2016 Xarakatli 1p65. p65


O‘yinlarning ketma-ket o‘tilishini



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   124
5894176c8f652

O‘yinlarning ketma-ket o‘tilishini
rejalashtirish
Rejalashtirishda bolalarning ma’lum yoshiga qarab jismo-
niy tarbiya vazifasi, uning jismoniy tayyorgarligi, shuning-
dek, asta-sekin malaka va bilimni to‘plashni hisobga olish
zarur. Jismoniy tarbiya uchun o‘yinlar umumiy ta’lim
maktablarining jismoniy tarbiya dasturiga mos holda reja-
lashtiriladi.
O‘yin rejalashtirilayotganda jismoniy mashqlarning
boshqa turlari va gimnastika, yengil atletika mashg‘ulotlarida
egallagan ular o‘rtasidagi ichki bog‘lanishni va malakalarni
ketma-ket o‘zlashtirishni hisobga olish kerak. O‘zlashtirib
olingan bilim va malaka oldin o‘tganlarini takrorlab,
yangilari bilan mustahkamlanib boriladi. Eng muhimi, yangi
o‘yinlarda egallangan malaka takomillashib boradi va yangisi
paydo bo‘ladi.
Òanish o‘yinlardan notanish o‘inlarga asta-sekin o‘tish
lozim. Bunda albatta topish o‘yinlariga suyanish kerak.
Notanish o‘yinlarning bunday maqsadi tanishlari bilan
o‘xshash, shuning uchun yangi o‘yin qoidalari va shartlari
kiritilishi shart, u esa asta-sekin egallagan malaka va bilim-
larga talabni oshiradi. Harakatning o‘xshashligi yangi bir
qancha murakkabroq bo‘lgan harakatga o‘tishni yengillash-
tiradi. Shunday qilib, maktab yoshidagi kichik bolalarda
tezlikni va epchillikni rivojlantirish uchun «Kim chaqqon»,
so‘ngra «Qopqon», «Ikki sovuq» o‘yinlaridan foydalaniladi.
Bu o‘yinlar tuzilishi va harakati jihatidan bir-biriga juda
yaqin (tez yugurish bilan chap berib qutulib qolish) faqatgina
ikkinchi o‘yinda vazifa birmuncha murakkablashadi (katta
epchillik talab qilinadi), «Ikki sovuq» o‘yinidan keyin
«Òovonbaliq va cho‘rtanbaliq»ni o‘ynash yengil bo‘ladi, bu
ham tuzilishi bo‘yicha oldindagisiga yaqin bo‘lib, biroq o‘yin
qoidasiga ko‘ra ko‘proq murakkab bo‘ladi.
Yangi o‘yinlarni o‘rgatishda o‘quvchilar tomonidan
bilimlarni egallashi hisobga olinadi va ular asta-sekin


41
murakkablashtirib boriladi. Yangi o‘yinlarda esa o‘yinlarning
elementi takrorlanadi, biroq ko‘proq murakkab shaklda
«harakatchan nishon» o‘yinini bilgan bolalar «Ovchilar va
o‘rdaklar» o‘yiniga tezda kirishib ketadilar, unda ikki jamoa-
ning kurashish jarayonida, biroq o‘zgartirilgan sharoitda,
harakatchan nishondagi kabi xuddi shunday malakasi
takomillashtiriladi.
Keyinchalik bu malakani yanada murakkabroq «Otishma»
o‘yinida takomillashtirish mumkin, bunda harakatchan
nishonga uloqtirishni va to‘pdan chap berib qutulib qolishni
ikkala jamoada bir vaqtda bajaradi.
O‘yin shug‘ullanuvchilarning tayyorgarligiga mos kelishi
kerak. Har bir o‘yinda shunday qiyinchiliklar bo‘lishi kerakki,
uning qatnashchisi maqsadga erishish yo‘lida to‘siqlarni
oshib o‘ta oladigan bo‘lsin. O‘yinda o‘ynovchilar qiyinchilik-
larni yengib o‘ta olmasa kuchlarni jipslashtirmasa, bolalarni
qiziqtirmasa, uning pedagogik ahamiyati bo‘lmaydi, chunki
o‘quvchilarning qobiliyati va irodasi rivojlanmaydi.
O‘z kuchiga ishonishni tarbiyalash uchun o‘yinning tushu-
narli bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Bolalarni kuchi
yetmaydigan o‘yinlar shug‘ullanishiga bo‘lgan qiziqishini
pasaytiradi va ularni charchatib qo‘yadi.
O‘yinda o‘quvchilarning imkoniyatlari va kuchlariga mos
keladigan rollarni taqsimlash juda muhimdir. Buning uchun
har bir o‘quvchining bilimi va unga yakkama-yakka yonda-
shish zarur. Zaif bolalar o‘yinda qiyinchiliklarni engib o‘tish-
ni o‘rganishlari zarur. Ularga kuchlarini hisobga olib vazifalar
beriladi, bunda ularda o‘z kuchlariga ishonishlari tarbiya-
lanadi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə