Mavzu: dada qo’rqut kitobi va alpomish dostonining qiyosiy tahlili reja: Qoʻrqit ota kitobi 2



Yüklə 36,94 Kb.
səhifə5/7
tarix17.12.2023
ölçüsü36,94 Kb.
#149673
1   2   3   4   5   6   7
DADA QO’RQUT KITOBI VA ALPOMISH DOSTONINING QIYOSIY TAHLILI

Kitobda joy olgan shaxslar

"Kitobi Dada Qoʻrqud" boʻylarida shijoat koʻrsatgan yigitlarga nom beradi, qiyin vaqtlarda xalq yordamiga keladi, oʻzining dono maslahatlari bilan ularga yoʻl koʻrsatadi. Dada Qoʻrqud nomi, ayni paytda, qoʻmuz bilan bogʻliq. Dostonlarda oʻgʻuzning keksa (Qozonxon, Dirsaxon, Qozilikxoʻja, Bagil, Boybajon, Aruz, Qoragune) va yosh (Bayrak, Uruz, Basat, Yaynak, Sagrak, Qorabudoq, Emron) naslga mansub qahramonlardan soʻz yuritiladi. Qahramonlik ruhi obidaning asosiy gʻoyasini tashkil etadi. „Kitobi Dada Qoʻrqud“ paydo boʻlgan davrning odat-anʼanalari, koʻchmanchi hayot tarsi va boshqalar haqida tarixiy-etnografik maʼlumot bilan boyitilgan. „Kitobi Dada Qoʻrqud“ ayolga yuksak ehtiromi bilan ajralib turadi. Eposning qahramonlik ruhi ayol obrazlarining harakatlarida ham ochiq-oydin koʻrinib turadi. Dostonda ona obrazi alohida diqqatni jalb etadi. Ozarbayjon xalq badiiy tafakkurining obidasi boʻlgan „Kitobi Dada Qoʻrqud“ dostonlarining poetik tili badiiy tasvir vositalariga boy. Ularda xalq tilining nozikliklaridan, maqollar, masal va idiomatik ifodalardan keng, mahorat bilan foydalanilgan. „Kitobi Dada Qoʻrqud“ Ozarbayjon turkchasining tarixini oʻrganish jihatidan boy manba hisoblanadi.

Qoʻrqit ota kitobi" („Kitab-i Dadam Qorqud ala lisan-i taifa-i Ogʻuzan“ (Oʻgʻuz qabilalarining tilida Dadam Qoʻrqud kitobi)[1] — oʻgʻuz turk dostoni.[2] Ozarbayjon xalq adabiyotining eng qadimiy yozma obidasi (XI-XII asrlar).


Qoʻrqit ota kitobi" („Kitab-i Dadam Qorqud ala lisan-i taifa-i Ogʻuzan“ (Oʻgʻuz qabilalarining tilida Dadam Qoʻrqud kitobi)[1] — oʻgʻuz turk dostoni.[2] Ozarbayjon xalq adabiyotining eng qadimiy yozma obidasi (XI-XII asrlar).
Anʼanaga koʻra „Kitobi Dada Qoʻrqud“da dostonlarning muallifligi Dada Qoʻrqudga tegishli deyiladi. XIV asr tarixchilaridan Oybek ad-Davadori va Fazlulloh Rashidaddin Dada Qoʻrqudning Muhammad paygʻambar davrida yashaganini hamda turklar tomonidan elchi sifatida uning yoniga joʻnatilganini yozganlar. Doston muqaddimasida ham Dada Qoʻrqudning Muhammad paygʻambar zamonida yashagani qayd etiladi.

Yüklə 36,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə