2016 Xarakatli 1p65. p65


HARAKAÒLI O‘YINLARNI ÒASHKIL



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   124
5894176c8f652

1.9. HARAKAÒLI O‘YINLARNI ÒASHKIL
QILISH VA O‘ÒKAZISHGA QO‘YILADIGAN
PEDAGOGIK ÒALABLAR
Harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazishda g‘oya-
viylik, ilmiylik va o‘yindan foydalanish rejaga asoslangan-
ligini, tarbiyaviy, ta’limiy va sog‘lomlashtirish natijalariga
yo‘naltirilganligi hisobga olinishi zarur. O‘yinni o‘tkazishda
rahbarlik yoki yo‘l ko‘rsatuvchi roli pedagog, tarbiyachi va
yordamchilarga tegishli bo‘lishi kerak. O‘yin tarbiyaviy,
ta’limiy va sog‘lomlashtirishda katta ahamiyatga ega bo‘lib,
ko‘proq uni boshqarishga bog‘liq bo‘ladi. Bitta shunga
o‘xshash o‘yinlar yordamida turli-tuman axloqiy va jismoniy
sifatlarni tarbiyalash mumkin.


37
Birinchidan, shug‘ullanuvchilar uchun o‘yinning ta’sir
etishi aniqlanadi (mazmuni, harakatlanishi, o‘yin qoidasi),
ikkinchidan, metodik usullarda bola uning yordami bilan
o‘yinlarni egallaydi, uchinchidan, tashkil etish uslublari.
Bolalar bilim va malakalarini uyda, maktabda, bolalar
bog‘chasida egallaydi va bu atrofni o‘rab turgan muhitga
bog‘liqdir. Shuning uchun har xil yoshdagi bolalar uchun
o‘tkaziladigan o‘yinda o‘yin mazmuniga ko‘ra, o‘tkazish usuli
turlicha rivojlanadi. Bolaning jismoniy rivojlanishi o‘yin
yordamida xohlagan yo‘nalishda va boshqa jismoniy mashq-
larning turlari mumkin qadar faqat maqsadga yo‘naltirilgan
holda va doimo pedagogik rahbarlik qilinganda amalga
oshiriladi.
1.10. O‘YIN RAHBARLARINING
ASOSIY VAZIFALARI
Rahbar o‘yin tashkilotchisi va uni o‘tkazish jarayonida
bolalarning tarbiyachisi bo‘lishi shart:
1) shug‘ullanuvchilarning salomatligini mustahkamlash
ularning to‘g‘ri jismoniy rivojlanishiga yordam beradi;
2) hayotiy zarur bo‘lgan harakat malakalarini egallashga
yordam beradi;
3) bolalarda zarur bo‘lgan odob-axloq irodaviy va jismoniy
sifatlarini tarbiyalash;
4) o‘yin bilan mustaqil ravishda muntazam shug‘ullanish
odatini va o‘quvchilarga tashkilotchilik malakalarini sing-
dirish.
O‘yin bilan shug‘ullanish do‘stlikni, rostgo‘ylikni, jamoat-
chilikni, vatanparvarlikni va ongli intizomni tarbiyalashga
yordam beradi. Shu bilan birga jismoniy tarbiya dasturi
asosida mos ravishda ma’lum harakatni o‘rgatish uchun
o‘yinni to‘g‘ri tanlash muhimdir.
Har doim ham o‘yinni to‘g‘ri tanlab olib, samarali ijobiy
ta’lim-tarbiyaga erishish mumkin emas, u ko‘proq o‘yinni
tashkil qilish va o‘tkazish jarayoniga bog‘liq.
Òa’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalarini hal
etishda tarbiyani, xususan, didaktik prinsiplarining umumiy
qonuniyatlariga pedagog tomonidan amal qilish zarurdir.


38
Harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanish xarakteri tarbiya-
laydigan bo‘lishi shart. Pedagog o‘yinning mazmunidan
foydalangan holda (mazmuni, harakat qilishi va unga
kiruvchi o‘yin qoidalari), ma’lum darajada o‘yinchilarning
yurish-turishini, xatti-harakatini e’tiborga oladi. Buning
uchun pedagog o‘ynaydigan jamoani yaxshi bilishi, o‘yin-
ning mazmunini o‘rganishi va yuqori pedagogik mahoratga
ega bo‘lishi kerak.
O‘yinda bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari namoyon
bo‘ladi. Ularning xulqi va xarakterini o‘rganib olganidan
keyin, rahbar haddan tashqari tez ta’sirchanligini, bahsla-
shish noto‘g‘riligini yoki o‘yin qoidalariga rioya qilmasligini
va xulqidagi boshqa salbiy tomonlarning oldini olish mumkin.
Rahbar jamoa o‘yinlarida maqsadga erishish uchun o‘yin-
chilarni birgalashib harakat qilishga o‘rgatadi, bu o‘rtoqlik
hissini, jamoatchilik, topshirilgan vazifaga javobgarlikni his
qilishni, o‘zining ishini oxirigacha yetkazishdagi qat’iyligini
tarbiyalashga yordam beradi (aks holda jamoagi o‘rtoqlari
qiynaladi).
Har bir o‘yinda maqsadga erishish uchun turli xil
qiyinchiliklar bo‘ladi. Shuning uchun o‘ynovchilar o‘yin
qoidalarini buzmasdan turib, ularni yengib o‘tishlari kerak.
Bittagina qiyinchilikni yengib o‘tgandan keyin, boshqasini
orqaga surish kerak, chunki bolalar ularni yengib o‘tishda
zo‘r berishlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa mehnat-sevarlikni va
irodani tarbiyalashga yordam beradi.
Rahbar u yoki bu o‘yinni o‘tkazishda asosiy tarbiyaviy
va ta’limiy vazifani belgilab olishi kerak (masalan, to‘pni
otish va ilib olib nishonga uloqtirish malakalarini tako-
millashtirish, yengil atletika, gimnastika mashg‘ulotlarida
egallagan malakalarini mustahkamlash, o‘ynovchilarda
jasurlikni, harakatning bir-biriga muvofiqligini, jamoat-
chilikni tarbiyalash, joyda mo‘ljal olish malakalarini tarbiya-
lash va boshqalar).
Bolalarning oldiga nisbatan aniq, yengil va tez hal
qilinadigan vazifalar qo‘yiladi. Masalan, «asirga» tushir-
maslik, raqiblarni qidirib topish, o‘rtog‘ini qutqarish, raqibi-
ning ustidan g‘alabaga erishishdan iboratdir. Rahbar ayrim
vaqtlarda ularga ko‘proq qiyin vazifalarni (masalan, to‘pni


39
olib yurish va uzatish, basketbol o‘yini uchun halqaga to‘p
tashlashni egallash) taklif qiladi.
Boshqarib boruvchi o‘rgatishning faol va onglilik prinsipi
hisoblanadi. Rahbar o‘yinni o‘tkazishda uning mazmuni va
vazifasini, shuningdek, o‘zini tuta bilish qoidalarini tushin-
tirishi shart. O‘ynovchilarning ongli xulqi o‘yinni tako-
millashtirishga va uni ijodiy boyitishga imkon beradi, bunda
o‘yin qatnashchilarining qiziqishi, birmuncha o‘yinning
tarbiyaviy ta’sir etishi oshib boradi. Bolalarda o‘yinda o‘z
harakati va ishlariga ongli munosabatda bo‘lishga, o‘zining
yutuq va kamchiliklarini tanqidiy muhokama qilishni,
o‘rtoqlarining harakati va xulq-atvorini tahlil qilishga o‘r-
gatish kerak.
Agar o‘yin yaxshi o‘zlashtirilgan bo‘lsa, faollik oshadi.
O‘yinni takrorlab turish juda foydali bo‘ladi, bunda shug‘ul-
lanuvchilar ko‘proq o‘z ayblarini tushunib boradilar, harakat
malakalari takomillashadi, o‘yinda o‘quvchilar faol qatnasha
boshlaydi, eski o‘yin qoidalari murakkablashadi, yangi vazi-
falar qo‘yiladi (rahbar bilan birgalikda yoki uning nazorati
ostida).
O‘yinga qiziqqonligini orttirib borish bolalarning faolla-
shishiga ta’sir etadi. Bolalarning faolligidan o‘yindagi tash-
kilotchilik malakalarini tarbiyalashda foydalanish lozim.
Rahbar ularga yetakchilar, sardorlar tayinlashi hakamlik
qilishga jalb etish bilan bolalarni mustaqil o‘ynashga
o‘rgatishi kerak. Ularga o‘yinni tashkil qilish va hakamlik
qilishda sekin-asta ko‘proq mustaqillikka imkon beradi.
Òanlangan kapitanlar jamoaning harakatiga rahbarlik qiladi,
o‘yin qatnashchilarining orasidan saylangan hakam o‘yin
qoidalariga aniq rioya qilishni kuzatadi. Rahbar o‘yin
borishida hakamga taktik jihatdan yordam beradi va o‘ynov-
chilarning o‘zini to‘g‘ri tutishiga yo‘naltiradi.
Rahbar bolalarni faol va ongli ravishda o‘ynashlari uchun
o‘yinni aniq va ta’sirchan qilib tushuntirishi zarur. Kichik
maktab yoshidagi bolalarga mazmunli o‘yinni tushuntirishda
ayniqsa ta’sirchanlik bo‘lishi juda muhimdir.
Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda nafaqat ko‘rsatishdan,
balki ko‘rgazmali qo‘llanmalardan ham foydalanish mum-
kin: asbob-anjomlarda, chizmalarda ularda maydondagi belgi


40
alomatlari va o‘yinchilar joylashishlari, fotosuratda o‘yinning
alohida vazifalari ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə