21-amaliy ish Meva –sabzavot,uzumdan quritib tayyorlangan mahsulot turlari, sifat ko’rsatkishlari va ularga qoyilgan standart talablari Darsning maqsadi



Yüklə 18,21 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü18,21 Kb.
#115084
21-amaliy ish


21-amaliy ish
Meva –sabzavot ,uzumdan quritib tayyorlangan mahsulot turlari, sifat ko’rsatkishlari va ularga qoyilgan standart talablari
Darsning maqsadi: Meva-uzum quritish bilan bog’liq barcha tashkiliy tadbirlar tizimi bilan tanishish. Meva-uzum quritishda zarur bo’ladigan asbob-uskunalar, materiallar va quritish maydo-niga bo’lgan talabni hisoblashni o’rganish.
Ishning mazmuni. Ma’lumki, mevalar va uzumni yig’ib terib olish mas’uliyatli jarayon hisoblanadi. Har bir mevani o’z vaqtida terib olish talab etiladi. Vaqtidan kechiktirib terib olingan mevalarning sifat ko’rsatkichlari, xususan, qayta ishlashga yaroqliligi va saqlashga chidamlilik sifatlari keskin pasayib ketadi. Shuning uchun mevalarni o’z vaqtida terib olish lozim. Buning uchun barcha terim tadbirlarini to’g’ri tashkil etish lozim. Quyidagi topshiriqlarda talabalar meva-uzumni terib olish bilan bog’liq tadbirlarni tashkil etishni o’rganadilar.
7-jadval.


Meva-uzum quritishda talab etiladigan quritish maydoni, muddati va materiallar sarfi

Mahsulot turi

Oltin-gugurt kg.

Osh tuzi, kg

Ishqor (kaustik soda)

Qo’llaniladigan patnis sig’imi, kg

Quritish muddati, kun

Quritishda 1m2 foydali maydonga ketadigan mahsulot, kg

Uzum

Bedona

-

-




5

25-30

10-12

Shig’oni

2

-




5

8-12

10-12

Sabza

2

-

0,9

5

8-12

10-12

Soyaki

2

-

-

5

35-40

10-12

Germian

2

-

0,9

5

8-12

10-12

O’rik

Turshak

2

-




4

8-10

10-12

Quraga

2

-




4

6-8

6-7

Qaysa

2

-




4

6-8

7-8

Olma

Oddiy

2

-




3

14-16

12

Yaxshilangan

2

2




3

10-12

10

Olxo’ri

Danakli

1,5

-

0,9

4

8-10

10-12

Danaksiz

2

-

0,9

4

6-8

8

Shaftoli

1,5

-

0,9

4

6-8

12

Olcha

1,5

-

0,9

4

6-8

7-8

Nok

2

-

-

6

6-8

14

Eslatma: Quritishda 150 kg sig’imli dudlash kamerasi, bir ish kunida (7soat) 5 tonnagacha olma kesuvchi uskunalardan foydalaniladi.
8-jadval
Mevalarni quritishga kelib tushish mavsumi

Mahsu-lot turi

May

Iyun

Iyul

Avgust

Sentyabr

Oktyabr

III

I

II

III

I

II

III

I

II

III

I

II

III

I

II

III

Olcha

















































O’rik

















































Olma

















































Nok

















































Anjir

















































Shaftoli

















































Uzum

















































1-vazifa. Quritishga keltirilgan 400 t olmaning 200 tonnasini yaxshilangan va 200 tonnasini oddiy usulda quritish uchun talab etiladigan uskuna va materiallar hamda kuritish maydonini hisoblang.
Ishlash tartibi: topshiriq 12 va 13-jadvallardan foydalangan holda echiladi.
1. Jadvaldan foydalanib olmani quritish muddati topiladi, ya’ni: oddiy usulda - 14 kun.
Yaxshilangan usulda – 10 kun
2. Quritishlar soni qancha? Buning uchun - jadvaldan quritishga kelib tushish mavsumini maxsulotning kurish muddatiga bo’linadi, ya’ni: Oddiy usulda: 100 : 14 = 7 marta.
Yaxshilangan usulda: 100 : 10= 10 marta
3. Bitta partiyada qancha mahsulot quritiladi? Buning uchun quritiladigan jami mahsulotni quritishlar soniga bo’lib topamiz, ya’ni; oddiy usulda: 200 t: 7 q 28,5t.
Yaxshilangan usulda: 200 t : 10 = 10 t
4. Bitga partiya mahsulotni quritish uchun qancha patnis kerak? Oddiy usulda: 28,5t : 3 kg q 9500 dona.
Yaxshilangan usulda: 10 t: 3kg = 3333 dona
5. Jami mahsulot uchun talab etiladigan oltingugur va osh tuzi? Oltingugurt - 400 t x 2kg q 800 kg
Osh tuzi - 200 t x 2 kg = 400 kg
6. Mahsulot partiyasini quritish uchun qancha maydon kerak?
Oddiy usulda 28,5t : 12 kg/m2 = 2375 m2
Yaxshilangan usulda 10t : 10 kg/m2 = 1000 m2
Shu usulda quyidagi vazifalarni bajaring.
2-vazifa. Mavsum davomida keltiriladigan 300 t uzum mevasidan 125 t mahsulotni sabza, 100 t mahsulotni shig’ani va 75 t mahsulotni bedona usulida quritish uchun zarur materiallar, uskunalar va quritish maydoniga bo’lgan talabni aniqlang.
3-vazifa. Mavsum davomida keltiriladigan 180t o’rik mevasi-dan 80 tonnasini turshak, 50 tonnasini quraga va 50 t mahsulotni qaysa usulida kuritish uchun zarur materiallar, uskunalar va quritish maydoniga bo’lgan talabni aniqlang?
4-vazifa. Mavsum davomida keltiriladigan 30 t olxo’ri mevasining 20 t qismini danakli va 10 tonnasini danaksiz usulda quritish uchun zarur materiaplar va quritish maydoniga bo’lgan talabni aniklang.
Eslatib o’tish kerakki, xo’jaliklarda quritish maydonidan tashqari soyaki usulda quritiladigan mevalar (xususan, uzum) uchun maxsus soyaki xonalar ham quriladi. Soyaki xonalar paxsa devordan quriladi, ularning ikki tomonidagi devorida havoning yaxshi aylanib turishi uchun juda ko’p tirqishlar qoldiriladi. Bunday soyakixonalarda qurigan mahsulotning sifati, tayyor mahsulot chiqishi va vitaminlilik darajasi juda yuqori bo’ladi (23-rasm).
Yüklə 18,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə