2016 Xarakatli 1p65. p65


O‘YINNI O‘ÒKAZISHGA ÒAYYORGARLIK



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124
5894176c8f652

1.11. O‘YINNI O‘ÒKAZISHGA ÒAYYORGARLIK
KO‘RISH
O‘yinni tanlash, eng avvalo, dars oldiga qo‘yilgan vazifaga
bog‘liq bo‘ladi. Chunki uni aniqlashda, rahbar bolalarning
yosh xususiyatlarini, ularning rivojlanishini, jismoniy tayyor-
garligini, bolalarning sonini va o‘yinni o‘tkazish sharoitini


43
hisobga oladi. Harakatli o‘yinlarda 3 dan 300 tagacha kishi
qatnashishi mumkin.
Òashabbuskorlik sharoitida hammadan ko‘ra ko‘proq tez-
tez 3–10 ta o‘yin qatnashchilariga mo‘ljallangan o‘yinlardan
foydalaniladi. Ular, odatda, bolalar bilan mustaqil ravishda
hovlilarda, maydonchalarda, shuningdek, har xil yig‘ilish-
larda tashkil etiladi. O‘qituvchi, tarbiyachi va yetakchilar
rahbarligida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar (darsda, yig‘i-
lishlarda, dam olish oromgohlarida o‘tkaziladigan mash-
g‘ulotlarda, sport maktabida) 20–40 ta harakatli o‘yinlar
o‘tkaziladi. Katta bayram kechalarida va bolalar ko‘p to‘p-
langan ommaviy sayillarda 100–300 o‘yin qatnashchilariga
mo‘ljallangan ommaviy harakatli o‘yinlardan foydalanish
mumkin.
O‘yinni tanlashda albatta o‘tkaziladigan mashg‘ulotning
shaklini (darsda, tanaffusda, zvenolar, bayramlarda, sayrlar-
da) hisobga olish shart. Darsda va tanaffusda vaqt che-
garalangan bo‘ladi; o‘yin mazmuni va vazifasi darsdagiga
ko‘ra tanaffusda boshqacha bo‘ladi, bayramlarda ayniqsa
ommaviy va attraksion o‘yinlaridan foydalaniladi, bu
o‘yinlarda har xil yoshdagi va turli tayyorgarlikdagi bolalar
qatnashishlari mumkin.
O‘yinni tanlash va o‘tkazish to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning joyiga
bog‘liq bo‘ladi. Unga katta bo‘lmagan tor zalda, may-
donchada yoki yo‘lakchada o‘yin bir chiziqqa saflangan
holda o‘tkaziladi, o‘yinda o‘ynaydiganlar navbatma-navbat
qatnashadilar. Katta zalda yoki maydonchada tarqalib yugu-
rish katta va kichik koptoklarni uloqtirish hamda sport o‘yin-
lari elementlari bilan o‘ynaladigan o‘yinlarni o‘tkazish mum-
kin. Shahardan tashqariga saylga va ekskursiyaga chiqqan
vaqtda joylarda o‘tkaziladigan o‘yinlardan foydalaniladi.
Qishda qishki o‘yinlar maydonchada chang‘ida, konkida,
chanada va qordan har xil shakllar yasash bilan o‘tkazilishi
mumkin.
Ochiq havoda o‘yinni o‘tkazishda obi havo sharoitini
(ayniqsa, qishda) hisobga olish zarur. Agar havo harorati
past bo‘lsa, bunday paytda barcha o‘yin qatnashchilari faol
harakat qilishlari kerak bo‘ladi. O‘yinda turib qolish va
o‘zining navbatini ko‘p kutib qolish holatlaridan xoli bo‘lishi


44
kerak. Kunning issiq paytlarida eng yaxshisi kam harakat-
chan o‘yinlardan foydalangan ma’qul, chunki o‘yin qatnash-
chilari o‘yin topshiriqlarini navbat bilan bajaradilar.
Shuningdek, o‘yinning tanlanishi qo‘llanmalar va asbob-
anjomlarning bor bo‘lishiga bog‘liq. Òegishli asbob-anjom-
larni yo‘qligi va uni noto‘g‘ri almashtirish o‘yinning
buzilishiga olib keladi.
Rahbar jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturdagi o‘yinlar va
to‘plamlardan, bolalar o‘rtasida yaxshi o‘ynaladigan o‘yinlar,
rahbar va bolalar jamoasi va mustaqil ijodiy yangi o‘yin
variantlaridan foydalaniladi. Ushbu maqsad uchun belgilan-
gan tarbiyaviy jihatdan ko‘proq tez-tez samara beradigan
yangi shakldagi, ijodiy qayta ishlangan o‘yinlarning yangi
shakliga ega bo‘ladi.
Bolalarni katta sportga bo‘lgan qiziqishi bilan bog‘liq
juda ko‘p o‘yinlar sport o‘yinlari va boshqa sport turlari
elementlari bilan yaratilgan. Bu kichik va o‘rta yoshdagi
o‘quvchilar qo‘lidan keladigan turli-tuman sport turlarida
ishtirok qiladigan shaklda ishtirok etishga ruxsat beradi:
basketbolda («Òo‘p uchun kurash», «Òo‘p kapitanga», «Òo‘rt
tomonga to‘p uzatish»), voleybolda, («Voleybolchilarning
to‘p uzatishi», «Òo‘pni uzatdingmi, o‘tir»).
Òarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan milliy harakatli
o‘yinlarni kengroq ommalashtirish zarur. Bu esa har xil millat
bolalari o‘rtasida do‘stlikni, har xil xalqlarning turmush tarzi
va madaniyatini, ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan
tanishtirishga yordam beradi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə