Kassa kirim va chiqim orderi, kassa kitobi



Yüklə 24,14 Kb.
tarix20.06.2023
ölçüsü24,14 Kb.
#118147
Kassa kirim va chiqim orderi, kassa kitobi


Kassa kirim va chiqim orderi, kassa kitobi

Kassadagi pul mablag‘larining hisobi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1998 yil 17dekabrda 565tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini oshirish Qoidalari»ga va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga muvofiq olib boriladi. Ushbu me’yoriy hujjatga asosan xo‘jalik 


yurituvchi sub’ektlar kassa xo‘jaligini tashkil etishlari lozim. Kassa xo‘jaligi o‘z ichiga 
quyidagi elementlarni oladi: 
• Kassa bo‘yicha moddiy javobgar shaxs, ya’ni kassir, u bilan moddiy javobgarlik 
to‘g‘risida tuzilgan shartnoma; 
•Tegishli xavfsizlik vositalari bilan ta’minlangan va jihozlangan kassa xonasi.
Ushbu xonaning eshik va derezalariga temir panjaralar o‘rnatilgan bo‘lishi, ichida temir
seyflar, signalizatsiya va o‘t o‘chirish anjomlari bo‘lishi zarur; 
•Kassa bo‘yicha hujjatlar tizimi, ya’ni kassa kitobi, kirim va chiqim kassa orderlari, 
ularni qayd etish jurnali va boshqalar. 
Kassaga pul mablag‘lari turli manbalardan kelib tushadi, masalan bankdan, savdo 
shahobchalaridan, korxona xodimlaridan va boshqa manbalardan. Barcha hollarda pul mablag‘lari kassaga «Kirim kassa orderi» hujjati asosida qabul qilinadi. Ushbu barcha korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega bo‘lgan hujjat buxgalteriyada tuziladi, 
unga kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnali bo‘yicha tartib raqami 
beriladi. Kirim kassa orderi chap va o‘ng tomonlarga bo‘linadi. Uning chap tomoni kirim 
kassa orderi deb atalib, unda pul mablag‘larining kimdan, qachon, nima maqsadda va 
qancha miqdorda olinganligi ko‘rsatiladi. Hujjatning o‘ng tomoni kirim kassa orderiga 
kvitansiya deb ataladi va unda ham chap tomondagi yozuvlar bir xil mazmunda aks 
ettiriladi. Kirim kassa orderi bosh hisobchi va pulni qabul qilib olgan kassir tomonidan 
imzolanadi. Hujjatning chap tomoni kassirda qoladi, o‘ng tomoni esa pulni topshirgan 
shaxsga beriladi.
Kassadan pul mablag‘lari turli maqsadlarda chiqim qilinadi, masalan ish haqi, 
nafaqa, safar harajatlari va boshqa maqsadlarda, shuningdek kelib tushgan savdo tushumi
va boshqa maqsadlarda olingan pullar bankdagi korxonaning hisob-kitob schyotiga
topshiriladi. Barcha hollarda pul mablag‘larining kassir bo‘ynidan soqit etilishi «Chiqim 
kassa orderi» hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat ham hamma korxonalar uchun 
yagona shakl va mazmunga ega. Unda qachon, kimga, nima uchun , qancha miqdorda pul 
berilganligi, olgan shaxsning haqiqatda pulni qanday hujjat asosida olganligi to‘g‘risida 
ma’lumotlar yoziladi. Chiqim kassa orderi korxona rahbari, bosh hisobchi, kassir va pulni 
olgan shaxs tomonidan imzolanadi. Hujjatlar sonini ko‘paytirib yubormaslik uchun 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

131 
kassadan ish haqi, mukofat pullari, nafaqalar, safar harajatlari va boshqalar oldin 


kassadan qaydnomalar asosida berilishi, shundan so‘ng ularning umumiy summasiga 
bitta chiqim kassa orderi tuzilishi mumkin. Bunday hollarda chiqim kassa orderlarida 
ushbu qaydnomalarning tartib raqamlari, qaydnomalarda esa – chiqim kassa orderining 
tartib raqami ko‘rsatiladi. Barcha chiqim kassa orderlariga kirim va chiqim kassa 
orderlarini qayd etish jurnali bo‘yicha tartib raqamlari beriladi.
Kirim va chiqim kassa orderlarida tuzatishlar, bo‘yab yozishlar, bitta tartib raqamini 
takrorlanishi mumkin emas.
Kirim va chiqim kassa orderlari asosida kassir «Kassa kitobi»ni yuritadi. Ushbu 
kitob tikilgan, nomerlangan, korxona rahbari va bosh hisobchi tomonidan imzolangan va 
korxona muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Kitobning har bir varag‘i ikki qismdan 
iborat bo‘lib, o‘ng qismi chap qismining tagiga bukiladi, ular o‘rtasiga nusxa o‘tqazuvchi 
qog‘oz qo‘yiladi. Kassir kitobning chap qismiga davr boshiga kassadagi pul 
mablag‘larining qoldig‘ini, keyingi qatordan boshlab oldin kirim kassa orderlari bo‘yicha 
qabul qilingan pul mablag‘larini, keyin esa chiqim kassa orderlari bo‘yicha pul 
mablag‘larini chiqimini alohida ustunchalarda ko‘rsatadi. Barcha kirim va chiqim kassa 
orderlari yozilgach, kirim va chiqim summalari jamlanadi. Kitobning so‘ngida kassir 
davr oxiriga kassada qolgan pul mablag‘larining qoldig‘ini, shu jumladan tarqatilmay 
qolingan ish haqi summasini, yozadi. Kassa kitobining o‘ng tomoni yirtib olinadi va 
hisobot sifatida barcha kirim va chiqim hujjatlari bilan birga imzolanib buxgalteriyaga 
topshiriladi. Kassirning hisoboti buxgalter tomonidan tekshirib qabul qilinadi
hisobotning oxirgi qismida unga nechta kirim va chiqim hujjatlari kiritilganligi yoziladi 
va imzolanadi. Kassa kitobida ham boshqa kassa hujjatlari kabi bo‘yab yozishlar, 
tuzatishlar mumkin emas. Buzilgan kassa kitobining varaqlari qayta yoziladi, buzilgan 
varaqlar kitobda saqlanishi kerak. 
Buxgalteriyaga topshirilgan kassa hisoboti va unga ilova qilingan boshlang‘ich 
hujjatlar kassadagi pul mablag‘larining sintetik va analitik hisobi registrlarini ( 1-son 
jurnal-order va 1-son qaydnomani) yuritishga asos bo‘ladi. 
Chet el valyutasi bo‘yicha kassa operatsiyalari yuz bergan hollarda, ularga doir 
muomalalar alohida kassa kitobida qayd etiladi.
Kassadagi pul mablag‘larining sintetik hisobini yuritish uchun 21- son BHMS da 
5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» va 5020 «Chet el valyutasidagi pul 
mablag‘lari» schyotlar ko‘zda tutilgan. Ushbu aktiv schyotlarning debet tarafida pul 
mablag‘larining qoldiqlari va davr maboynidagi kirimlari, kredit tarafida esa ularning 
chiqimlari aks ettiriladi. Ushbu schyotlar bo‘yicha asosiy buxgalteriya yozuvlari 
quyidagilardan iborat bo‘ladi. 

Tar-tib
raqami 


Operatsiyaning mazmuni 
Debet 
schet 
Kredit 
schet 
Yozuvga asos 
bo‘luvchi hujjat 
1. 
Pul mablag‘larining tushumi: 
-bankdagi hisob-kitob schyotidan 
-valyuta schetidan 
-ta’sischilardan olinganda 
-hisobdor shaxslardan olinganda 

-kredit olinganda 


-qarz olinganda 
- qaytarilmaydigan moliyaviy yordam

5010- 
5020 

5110 
5210 
4610 
4220- 
4230 
6810 
6820 
9380 

Kirim 
Kassa 


Orderi
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

132 
-sotishdan olinganda

-xodimlardan qarzni qoplanishi 
-ortiqchalar evaziga 
-maqsadli mablag‘lar 

9010-
9030 


4730 
9390 
8810-
8890 

2. 
Pul mablag‘larini chiqimi: 


-hisob-kitob schyotiga topshirilsa 
-valyuta schetiga topshirilsa 
-kredit qaytarilsa 
-qarz qaytarilsa 
-ish haqi berilsa 

-safar harajatlari bo‘yicha qarz berilsa 


-xo‘jalik zaruriyatlariga berilsa 
-ish haqi hisobidan avans berilsa 
-safar harajatlari uchun avans 
-nafaqa berilsa 
-kelgusi davr uchun sarflansa 

-inkassatorlarga topshirilsa 


-kamomad chiqsa 

5110 
5210 


6810 
6820 
6710-
6720 

6970 
9420 


4210 
4220 
6520 
3110-
3190 
5710 
4730 

5010-
5020 

Chiqim kassa 
orderi 

Kassada turli pulli ekvivalentlar ( markalar, biletlar, yo‘llanmalar va boshqalar ) 


saqlanishi mumkin. Bunday pulli ekvivalentlarning hisobi mahsus 5610 « Pulli 
ekvivalentlar» schyotida hisobga olinadi. 

6.3.Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining hisobi 

Korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari bankda ochilgan hisob-kitob schyotida 
saqlanadi. Hisob- kitob schyoti korxona tashkil etilgan vaqtda tanlab olingan bank 
muassasalaridan birida ochiladi. Hisob-kitob schyotini ochish uchun bank muassasiga 
ariza bilan chiqiladi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 

Mahalliy hokimiyatning korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tqazilganligi to‘g‘risida 
qarorining nusxasi; 

Korxonaning natariusdan tasdiqlangan ustavi; 

Natariusdan tasdiqlangan ta’sis shartnomasi; 

Korxona bo‘yicha birinchi va ikkinchi shaxslarning imzolarini namunalari 
kartochkasi. 
Korxona va bank o‘rtasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuziladi, unda 
tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarliklari, xizmatlar uchun to‘lanadigan 
to‘lovning miqdori, saqlanadigan pul mablag‘lari uchun bank to‘laydigan foizlar va boshqa 
jihatlar aks ettiriladi. Shartnomaga muvofiq bankda korxonaga 20 ta raqamdan iborat 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

133 
bo‘lgan shaxsiy schyot ochiladi, ushbu schyot korxonaning bankdagi hisob-kitob 


schyotining raqamini bildiradi. Barcha bank operatsiyalariga doir hujjatlarda korxona 
o‘zining ushbu hisob-kitob schyoti raqamini, bankning nomi va kodini ko‘rsatishi shart 
bo‘ladi.
Korxonaning hisob-kitob schyotiga pul mablag‘lari naqd va naqdsiz yo‘llar bilan 
kelib tushadi. Naqd pullar hisob-kitob schyotiga korxonaning o‘zi tomonidan topshiriladi. 
Buning uchun kassir yoki pul topshirish vakolati berilgan boshqa shaxs bankda maxsus 
“Naqd pul topshirishga e’lon” hujjatini to‘ldiradi. Ushbu hujjat uch qismdan iborat: 
birinchi qismi naqd pul topshirishga e’lon deb ataladi, ikkinchi qismi kvitansiya va 
uchinchi qismi order deb ataladi. Hujjatning barcha qismlari bir xil mazmundagi 
yozuvlarga ega bo‘ladi, ya’ni ularda hisob-kitob schyotining raqami, nima uchun va 
qancha pul topshirilayotganligi, shuningdek pulni topshirgan shaxsning familiyasi, ismi-
sharifi va imzosi aks ettiriladi. Pul bank kassasiga topshirilgach, topshiruvchi shaxsning 
qo‘liga imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kvitansiya beriladi, e’lon va order bankda 
qoladi. Oxirgi hujjat ham bank ko‘chirmasi bilan ilova sifatida korxonaga qaytib keladi.
Naqdsiz yo‘l bilan pul mablag‘lari korxonaning hisob-kitob schyotiga boshqa 
korxonalardan, davlat organlaridan, bankning o‘zidan kelib tushushi mumkin. Bunday pul 
mablag‘lari bankda korxonaning hisob-kitob schyotiga to‘lov topshiriqnomalari, elektron 
avizo, memorial-orderlar asosida kiritiladi. 
Korxona hisob-kitob schyotidan pul mablag‘lari naqd va naqdsiz yo‘llar bilan 
chiqim qilinadi. Pul mablag‘larini naqd olish uchun korxona bank tomonidan shartnomaga 
muvofiq chek daftarchasi bilan ta’minlanadi. Ushbu daftarchaning har bir varag‘i ikki 
qismdan iborat bo‘lib, chap qismi koreshok, o‘ng qismi esa chek deb ataladi. Daftarchaga 
kiritilgan cheklarning tartib raqamlari bosmaxona usulida oldindan yozilgan bo‘ladi. Naqd 
pullar korxonaga chek asosida beriladi. Chekning yuza qismida pul olish vakolati berilgan 
shaxsning familiyasi, ismi-sharifi, olinishi kerak bo‘lgan summaning miqdori ko‘rsatiladi, 
chek rahbar va bosh hisobchi tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. 
Chekning orqa tarafida olinayotgan pul mablag‘larining miqdori maqsadlari bo‘yicha aks 
ettiriladi, shuningdek pul oluvchi shaxsning imzosi va pasport bo‘yicha ma’lumotlari , 
uning imzosini tasdiqlovchi rahbar va bosh hisobchining imzolari ko‘rsatiladi. Chek 
bankda, uning koreshogi chek daftarchasida qoladi. Chek daftarchasida bo‘yab va tuzatib 
yozishlar mumkin emas, ularga qo‘yiladigan imzolar ham bankga berilgan imzo 
namunalaridan farq qilmasligi kerak. Bu talablarga javob bermaydigan cheklar bank 
tomonidan qabul qilinmaydi va buzilgan hisoblanadi, ularni qaytadan rasmiylashtirish, 
buzilgan cheklarni daftarchaga qaytadan elimlab qo‘yish lozim. To‘liq foydalanilgan chek 
daftarchalari bankga topshiriladi va uning o‘rniga yangi chek daftarchasi sotib olinadi. 
Korxona hisob-kitob schyotidan pul mablag‘lari naqdsiz yo‘l bilan boshqa 
korxonalarga, davlat organlariga o‘tqazib beriladi, shuningdek bankning o‘zi orqali 
shartnoma shartlariga ko‘ra ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ushlab qolinadi. Pul mablag‘larini 
naqdsiz chiqim qilishga asos bo‘lib to‘lov topshiriqnomalari, inkasso topshiriqnomalari, 
bankning memorial orderlari hisoblanadi.
To‘lov topshiriqnomasi – bu korxona tomonidan bankga ma’lum bir summani 
boshqa yuridik shaxslarga olingan aktivlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, 
shunigdek korxonaning davlat organlari oldidagi majburiyatlarini to‘lash uchun bergan 
yozma guvohnomasi. Barcha korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega bo‘lgan 
ushbu hujjatda uning tartib raqami, tuzilgan sanasi, to‘lovchi va oluvchi korxonalarning 
nomlarii, bank rekvizitlari, soliq to‘lovchi sifatidagi rekvizitlari, o‘tqaziladigan summaning 
miqdori, o‘tqazish maqsadi va unga asos bo‘luvchi hujjatning tartib raqami va sanasi 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

134 
ko‘rsatiladi. To‘lov topshiriqnomasi korxona rahbari va bosh hisobchi tomonidan 


imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. 
Inkasso topshiriqnomasi – bu bank muassasasiga soliq idorasi, yo‘l fondi va 
boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘uvchi organlar tomonidan korxonaning ruxsatisiz uning 
hisob-kitob schyotidan o‘tqazib berish uchun kelib tushgan yozma topshiriqnoma. 
Memorial –orderlar – bu bank muassasaning ko‘rsatgan xizmatlari uchun 
korxonaning hisob-kitob schyotidan o‘ndirib olgan summalarini tasdiqlovchi hujjat. 
Bank muassasasi barcha kirim va chiqim hujjatlari asosida shartnomada 
ko‘rsatilgan muddatlarda korxonaga hisob-kitob schyotidan ma’lum bir davr uchun 
ko‘chirma beradilar. Ko‘chirmada davr boshi va ixiriga hisob –kitob schyotidagi pul 
mablag‘larining qoldig‘i, shu davrdagi barcha kirim va chiqimlarning summalari hujjatlar 
asosida ko‘rsatiladi. Bank ko‘chirmasiga chekdan tashqari barcha kirim va chiqimga 
guvohlik beruvchi hujjatlar ilova qilinadi. Bank ko‘chirmalari korxona buxgalteriyasida 
hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining sintetik va analitik hisob registrlarini 
yuritishga asos bo‘ladi. 
Hisob kitob schyotidagi pul mablag‘larining sintetik hisobi 5110 « Hisob-kitob 
schyoti»da britiladi. Ushbu aktiv schyotning debet tarafida pul mablag‘larining qoldig‘i 
va ko‘payishi, kredit tarafida esa kamayishi aks ettiriladi. Ayrim hollarda bank tuzilgan 
shartnomaga muvofiq mijozning iltimosiga ko‘ra hisob –kitob schyotidan unda mavjud 
bo‘lgan summadan ko‘p bo‘lgan summani chiqim qilishi mumkin. Bunday hollarda 
hisob- kitob schyotining qoldig‘i vaqtincha kreditda bo‘lib qoladi va u korxonaning bank 
oldidagi kreditorlik qarzini ifodalaydi. Ushbu kreditorlik qarzi overdraft deb ataladi.
Hisob -kitob schyoti bo‘yicha asosiy xo‘jalik operatsiyalariga quyidagi 
buxgalteriya yozuvlari qilinadi. 

Tartib
raqami 


Operatsiyaning mazmuni 
Debet 
schet 
Kredit 
schet 
Yozuvga asos 
bo‘luvchi hujjat 
1. 
Pul mablag‘larining tushumi: 
-korxona kassasidan tushganda 
-valyuta schetidan tushganda 
-haridorlardan avans tushganda 
-haridorlardan qarz kelib tushsa 
-ta’sischilardan olinganda 
-ta’minotchilardan qaytarilganda 
-kredit olinganda 
-qarz olinganda 
-qaytarilmaydigan moliyaviy yordam 
kelib tushganda 
-byudjetdan kelib tushganda 
-ijtimoiy sug‘urta organlaridan kelib 
tushganda 
-maqsadli mablag‘lar kelib tushganda 
-maxsus schetlardan kelib tushganda 
-qisqa muddatli investitsiyalar 
qiymati kelib tushganda 
-inkassator summasida ortiqcha 
summalar aniqlanganda 

5110 


5010 
5210 
6310 
4010 
4610 
6010 
6810 
6820 

9380 
6410 

6520 
8810-
8890 
5500 
5810-
5820 

9390 


Chiqim kassa 
Orderi, bank 
ko‘chirmalari va 
ularga ilova 
qilingan 
hujjatlar 

PDF created with pdfFactory trial version 


www.pdffactory.com

135 
2. 


Pul mablag‘larini chiqimi: 
-korxona kassasiga kelib tushganda 
-valyuta schetiga topshirilsa 
-kredit qaytarilsa 
-qarz qaytarilsa 
-ta’minotchiga avans o‘tqazilganda 

-ta’minotchiga qarz o‘tqazilsa 


-haridorga avans qaytarilsa 
-byudjetga avans o‘tqazilsa 
-byudjetga qarz o‘tqazilsa 
-ijtimoiy sug‘urta uchun o‘tqazilsa 
-majburiy to‘lovlar o‘tqazilsa 
-kelgusi davr uchun sarflansa 

-depozit schyotlarga o‘tqazilsa 


-xayriya sifatida o‘tqazilsa 
-ta’sis badali sifatida kiritilsa 
-maxsus schyotlarga o‘tqazilsa 

5010 
5210 


6810 
6820 
4310-
4330 
6010 
6310 
4410 
6410 
6520 
6520 
3110-
3190 
5890 
9430 
0600 
5500 

5110 


Bank 
ko‘chirmalari va 
ularga ilova 
qilingan 
boshlang‘ich 
hujjatlar 

6.4.Valyuta schyotidagi pul mablag‘larining hisobi 

Valyuta schyotini ochishga asos bo‘lib tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritishga berilgan 
ruxsatnoma (litsenziya) , korxona ustavi, mahalliy hokimiyatdan davlat ro‘yxatidan 
o‘tganlik to‘g‘risida qaror va boshqa tegishli hujjatlar hisoblanadi. 
Valyuta schyotidagi pul mablag‘larining hisobi 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta 
schyotlari» va 5220 « Chet eldagi valyuta schyotlari» da yuritiladi. Ushbu valyuta 
schyotlarini yuritish hisob-kitob schyotini yuritish tartibiga to‘liq o‘xshaydi. Faqat farq
shundaki, valyuta schyotlari ikki birlikda, ya’ni chet el valyutasi va milliy valyutalarda 
yuritiladi. Bank valyuta schyotlaridagi pul mablag‘larining holati va harakatini faqat chet 
el valyutasida hisobini yuritadi va chet el valyutasida ifodalangan valyuta schyotlaridan 
ko‘chirmani beradi. Korxona esa valyuta schyotlaridagi pul mablag‘larini ham chet el 
valyutalarida, ham ularni Markaziy bank e’lon qilgan rasmiy kurslar bo‘yicha milliy 
valyutaga o‘tqazilgan holda hisobga oladi. Buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning 
boshqa shakllarida chet el valyutalari faqat milliy valyuta hisobida aks ettiriladi. 
Chet el valyutalarining kelib tushishi va chiqimi operatsiyalar yuz bergan sanadagi 
rasmiy kurslar bo‘yicha hisobga olinadi. Kelib tushgan sanadan boshlab mavjud chet el 
valyutalari bo‘yicha rasmiy kurslarni o‘zgarishi sanasiga kurslar o‘rtasidagi farqlar 
vujudga keladi. Agar kurslar o‘sish tomonga o‘zgargan bo‘lsa mavjud chet valyutalari 
bo‘yicha korxona ijobiy kurs farqlaridan daromadga ega bo‘ladi. Agar kurs pasayish
tomonga o‘zgargan bo‘lsa mavjud chet valyutalari bo‘yicha korxona salbiy kurs 
farqlaridan zarar ko‘rgan bo‘ladi.
Valyuta schyotlari bo‘yicha asosiy xo‘jalik operatsiyalariga quyidagi buxgalteriya
yozuvlari qilinadi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com

136 


Tar-tib
raqami 
Operatsiyaning mazmuni 
Debet 
schet 
Kredit 
schet 
Yozuvga 
asos 
bo‘luvchi hujjat 
1. 
Pul mablag‘larining tushumi: 
-korxona kassasidan tushganda 
-haridorlardan avans tushganda 
-haridorlardan qarz kelib tushsa 
-ta’sischilardan olinganda 
-ta’minotchilardan qaytarilganda 
-kredit olinganda 
-qarz olinganda 
-qaytarilmaydigan moliyaviy yordam 
kelib tushganda 
-maqsadli mablag‘lar kelib tushganda 
-inkassator 
summasida 
ortiqcha 
summalar aniqlanganda 
-ijobiy kurs farqlariga 
5210-
5220 

5010 
6310 


4010 
4610 
6010 
6810 
6820 

9380 
8810-


8890 

9390 
9540 

Chiqim kassa 
orderi, 
bank 
ko‘chirmalari va 
ularga 
ilova 
qilingan 
hujjatlar 

2. 
Pul mablag‘larini chiqimi: 


-korxona kassasiga kelib tushganda 

-kredit qaytarilganda 


-qarz qaytarilganda 
-ta’minotchiga avans o‘tqazilganda 

-ta’minotchiga qarz o‘tqazilsa 


-haridorga avans qaytarilsa 
-kelgusi davr uchun sarflansa 

-xayriya sifatida o‘tqazilsa 


-ta’sis badali sifatida kiritilsa 
-valyuta sotilganda 
-salbiy kurslar farqiga 

5020 


6810 
6820 
4310-
4330 
6010 
6310 
3110-
3190 
9430 
0600 
9220 
9630 
5210-
5220 
Yüklə 24,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə