2016 Xarakatli 1p65. p65


Zarur bilim va malakalarni egallashni muntazam ravishda



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124
5894176c8f652

Zarur bilim va malakalarni egallashni muntazam ravishda
mustahkamlash.
Yangi bilim reflektorga bog‘liq o‘yinni
takrorlash natijasida mustahkamlanib boradi, harakatning
yangi usullari tezroq o‘zlashtiriladi. O‘quvchilar o‘yinni
qanchalik yaxshi tushunib yetsalar, shunchalik ularning
malakasi takomillashib boradi, ular uchun shunchalik
qiziqarli bo‘ladi. Buning isboti shundan iboratki, bolalarning
sevimli o‘yinlar doirasi, odatda, chegaralangan. Ularga
sevimli o‘yinlar ko‘proq tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning
uchun bolalarga mazmuni bo‘yicha turli-tuman har


42
tomonlama rivojlanishiga yordam beradigan o‘yinlarni
tavsiya qilish zarur.
Biroq bolalarga qisqa vaqt ichida ko‘p o‘yinlar o‘ynashni
taklif qilish mumkin emas. Bolalar o‘yinlarni yaxshi
o‘zlashtirib olishlari shart, ularda o‘zining harakati va xulq-
atvor malakalarini takomillashtiradi. Ana shu maqsadda
bolalarga ma’lum bo‘lgan o‘yinlar mazmun va harakati
jihatidan bir oz murakkablashgan qoidalar bilan takrorlanadi.
Mashhur pedagog P.D. Ushinskiy, yaxshi pedagog eski
o‘yinlarni takrorlash, esdan chiqqan o‘yinlarni takrorlash
degani emas, chunki eskisi esa yangisini ishonchli qilib
mustahkamlaydi, deb aytgan edi.
Harakatli o‘yinlarni muntazam o‘tkazib borish tavsiya
qilinadi. Bolalar bunday holatda alohida o‘yinlarni mustah-
kam o‘rganib oladilar va uyushqoqlik bilan o‘ynashga o‘r-
ganadilar. Ular o‘rgatilgan o‘yinlarni hovlida maydonchada,
uyda o‘tkazadilar va ularga o‘rtoqlarini jalb qiladilar. Rahbar
o‘zining tajribalarini boshqalarga o‘rgatish va tarbiyaviy
hamda ta’limiy maqsadda foydali va qiziqarli o‘yinlarni
tanlashi shart. Buning uchun bolalar o‘yinni har doim
o‘rganishi va ularni eng yaxshilaridan foydalanishi lozim,
boshqa tarbiyachilarning amaliyotini tahlil qilish metodik
usullarini boyitib borish; o‘yin bo‘yicha metodik adabiyot-
larni o‘rganib borish kerak. Iloji boricha xalq milliy
o‘yinlarini tashkil qilish va o‘tkazish zarur. Ulardan eng
yaxshilarini bolalar bilan o‘tkaziladigan tarbiyaviy ishni
amaliyotida qo‘llashlari shart.
Bolalar hayotiga yaxshi o‘yinlarini tatbiq qilish uchun
tashkilotchilarni, o‘yinboshilarni tayyorlash zarur, chunki
ular bolalar tashkilotlarida tashviqot va targ‘ibot ishlarini
olib boradilar.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə