Usta rassomlarning qalamtasvir va grafika bo'yicha yaratgan asarlarini tahlil qilish



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə1/3
tarix22.06.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#118424
  1   2   3
87552-Usta rassomlarning qalamtasvir va grafika bo\'yicha yarat


Usta rassomlarning qalamtasvir va grafika bo'yicha yaratgan asarlarini tahlil qilish
Kirish
Asosiy qism
I bob Usta rassomlarning qalamtasvir va grafika bo'yicha yaratgan asarlarini
1.Qalamtasvir to’g’risidagi eng muhim tushunchalar.
2. Zarur nazariy malumotlar orqali bilim bеrish. Kеlajak amaliy mashg’ulotlar uchun zamin tayyorlash.
3. Akadеmik rasm chizish qonun-qoidalar Haqida ma'lumotlar bеrish.
4. Rasm chizishga zarur jihozlar bilan tanishtirish.
Xulosa
Adbiyotlar
Kirish
Tasviriy sanat har bir ijodkor shaxs uchun juda kеng faoliyatlar maydonidir. Rasm chizishni puxta egallash barcha san'at turlarida muhim o’rinni egallaydi. Shu sababli akadеmik surat ishlash bilimi tasviriy faoliyatning barchasida qo’l kеladi, muvaffaqiyatni ta'minlaydi. qalamtasvir ishlashga va uni o’z manaviy hayotida foydalanishta odamlar qadimgi paytlardanoq intilib kеlganlar. Shu sababdan ham rasm chizishning ma'lum qonun-qoidalari ishlab chiqilgan va yillar, asrlar mobaynida takomillashtirilib kеlingan. qalamtasvir barcha tasviriy san'at turlarining asosi, nеgizi dеsak xato bo’lmaydi. O’quv-mashq vazifalarni puxta, ifodali qilib tasvirlay olish akadеmik rasm qonun-qoidalarini atroflicha ham nazariy, ham amaliy jihatdan o’rganishni taqozo etadi. ular ish faoliyatini sifatli tashkil etilishiga ham ko’p tomondan bog’liqdir. Bundan tashqari chizishda ishlatiladigan asbob-anjomlar sifatli, talabga javob bеradigan bo’lishi kеrak. qalamtasvir ishlashning eng asosiy talabi chizish ob'еktini har tomonlama o’xshatib aks ettirishdap iborat faoliyatni ta'minlashdir. Buning uchun tasvirni qog’oz satHida to’g’ri joylashtirish, nisbatlarini to’ri aniqlash, buyumlarning o’zaro masofasini va pеrspеktiva holatlzrini aniq topish talab etiladi. Ishning maqsadga muvofiq chiqishida albatta bilim, tajriba va mahorat еtarli darajada kеrak bo’ladi. Bilim o’qish, o’rganish, mutolaa qilish orqpli orttirilsa, tajriba va mahorat ko’p ishlash, tinmay mashq), intilish evaziga orttrilishi ma'lum.
Ta'lim olishning yana bir muhim sharti har bir tasvir etiladigan narsa, hodisa, laihani aslidan, ya'ni naturadap qarab aks ettirilishiga juda bog’liq ekanligi sir emas. Chumki chizishdl hayot haqiqatini ko’rsata olish pifati eng muhimdir dеsak aslo yanglishmaymiz.
Tasvir chizishni o’rganish oddiy natyurmortlarpi, shuningdеk alohida-alohida turgan buyumlarni aks ettirish orqali amalga oshiriladi. Ish tesvirni qog’ozga to’g’ri va chiroili tarzda joylailirishdan boshlanadi, so’ng har bir narsani o’zaro joylashishi, ular orasidagi masofalar nisbatlar aniqllildi. Bunda qalam еngil, qog’ozga ortiq darajada bosmasdan ishlatilishi kеrak. Aks holda moto’g’ri chiqqan joylar va yordamchi chiziqlarni o’chirg’ich bilan kеtkazish qiyin bo’ladi. Shuning uchun o’rtacha yumshoqlik darajasidagi «TM», «M», «2M» rusumli qalamlardan foydalanish apcha qulay.
Tasvirlarni ishlashda pеrspеktiva qoidalariga amal qilinishi zarur.
Ma'lumki' har bir narsa boshqa narsadan uzoqroqda turgan bo’lsa, u ko’zimizga kichrayib ko’rinadi, tarxlari ham hiraroq bo’ladi, unga tushayotgan yorug’lik, soyalar ham birinchi plandagi buyumnikidan farqlanib turadi. Bularning hammasi chiziqli va havo pеrspеktivasi hodisasining tabiatda namoyon bo’lishidir. Ana shu jiatdan to’g’ri aks ettirilsa tasvir Haqqoniy chiqishi ta'minlanadi. har bir narsa qog’ozda tasvirlanar ekan, albatta uning turishiga nisbagam ufq chizig’i topib olinishi kеrak. U chizuvchi kishining ko’zi balandligidan o’tuvchi tasapvur etiladmgan gorizontal to’g’ri chiziqni tashkil etadi.
Natyurmortlarda uni to’g’ri aiiqlab olib tasvir yaragishd! foydalanish zarur shartlardan asosiysi bo’lib, tasvirning haqqoniy chiqishni ta'minlaydi. Narsaning tasvirini gorizontal satHga va vеrtikal kartina saghiga nisbatan holati ham pеrspеktiva ko’rinishiga muvofiq topiladi. Bunda tomonlarning qisqarib, uzoqlashib borgan sari qisqarib ko’rinishi ufqning tutashish nuqtasiga asosan topib chiziladi.
Tasvir yaratishda fazoviy pеrspеktivaga ham ahamiyat bеrilishi zarur. Chunki yaqinda joylashib turgan buyum uzoqroqdagisidan tusi, rangi, to’q-ochligi bilan ajralib turadi. Soya-yorug’liklarni tasvir tarxlariga monand o’xshatib aks ettirish ular o’rnini to’fi mutanosib topishga ham bog’liqligini uiutmasligimiz kеrak.
Natyurmortlarda manzara tasvirlariga nisbatan pеrspеktiva qoidalarini qo’llash murakkabroq, chunki buyumlar, narsalar orasidagi farq, masofalar kamroq bo’lib, ular diqqat bilan kuzatilib aniqlanadi. Manzara, tabiatdagi pеrspеktiva esa yaqqolroq sеziladi. Masalan, tеkis yo’nalgan tеmir yo’lni kuzatsak bu hodisa aniq ko’rinadi. Undagi rеlslar uzoqlashgan sari bir-biriga yaqinlashib, ufqqa borib birlashib, nuqta bo’lib ikki tomondagi sim yog’ochlar tobora kaltalashib borayotgandеk tuyulishi fikrimizni tasdiqlaydi. Bu hodisani kuzatib pеrspеktiva qonuniyatlarini anglab olish, tahlil qilish, tеgishli bilimlarni olish mumkin.

Rasm chizish jarayonini bosqichma-bosqich tashkil etilishi tasvir yaratishning eng muhim pеdagogik hajmiga. ifodasiga ham, har bir narsaning o’zi mavjud bo’lib turgan atrof muhitiga ham ob'еktiv tarzda yoidoshilishi haqqoniy tasvirlanishi kеrak.


I bob Usta rassomlarning qalamtasvir va grafika bo'yicha yaratgan asarlarini
1.Qalamtasvir to’g’risidagi eng muhim tushunchalar.
Qalamtasvir – barcha tasviriy san’at turlarining asosi hisoblanadi. Rassom tasviriy san’at turining qaysi birida ijod qilishidan qat’iy nazar, qalamtasvirga asoslanadi. U o‘zining kuzatishlari, katta asar kompozitsiyalari ustidagi izlanishlarini avval qalamda dastlabki chizgilar bilan ifodalaydi. San’at asarlarini yaratishda esa, ushbu bajarilgan chizgilar rassomga yordamchi manba bo‘lib xizmat qiladi.
Rassom u yoki bu kartinasining yaratishni qalamdan boshlaydi. Shudan keyingina ushbu san’at asari ranglar jilosi orqali tomoshabinga estetik huzur baxsh etadi. Boshqacha qilib aytganda, qalamtasvirsiz hech bir rassom o‘z asarini yetuk holga keltira olmaydi.
Qalamtasvir boshqa san’at turlari orasida mustaqil ravishda tugallangan dastgohli san’at asari ham bo‘lishi mumkin. tush, sangina, pastel, sous, qalam bilan bajarilgan ko‘plab kartinalar jahonning turli san’at muzeyi va ko‘rgazmalaridan joy olgan.
Qalamtasvir mashyilotlari ko‘rib-kuzatib to‘o‘ri tasvirlash, borliqni idrok etish, qo‘l, on va sezgi orginlarini shakllantirishda nafaqat bo‘lajak rassomga, balki turli kasb sohasidagi kishilarga zarurdir.
Uyo‘onish davrining buyuk rassomi va olimi Leonardo da Vinchining «Rangtasvir qonunlari» nomli asarida jumladan shunday degan edi: «Yoshlar o‘zlarini ilm-fan, tasviriy san’atda sinamoqchi bo‘lsalar, avvalo rasm chizishni mukammal bilmoqlari lozimdir».
Qalamtasvir mashyilotlari boshqa mutaxassislik fanlari qatorida bo‘lajak o‘qituvchi-rassomlarni tayyorlashda asosiy mezon hisoblanadi. Qalamtasvir darslari talablarga I-IV kurslarda nazariy va amaliy mashyilotlar orqali olib boriladi. Shuni ta’kidlash kerakki, amaliy mashyilotlar qatorida nazariy bilimlar bo‘lajak mutaxassislarga ularning keyingi pedagogik, ijodiy va ilmiy faoliyatlarida muhimdir.
Borliqni realistik tasvirlash talabalarga nafaqat amaliy bilimlarni beribgina qolmay, balki ularning umumiy dunyoqarashlarini o‘stirishda katta ahamiyatga ega. Realistik tasvirlash san’ati, shuningdek yoshlarda borliqni haqqoniy obrazlarda ifoda etish mahoratlarini rivojlantiradi.
Rasm chizishni o‘rganish talabalarga atrofdagi jismlarning hajmini haqqoniy tasvirlash bilan birga, ularning estetik didlarini ham o‘stirishda katta ahamiyatga ega.
Rasm chizish asoslarini o‘rganish, narsaning o‘ziga qarab bosqichma-bosqich tarzda tasvirlash prinsipida qurilgandir. Tabiatga muhabbat va kuzatuvchanlik, buyumlarni to‘o‘ri tasvirlash kabi fazilatlar har bir tasviriy san’at bilan shuyillanadigan talabalarga xos bo‘lmoo‘i kerak.
Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining yetuk malakaga ega bo‘lishda nafaqat amaliy bilimlarni chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi, balki tasvirlash san’ati sohasida nazariy tayyorgarligining puxtaligiga ham boo‘liq.
Bo‘lg‘usi pedagog-rassomlarni buyuk rassom va tasviriy san’at sohasida ko‘plab nazariy, amaliy bilimlarni meros qilib qoldirgan shaxslar hayoti va ijodiy faoliyatlari bilan tanishtirish, ularning asarlarini chuqur o‘rganish ham katta ahamiyatga ega.
Qalamtasvir mashyilotlari Badiiy-grafika fakultetidagi mutaxassis o‘quv fanlarining asosi sifatida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilariga quyidagi asosiy qonunlarni o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yadi:
Tasviriy san’atda kompozitsiya asoslari.
Shakllarning chiziqli konstruktiv tuzilishi.
Buyumlarning o‘z-aro nisbatlari.
Tasviriy san’atda perspektiva qonunlari.
Shakllarda yoruo‘ va soya qonuniyatlari.
Tasvirni metodik ketma-ketlikda «analiz» va «sintez» qilib to‘o‘ri bajarish.
Bu ko‘nikma va malakalar talabaning oliy o‘quv yurtining barcha bosqichlari davomida bilim olish vaqtida o‘quv mashqlarini bajarish orqali rivojlanadi va takomillashib boradi. Shuningdek, ushbu bilimlar bo‘lajak o‘qituvchi-rassomning oliygohni tugatgandan so‘ng, pedagogik va ijodiy ish jarayonida ham muhimdir.
Qalamtasvir ishlash metodlari tarixidan
Tasvirlashga nisbatan bo‘lgan qiziqish insonlarni qadimdan o‘ziga jalb etib kelgan. Chunki u ibtidoiy davr odamlariga o‘zaro muloqot qilish, so‘zlashish uchun zarur bo‘lgan. Tarixdan ma’lumki, tasvirlarning aksariyati ovchilik bilan shuyillanib kelgan qadimgi odamlarning hayvonlarni qanday ov qilganliklariga asoslangan. Ular hayvonlarning yurgan yo‘llarini kuzatib, qoya va o‘orlarda turli tasvir va belgilar qoldirganlar. Vaqt o‘tishi bilan ularning tasvirlash qobiliyatlari rivojlanishi natijasida keyinchalik har xil ov manzaralari o‘ziga hos dastlabki kompozitsiya yechimiga ega tarzda aks eta boshlagan. Zaravut-Soy (Surxondaryo) o‘oridan topilgan jahon e’tiboriga molik ushbu tasvirda odamlarning yevvoyi buqaga tosh va nayzalar otib, so‘ngra uni tikka qoyadan pastga tushirib yuborish sahnasi tasvirlangan. Tasvirlarning juda sodda bo‘lishiga qaramasdan aytish mumkinki, ulardagi hayotiylik, naturaga nisbatan bo‘lgan kuzatuvchanlik holatlari kishini lol qoldiradi. Ushbu tasvir qadimgi tosh asri (mezolit)ga tegishlidir.
1957 yili Xo‘jakentda (Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani) topilgan toshga o‘yib ishlangan buyi tasviri ham diqqatga sazovordir.Uning o‘lchami buyining haqiqiy kattaligiga yaqin bo‘lib,1,9 metrni tashkil etadi. Shu yerda topilgan yevvoyi buka rasmi ham tasvirlanishi jihatidan siluet shaklida bo‘lib, toshning bo‘rtiqligi (relefi) hisobga olinib ishlangan. Bu ikki tasvir so‘nggi paleolit davriga tegishlidir.
Eramizdan avvalgi III-II asrlarga mansub kulolchilik buyumlari xamda devorlarga ishlangan suratlarda (Chust, Dalvarzintepa) asosan osmon,yer,quyosh,suv,odam va hayvonlarning tasvirlarini ko‘rish mumkin.
Ibtidoiy davr odamlari qoya va toshlarga ko‘mir bilan turli tasvirlarni tushirib, so‘ngra ular ustidan o‘tkir toshni yurg‘izib chiqqanlar.qeyin esa tasvirlarni pushti rang bilan bo‘yaganlar.uni ta’kidlash lozimki, aksariyat tasvirlar afsonaviy va turli marosimlar asosida ishlangan (ritual) xarakterga ega suratlar bo‘lib, insonlarning o‘sha davrdagi dunyoqarashlarining dastlabki ko‘rinishlarini o‘zida mujassamlashtirgan.
Keyinchalik shular asosida yozish paydo bo‘la boshladi va rivojlana bordi. Avvaliga piktografik (tasviriy), so‘ngra ideografik, ya’ni har bir belgi so‘z ma’nosini anglatuvchi shakl, undan keyin esa dastlabki harflardan iborat yozuvlar paydo bo‘la boshladi.
Odamlar tasvirlash borasidagi dastlabki malakalarni tabiatni bevosita kuzatish va unga tahlil qilish yo‘li orqali egallaganlar. Tasvirlashga o‘rgatish paleolit davrida ham rivojlanmagan edi. Faqatgina keyinchalik neolit davriga kelib dehqonchilik va hunarmandchilikning boshlano‘ich bosqichida insonning mehnat qilishi natijasidagina sa’natga bo‘lgan qiziqish yanada rivojlana bordi.
Rasm chizishga nisbatan ishtiyoq insonlarning kundalik hayotda ishlatiladigan buyumlarni bezash orqali rivojlandi. Eng avvalo sopol idishlarga turli naqsh va tasvirlar tushirish paydo bo‘la boshladi. Shu tariqa tasvirlar ishlashning dastlabki metodlari ham yuzaga keldi. Endi shogird hunarmand-ustozining tasvirlarini qanday ishlashini kuzatib unda yo‘l-yo‘riqlar o‘rganar edi. Chunki shogirdning ustoz ko‘rsatmalariga rioya qilishi keyinchalik shu hunarning davom ettrishda muhim o‘rin tutgan edi.
Shunday qilib tasvir bajarishni o‘rgatishning dastlabki usullari paydo bo‘ldi.Lekin, ushbu dastlaki metodlar aniq ishlab chiqilgan, yo‘l-yo‘riqlar va tamoyillarga asoslanmagan edi. Tasviriy san’atga o‘rgatish, hamda maktablar tashkil etish ancha keyin boshlangan.
Tasviriy san’atga o‘rgatish metodlari to‘o‘risida gap borganda dastavval Qadimgi Misrning yuksak rivojlangan madaniyatini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Tarixiy manbalarda yozilishicha Qadimgi Misr maktablarida turli fanlar qatori rasm chizish ham keng o‘rgatilgan. Maktabni tugatgan o‘spirin xona ichki ko‘rinishini tasvirlay olishi, katta maydon chizmasini chizib, uning o‘lchamlarini qo‘ya bilishi, suv inshootlari tasvirini chiza bilishi shart bo‘lgan. Tasviriy san’at metodlarini maktablarda o‘rgatilishini biz dastlab Qadimgi Misrliklar faoliyatida ko‘rishimiz mumkin.

Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə