2016 Xarakatli 1p65. p65


O‘SMIRLAR UCHUN BERILADIGAN



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124
5894176c8f652

1.7. O‘SMIRLAR UCHUN BERILADIGAN
HARAKAÒLI O‘YINLAR ÒASNIFI
Bolalar hayotidagi bu davrda (13–15 yosh, 7–8-sinf
o‘quvchilari) o‘sishning tez sur’ati o‘ziga xos xususiyatini
ko‘rsatib turadi. Buning natijasida o‘smirlarning harakat
3 – Xo‘jayev, P.


34
koordinatsiyasi birmuncha buziladi. O‘g‘il bolalarda bu
yoshda jinsiy rivojlanish boshlanadi, qiz bolalarda esa
tugallanadi.
Ya’ni, o‘spirinning yurak-qon tomir sistemasi jinsiy
balog‘atga yetishi bilan kuchli ta’sirchanligiga qaramasdan
chidamlilik va tez bajariladigan mashqlarga yaxshi moslanishi
isbot qilingan. Uzoq davom etadigan yugurishga qarshilik
ko‘rsatish va kurashish chidamlilikka oid harakatli o‘yin-
lardan foydalanishga imkoniyat beradi, biroq buni pedagog
va tibbiyot xodimi tomonidan muntazam ravishda nazorat
qilib borilishi kerak.
Òog‘ay to‘qimalarini suyakka aylanishi davom etadi,
bo‘g‘imlarning harakatchanligi kamayadi, mushakning hajmi
va uning kuchi birmuncha ortadi.
O‘g‘il va qiz bolalarning kuchayishi hamda tez yugurish
imkoniyatlari o‘rtasidagi farq yana ham kattalashib boradi.
Shuning uchun o‘rtadagi bu farqni hisobga olish zarur va
kuchli o‘yinlarda o‘smirlarning jinsiga qarab bo‘lish kerak.
Qiz bolalarni ko‘proq musiqa jo‘rligidagi o‘yinlar, o‘g‘il
bolalarni esa kuch bilan bajariladigan o‘yinlar qiziqtiradi.
Òez yugurishga, to‘siqlardan oshib o‘tishga, uzoqqa uloqtirish
bilan o‘tkaziladigan turli-tuman o‘yinlarda har bir jamoada
o‘g‘il va qiz bolalarning soni bir xil bo‘lishini qat’iy nazorat
qilish kerak, ayrim holatlarda bunday o‘yinlar alohida
o‘tkazilgani ma’qul.
O‘smirlarda o‘yin doirasi borgan sari torayib boradi.
Chunki bu yoshda ularga o‘zlarining eng yaxshi tomonlarini
ko‘rsatadigan o‘yinlar yoqadi.
O‘smirlar ko‘proq jamoali o‘yinlarga qiziqadilar. Shu
bilan birga jamoalarga bo‘lish oldingilarga o‘xshab oson
emas, rollarni tabaqalashtirishlari bilan murakkabdir, bu esa
o‘smirlarning xarakteriga bog‘liqdir.
O‘smirlarda mazmunli o‘yinlarga qiziqish mutlaqo
so‘nadi, chunki o‘yinlarni tashkil qilish tizimiga qarab
harakatga soluvchi mazmuni asosiy o‘rinni egallaydi.
O‘smirlar uchun sport o‘yinlari elementlarini o‘rgatish
va ularni katta sportga yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega.
O‘smirlar sport uchun zarur bo‘lgan o‘yinlarda alohida
malakalarni mashq qilishni yaxshi ko‘radilar. Ular uning


35
foydasini yaxshi tushunadilar va to‘p bilan o‘ynaladigan
o‘yinlardan ayniqsa basketbol, voleybol, futbol va qo‘l to‘piga
tayyorlaydigan o‘yinlarni ishtiyoq bilan o‘ynaydilar. Bu
o‘yinda ularni o‘yinda o‘zini tuta bilish taktikasi va o‘yin
texnikasi malakalarini mashq qilish hammadan ko‘proq esa
o‘yin jarayonining o‘zi qiziqtiradi.
O‘smirlar qat’iy xolisona hakamlik qilishni sevadilar va
o‘yin qoidalariga rioya qilishga harakat qiladilar.
Bu yoshdagi o‘quvchilar uchun o‘ziga xoslik o‘zlarining
kuchlarini haddan tashqari oshirib baholashga moylligidir.
O‘smirlarda suvda suzish bilan shug‘ullanish va kurash ele-
mentlari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar ko‘proq o‘rin egallaydi.
Oddiy harakatli o‘yinlar qisman sport o‘yinlari bilan
almashtiriladi, ayniqsa, o‘smirlar bilan maktabdan tashqari
sharoitda va sinfdan tashqari vaqtda o‘tkaziladi, chunki
o‘yinchilarning soniga qarab chegaralangan o‘yin qoidalari
va uni o‘tkazish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Darsda
o‘yinlardan foydalanish vaqti chegaralangan bo‘lib, unda
o‘yinlar soddalashtirilgan qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Harakatli o‘yinlar bo‘yicha to‘siqlardan oshib o‘tish bilan
estafeta, kurash, uloqtirish, sakrash, tirmashib chiqish va
shuningdek, sport o‘yinlari elementlari bo‘yicha musobaqali
usul keng qo‘llaniladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə