2021 O‘zbekiston ko‘p millatli davlat



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix03.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#125280
1   2   3   4   5   6   7   8
o-zbekiston-ko-p-millatli-davlat

NATIJALAR 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab millatlararo munosabatlarda yo„l 
qo„yilgan kamchilik va nuqsonlar asta-sekin bartaraf etila boshlandi. Ko„p millatli 
mamlakatda xalqlar tinch-totuvligini ta‟minlash chora-tadbirlari ko„rildi.
Mamlakatda milliy madaniy markazlar tashkil qilish asosida mamlakatning tub 
aholisi bo„lmagan aholining milliy tili, madaniyati va boshqa o„ziga xos qadriyatlari 
va an‟analarini rivojlantirishga keng yo„l ochib berildi. Mustaqillikdan oldin 1989 
yildayoq Madaniyat vazirligi qoshida millatlararo milliy madaniy markazlar tashkil 
etila boshlangan edi. Dastlab bu markazlar tarkibida 12 ta, jumladan, qozoq, koreys, 
arman, ozarbayjon, tojik milliy madaniy markazlari faoliyat ko„rsata boshladi. Vaqt 
o„tgan sayin bu markazlarning soni ortib bordi. 1995 yilga kelib ularning soni 80 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
537 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
tadan oshdi. Milliy madaniy markazlar sonining oshib borishi ular faoliyatini 
muvofiqlashtirish 
zaruriyatini 
keltirib 
chiqardi. 
SHu 
maqsadda 
Vazirlar 
Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi qarori bilan Respublika Baynalmilal 
madaniyat markazi tashkil etildi. Bu markaz milliy madaniy markazlar faoliyatini 
muvofiqlashtirib keladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda milliy-madaniy markazlar soni 138 ta bo„lib, 
ular nodavlat notijorat tashkilotlari maqomida samarali faoliyat ko„rsatib 
kelmoqdalar. O„zbekistonda yashab kelayotgan ozarbayjonlarning milliy madaniy 
markazi o„z xalqi an‟analari va urf-odatlarini hurmatlab, ularni asrab-avaylab 
kelmoqdalar. O„zbekistondagi Ozarbayjon milliy-madaniy markazi – 
“Gardashlik” 
(“Qardoshlik”)
birinchilardan bo„lib, 1989 yili Toshkent shahrida tashkil etilgan edi. 
Keyinchalik, Samarqand va Buxoroda ham ozarbayzon milliy madaniy markazlari 
faoliyati yo„lga qo„yildi. 2003 yilda esa – Ozarbayjon milliy-madaniy markazlari 
respublika uyushmasi tashkil etildi.
Markazda millatidan qat‟i nazar, barcha xohlovchilar uchun ozarbayjon tilini 
o„rganish kurslari, ozarbayjoncha raqs va milliy kashtachilik to„garaklari, kompyuter 
savodxonligi sinfi ochilgan. Amaliy san‟at va milliy taomlar ko„rgazmalarini 
o„tkazish an‟anaga aylangan bo„lib, ushbu tadbirlarda Toshkent shahrida tashkil 
etilgan Ozarbayjonda xizmat ko„rsatgan artist Kokab Alieva rahbarligidagi 
“Azerbayjan gizlari” (Ozarbayjon qizlari)
ansambli ozarbayjon xalq qo„shiqlari va 
raqslari bilan tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo„lib kelmoqda. Bundan tashqari, 
Toshkent va respublikaning boshqa shaharlarida o„tkaziladigan ommaviy tadbirlarda 
“Gardashlik”, “Ochag” kabi badiiy jamoalar o„ziga xos chiqishlari bilan ajralib 
turadi. O„zbekistonning umumxalq bayramlari – Mustaqillik kuni va Navro„zga 
bag„ishlangan tadbirlarda ham ozarbayjonlik san‟atkorlar muntazam ishtirok etib 
keladilar. Ozarbayjon elchixonasi bilan hamkorlikda ozarbayjonlik san‟at ustalarining 
konsertlari tashkil etiladi [2]. 
Millatlararo aloqalarni mustahamlash va rivojlantirishga intilayotgan markaz 
faollari o„zbek va ozarbayjon madaniyatlarining o„zaro almashinuvi va boyitilishiga, 
xalqlar o„rtasidagi do„stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga munosib hissa 
qo„shib kelmoqdalar. 
Markaz binosidagi o„zbek-ozarbayjon do„stligi muzeyiga qo„yilgan eksponatlar 
ikki xalq o„rtasidagi do„stlik aloqalari qadim zamonlardan beri davom etib 
kelayotgani haqida hikoya qiladi. Muzeyning eksponatlaridan biri – Farg„ona 
vodiysida topilgan miloddan avvalgi II ming yillikka mansub ikkita ilon 
ko„rinishidagi toshdan yasalgan tumor Ozarbayjondan topilgan tumorga juda o„xshab 
ketishi ham xalqlarimizning qanchalik yaqin ekanligini tasdiqlaydi. Bugungi kunda 



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə