2023-yil 13-oktabr



Yüklə 298,12 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix21.10.2023
ölçüsü298,12 Kb.
#129938
ona tili faxrim



2023-yil 13-oktabr
06-06/3-2552-son
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Maktabgacha va maktab ta’limi
vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar
maktabgacha va maktab ta’limi
boshqarmalari boshliqlariga
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi
berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kunini
mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-1141-son
bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik tomonidan “O‘zbek tili bayrami
munosabati bilan maktabgacha va maktab ta’limi tizimida taniqli ijodkorlar, tilshunos
olimlar ishtirokida o‘zbek tilining go‘zalligini namoyish etishga mo‘ljallangan
adabiyot va kitobxonlik tadbirlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish yuzasidan
chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqildi (ilova qilinadi).
Sizdan, ushbu tadbirlarni joriy yilning 16-23-oktabr kunlari taniqli ijodkorlar,
tilshunos olimlar ishtirokida o‘tkazish;
“Ona tilim – faxrim!” shiori ostida til bayramiga bag‘ishlangan o‘zbek tilini
ulug‘lovchi hikmatli so‘zlar, fikrlar, mulohazalar, she’rlar, maqolalar, matallar, qisqa
hikoyalar va bahr-u bayt kechalarini tashkil etish;
tadbirni chiroyli, ko‘tarinki ruhda, bayramona o‘tkazilishida joylardagi mahalliy
hokimliklar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish
idoralari vakillari bilan hamkorlik qilish;
tadbirga faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor
tashkilotlar vakillarini taklif etish;
shuningdek, amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalari hamda
ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish so‘raladi.
Ilova: __ varaqda.
Vazir o‘rinbosari
D.Kenjayev
Ijrochi: F.Zaripov,
tel: (55) 503-74-00 (4021)
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: EJ31314721

Yüklə 298,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə