Kb.
#149673
1   2   3   4   5   6   7
DADA QO’RQUT KITOBI VA ALPOMISH DOSTONINING QIYOSIY TAHLILI

Fanga XIX asrdan maʼlum boʻlgan „Kitobi Dada Qoʻrqud“ning faqatgina ikki qoʻlyozmasi (Drezden va Vatikan) maʼlum. Drezden nusxasi[4] ustida keyinroq „Kitab-i Dadam Qorqud ala lisan-i taifa-i Ogʻuzan“ (Oʻgʻuz qabilalarining tilida Dadam Qoʻrqud kitobi) deb yozilgandi va yangi bir nusxasi asosi 1556-yil avgustda qoʻyilgan Drezdendagi Qirol Kutubxonasidan olingan, 1972-yil avgustda Bokuga olib kelinib, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasiga beriladi va Qoʻlyozmalar Institutida kengroq tafsilotlar bilan tadqiq etilgan. Bu nusxa muqaddima va 12 boʻydan, Vatikan nusxasi[5] esa ayni muqaddima va 6 boʻydan iborat. Bundan koʻrinib turibdiki, har 2 nusxa qadimiyroq nomaʼlum bir nusxadan koʻchirilgan. Ozarbayjon FA Qoʻlyozmalar Institutida „Dada Qoʻrqud“ning dunyodagi uchinchi qoʻlyozma nusxasi tayyorlandi.

„KITOBI DADAM QOʻRQUT“ („Qoʻrqut ota kitobi“) — oʻrta asrlar oʻgʻuz eposining yuksak namunalaridan biri. Uning tarkibiga kirgan hikoya va dostonlarning ayrimlari 7—8-asrlarda ogʻzaki ravishda yaratila boshlangan. Asosiy dostonlari 9—10-asrlarda oʻgʻuzlar Sirdaryoning quyi oqimlari va Orol dengizi atroflarida yashagan davrlarda yuzaga kelgan. Ular bu ulkan yodgorlikning tarkibida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlib, Qoʻrqut haqidagi afsona va rivoyatlarning ogʻzaki ravishda Turkiston xalqlari orasida keyingi davrlargacha saklanib qolishiga sabab boʻlgan.

Oʻgʻoʻz qabilalarining saljuqiylar rahnamoligida Gʻarbga siljishi natijasida ilgari yaratilgan dostonlar va rivoyatlarga yangilari qoʻshilib, Kavkaz va Kichik Osiyoda Koʻrqut va Qozonbek (Solor K°zon) haqida butun bir dostonlar turkumi vujudga keldi. Ogʻzaki ravishda yaratilgan va kuylanib kelingan bu asarlar bizga nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzonlar (baxshilar)dan yozib olinib, 15-asr oʻrtalarida „Kitobi dadam qoʻrqutQ.“ga tartib berilgan. Ogʻzaki kuylanib kelingan dostonlar „Kitobi dadam qoʻrqutQ.“ tarkibiga kiritilganda, ularga muayyan bir adabiy ishlov berilgan.

„Kitobi dadam qoʻrqutQ.“ kirish qism va 12 ta boʻy (doston)dan iborat. Kirish qismida Koʻrqut ota haqida maʼlumotlar berish bilan birga uning nomidan bir qancha otalar soʻzi (xalq maqollari) keltirilgan. Kitobga kiritilgan dostonlar quyidagilardir: 1. Dirsaxon oʻgʻli Boʻgʻochxon. 2. Solor Qozon uyining talon-toroj boʻlganligi. 3. Boyburabekning oʻgʻli Bamsi Bayrak. 4. Qozonbek oʻgʻli Oʻrozbekning tutqun boʻlgani. 5. Duxoxoʻja oʻgʻli Dali Domrul. 6. Kanglixoʻja oʻgʻli Xontoʻrali. 7. Qozilikxoʻja oʻgʻli Yaganak. 8. Basatning Tepakoʻzni oʻldirganligi. 9. Bagil oʻgʻli Emron. 10. Ushunxoʻja oʻgli Sakrak. 11. Solor Qozonning tutqun boʻlgani va oʻgʻli Oʻroz qutqargani. 12. Ichoʻgʻoʻzning Tashoʻgʻoʻzga itoat etmagani va Bayrakning oʻlimi.


Yüklə 36,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə