2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124
5894176c8f652

1.12. O‘YINNI O‘ÒKAZISH UCHUN
JOYNI ÒAYYORLASH
Ochiq havoda o‘yinlarni o‘tkazish uchun maydonchalarni
tayyorlash kerak. Eng yaxshisi maydonchani to‘g‘ri
to‘rtburchak shaklida, eng kamida 8 m, uzunligi 12 m bo‘lishi
kerak. Maydondan 2 m masofada bir necha skameykani
qo‘yish tavsiya qilinadi. Iloji boricha yozgi maydoncha atro-
fida daraxtlar bo‘lgani yaxshi.
Bino ichida o‘yinni o‘tkazishda shuni hisobga olish
kerakki, o‘ynovchilarning harakat qilishiga, iloji boricha as-


45
bob-anjomlarning xalaqit bermasligi uchun ularni (brusya,
turnik, kon) yordamchi xonalarga oldirib qo‘yish kerak. Agar
asbob-anjomlarni zaldan olish imkoniyati bo‘lmasa, unda
ularni zalning qisqa devori tomoniga qo‘yiladi va o‘tirgich,
to‘r yoki boshqa buyumlar bilan o‘rab qo‘yiladi. Deraza
oynalari va lampalar sim to‘rlar bilan bekitiladi. Bundan
ular o‘yinni o‘tkazishda oldin shamollatish va nam latta bilan
artilishi kerak.
Rahbar joylarda o‘yinni o‘tkazishdan oldin dastlab joy
bilan yaxshi tanishib chiqishi kerak va o‘yin uchun shartli
chegaralarni belgilab chiqishi shart.
1.13. O‘YINGA ASBOB-ANJOMLARNI
ÒAYYORLASH
Harakatli o‘yinlarni o‘tkazish uchun bayroqchalar, rangli
bog‘ichlar, har xil kattalikdagi koptoklar, gimnastika tayoq-
chasi, bulavalar yoki keglilar, chambarak va arg‘amchilar
kerak bo‘ladi. O‘yinda asbob-anjom chiroyli, yashil rangda
va o‘yinda ajralib turadigan bo‘lishi zarur (bu kichik maktab
yoshidagi bolalar uchun ayniqsa muhimdir). Asbob-anjom-
ning katta-kichikligi va og‘irligi o‘ynovchilarning bo‘ylariga
mos bo‘lishi lozim (umumiy ta’lim maktablari uchun tuzilgan
jismoniy tarbiya dasturiga qarang). Asbob-anjom sonini
oldindan hisobga olish lozim. Asbob-anjomni o‘tkaziladigan
joy bilan yonma-yon saqlash maqsadga muvofiqdir. Muhimi,
uning sanitar holatini muntazam ravishda tartibga solib bo-
rish kerak. Bolalarni tarbiyalash maqsadida ularni asbob-
anjomlarni ta’mirlashga va saqlashga jalb qilish foydali
bo‘ladi.
O‘yin qatnashchilariga asbob-anjomni tarqatib qo‘yib
chiqish faqatgina o‘yinni tushuntirib bo‘lgandan keyin beri-
ladi. Buni bolalarning o‘zlari tashkiliy ravishda bajaradilar.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə