21 markazdan qochma nasoslar, ularning ishlash prinsipi turg’unova Laylo Ramil qizi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix22.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#154248
1   2   3   4   5
ZDIFT 1206

F=mw
2

 
 
 
(1) 
Bu yerda, w-valning aylanish burchak tezligi. 



 
22 
 
 
 
Ana shu markazdan qochma kuch ta’sirida suyuliik g’ildirakdan chiqishi natijasida uning atrofida 
bosim ortadi, ishchi g’ildirak markazida bosim pasayadi (vakuum hosil bo’ladi), hamda 
suyuqlikning so‘rish quvuridan uzluksiz kelishi ta’minlanadi. 
Markazdan qochma nasos va uning so‘rish quvuri yurgizishdan avval suvga to’ldirilishi lozim. 
Buning uchun bolt olinib, teshikchadan vakuum-nasos yordamida havosi so‘rib olinadi yoki o‘sha 
teshikchadan suv quyib to‘ldiriladi.

Markazdan qochma nasoslarda dvigateldan olingan mexanik energiya suyuqlikni kuraklaridan 
oqib o‘tish jarayonida uning gidravlik energiyasiga aylanadi, ya’ni suyuqlikning statik va dinamik 
bosimi ortadi.
Markazdan qochma nasoslar quyidagicha tasniflanadi: 
- ishchi g‘ildiragi shakli bo‘yicha: markazdan qochma, o‘qli va diagonal;
- ishchi g’ildiraklar soni bo‘yicha: bir g‘ildirakli, ko‘p g’ildirakli (ko‘p pog‘onali);
- suyuqlikni ishchi g’iidirakka kirish xususiyati bo‘yicha (markazdan qochma nasoslarda): bir 
tomonlama, ikki tomonlama;
- valini o’rnatilish holati bo‘yicha: gorizontal, vertikal va qiya valli
- bosim hosil qilishi bo‘yicha; past bosimli (H60 m);.
- tezkorligi bo‘yicha; markazdan qochma; sekinyurar (n^ = 40...80), o'rtacha tezkorlikdagi (ns = 
80...150), tezkor (Пз=150...350); diagonal (ns=350...600), o'qiy (Пз=600...1200);
- ahamiyati bo'yicha: umumiy vazifani bajaruvchi; maxsus vazifani bajaruvchi, ya’ni kimyoviy 
aktiv suyuqliklar uchun, ifloslangan kanalizatsiya suvlari uchun, loyqa, qum yoki kul aralashmasi 
uchun, issiq suvlar uchun va hokazo. 
Markazdan qochma nasoslar so‘rish usuliga qarab bir tomonlama so‘ruvchi va ikki tomonlama 
so‘ruvchi nasoslarga bo’linadi. Markazdan qochma nasoslarning asosiy qismlari korpus, valga 
o‘rnatilgan aylanuvchi ish g’ildiraklari bo‘lib, valga bir yoki bir necha ish g’ildiragi o‘rnatish 
mumkin. Birinchi holda nasos bir g‘ildirakli yoki bir bosqichli deyiladi. Ikkinchi holda esa u ko’p 
bosqichli deyiladi. Bir bosqichli markazdan qochma nasoslar kichik bosimli nasoslar gruppasiga 
taalluqli bo‘lib, bosimni oshirish uchun valga bir necha ish g’ildiragi o‘rnatiladi. Bu holda bosim 
ish g’ildiraklari nechta bo‘lsa, taxminan shuncha ortadi. Odatda, markazdan qochma 
nasoslarning bosqichlari soni o‘n ikkitadan oshmaydi. 




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə