Reja: Markazdan qochma nasoslar va ularning tuzilishi



Yüklə 0,52 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#148372
kon turg`un 1-m


Mavzu: Markazdan qochma nasoslar.
Reja:

  1. Markazdan qochma nasoslar va ularning tuzilishi.

  2. Bir bosqichli markazdan qochma nasosning sxemasi.

  3. Markazdan qochma nasoslarning xarakteristikalari.

Markazdan qoshma nasoslarda suyuqlikka energiyani nasos korpusida aylanuvchi ish gildiragi kuraklari yordamida beriladi. Bunda parraklar orasidagi suyuqlik zarrachasi markazdan qoshma kuch ta’sirida nasos kamerasiga intiladi. Bunday harakat natijasida ish g'ildiragi markazida bosim kamayib, ta’minlovchi idishdagi suyuqlik so‘rish trubasi orqali ko‘tariladi va ish gildiragi kuraklari orasidan chiqib ketgan suyuqlik o‘miga yangi suyuqlik keladi. Nasos kamerasiga markazdan qoshma kuch ta’sirida suyuqlikning kelishi natijasida bosim ortib, suyuqlik nasos kamerasidan haydash trubasiga ko‘tariladi. Markazdan qoshma nasoslaming ishlashi shu prinsipga asoslangan bo‘ladi. Markazdan qoshma nasoslaming asosiy qismlari korpus, valga o‘matilgan aylanuvchi ish g‘ildiraklari boiib, valga bir yoki bir nesha ish g'ildiragi o‘matish mumkin. Birinshi holda nasos bir g‘ildirakli yoki bir bosqichli deyiladi. Ikkinchi holda esa u ko‘p bosqichli deyiladi. Bir bosqichli markazdan qoshma nasoslar kichik bosimli nasoslar gruppasiga taaluqli boiib, bosimni oshirish uchun valga bir necha ish gildiragi o‘matiladi. Bu holda bosim ish gildiraklari nechta boisa, taxminan shuncha ortadi. Odatda, markazdan qoshma nasoslaming bosqichlami soni o‘n ikkitadan oshmaydi. Markazdan qoshma nasoslaming boshqa turdagi nasoslardan asosiy ustunligi ulaming ixchamligidir. Bu nasoslarda turli inersiya kuchlarini vujudga keltiradigan ilgarilama-qaytma harakatning yo‘qligi sababli ulaming poydevori ham ixcham boiadi. Natijada nasos va unga tegishli asosning, xizmat va remont ishlarining qiymati kam boiadi. Ikkinchidan, nasosning tez-tez buzilib turishga sabab boiadigan klapanlar va boshqa turli detallar boimaydi. Uchinchidan, harakat bitta val orqali berilib, murakkab uzatuvchi mexanizmlarning hojati boimaydi. Markazdan qoshma nasoslar bosim juda katta boimasa ham, sarf katta bo`lishi zarur bo`lgan hollarda ishlatiladi.


Yuqoridagi rasmda markazdan qoshma nasosning sxemasi keltirilgan, bo`lib, u nasosning ishlash prinsipini shartli ravishda ko‘rsatadi. Bunda so‘rish trubasi orqali ta’minlovchi idishdan ko‘tarilgan suyuqlik kameraning o‘rta qismiga kiradi, so‘ngra val orqali harakatga keltiriluvchi ish gildiragi ning kuraklari orasidan o‘tib, nasos kamerasi ga tushadi. Bu yerda markazdan qoshma kuch ta’sirida hosil bo`lgan bosim suyuqlikni haydash trubasiga siqib chiqaradi. Suyuqlikning haydash trubasida ma’lum miqdordagi tezlik bilan ta’minlanishi uchun o‘tkazuvchi kamera, yo‘naltiruvchi apparat va diffuzor kabi bir qancha maxsus moslamalardan foydalaniladi.


Haydash balandligi markazdan qoshma nasos yengishi mumkin bo`lgan eng yuqori balandlik bo`lib, g`ildirakning tashqi aylanmasidagi tezlik qancha katta bo`lsa, u ham shuncha katta bo`ladi. Aylanma tezlik esa nasos g`ildiragi diametrining kattaligi va aylanish soniga bog`liq. Nasos korpusning tuzilish ham haydash balandligining yuqori bo`lishiga katta ta’sir qiladi. Shuning uchun nasosning korpusi so‘rilish yo`li, spiral yo`li va yo‘naltiruvchi apparat bilan jihozlangan.
So‘rish yo ‘li - korpusning so‘rish trubasidan ish g`ildiragiga o‘tishdagi kanalidir. Suyuqlikning nasosga so‘rilish yo`lining eng yaxshi shakli o‘q yo‘nalishida konus ko‘rinishida bo`ladi. Tezyurarligi o‘rtacha va kichik bo`lgan nasoslarda nasosga so‘rilish yo`li spiral shaklda bo`lishi mumkin. Tezyurarligi yuqori bo`lgan nasoslarda esa o‘q bo‘yicha so‘rilish tezlikni 15 - 20% oshiruvchi konfuzor orqali amalga oshiriladi. Spiral ko‘rinishdagi so‘rish kameralarini hisoblashda so‘rish tezligi sso`r g`ildirakka kirish tezligi sI ga qaraganda ancha kichik qilib olinadi: sso`r = (0,85 + 0,70)sI,
Spiral yo ‘li. Suyuqlikning nasosdan chiqish kanali spiral kamera yoki yo‘naltiruvchi apparat ko‘rinishida bo`ladi. Spiral kamera tuzilishi sodda bo`lgani uchun unda qarshilik yo‘naltiruvchi apparatga qaraganda kam bo`ladi (ya’ni FIK katta). Lekin bu kameraning kanallarini mexanik usulda silliqlab boMmaydi. So‘nggi vaqtlarda metall quyish ancha aniq va toza bajarilgani uchun spiral kameralar ko‘proq qo`llanila boshladi (hatto ko‘p bosqichli nasoslarda ham qo`llanilmoqda).
Suyuqlikning spiral kameradagi harakatlanish sxemasi.
Spiral kameraning shakllari.

Yo‘naltirmchi apparat. Yo‘naltiruvchi apparat ish gildiragidan chiqqan suyuqlikning radius bo‘yicha kengayib borishi davomida aylana bo‘yicha ham kesimning ortib borishiga majbur qiladi. Natijada apparatdan o‘tish davomida tezlnk kamayib boradi. Yo‘naltiruvchi apparatda suyuqlik zarrachalari to‘g‘ri chiziqli yunalishdan og‘ib apparat parraklariga bosadi va uni ish gildiragi o‘qi atrofida aylanishga majbur qiladi.


Y o`naltiruvchi apparat.
Yo‘naltiruvchi apparatning tuzilishi ish g‘ildiragidan chiqqan suyuqlikning haydash trubasiga kirishini osonlashtiradi.

Nasoslami ishlatishda ulardan berilgan sharoitda eng yaxshi foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun turli sharoitda nasosning qanday ishlashi to‘g‘risida ma’lumot bo`lishi kerak. Bunday ma’lumot nasoslarning harakteristikalari ko‘rinishida beriladi. Bosim, quvvat va foydali ish koeffisientining sarfga bog‘liqlik grafiklari nasosning xarakteristikalari deb ataladi: H = f1(Q); N=f(Q); ŋ=f(Q)
Odatda, xarakteristika nasosni sinash (tajriba) yordamida tuziladi. Buning uchun nasosning aylanish sonini o'zgartirmasdan, haydash trubasiga o'matilgan berkitkishni surish yo‘li bilan bosimni o‘zgartirsak, uning ishlash tartibi ham o‘zgaradi. Natijada quwat va foydali ish koeffisienti ham o‘zgaradi. Xarakteristikani tuzish uchun sinashni berkitgish to‘liq yopilgan holatdan boshlab, oshib boramiz va bosim, quwat va FIKning sarf bo‘yicha o‘zgarishini quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek grafiklar tuzamiz.

Grafiklardan ko‘rinadiki, berkitgich yopiq holatida (Q = 0) nasos ma’lum bosim hosil qiladi va u berkitgichning ochilishi bilan kamayib boradi (boshlanishda bosim bir oz ortib borib, maksimumga etishi va so‘ngra kamayib ketishi mumkin). Quvvat esa ortib boradi va chiziqli ortishga yaqin bo‘ladi. Sarfning katta qiymatlarida bu ortish bir oz susayishi mumkin. FIK grafigi noldan boshlanadi va sarfning ma’lum bir miqdorlarida maksimumga ega bo‘ladi. Nasosning shu aylanish sonida eng yaxshi ishlashi FIK grafigining maksimum miqdoriga to‘g‘ri keladi.

Xulosa.
Xulosa qilib aytganda biz konchilik sanoatida asosan markazdan qochma nasoslardan foydalanamiz. Sababi markazdan qochma nasoslar ko`pgina afzalliklarga ega. Bular: mustahkam va uzoq vaqt ishlatish mumkin; suyuqlik uzluksiz va bir me’yorda uzatiladi; ish unumdorligi yuqori; ishlatish qulay; vazni yengil va o’lchamlari kichkina; porshenli nasoslarga nisbatan arzon; hamma qismlari quyma shaklda oddiy tayyorlangan; unumdorligini haydash quvuridagi siljituvchi mexanizm yordamida o‘zgartirish mumkin. Ana shu afzalliklar sababli markazdan qochma nasoslar sanoatning barcha tarmoqlarida ishlatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Азизов С. Каршинский магистральный канал. -Гидротехника и мелиорация, 1970, № 7.С.21-26.
2.Бабенко Ю.М., Коваленко Ю.В. Насосы. Учеб.пособие. Ростов н/Д. (Ростов н/Д Гос. Акад.с-х. машиностр.); 2001.-104 с.
3.Вишневский К.П. Переходные процессы в напорных системах водоподачи.-М.: Агропромиздат, 1986.-136 с.
Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə