27 I bob maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlari


Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti



Yüklə 340,08 Kb.
səhifə3/11
tarix11.06.2023
ölçüsü340,08 Kb.
#116609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
27 I bob maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlari

1.2 Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti (keyingi o‘rinlarda — davlat standarti) davlat standartining maqsadi va asosiy vazifalarini, prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat standartlarini joriy etish hamda uning talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Davlat standartini amalga oshirishda maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini, maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya berish sohasidagi o‘quv-metodik qo‘llanmalarni, metodik tavsiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini loyihalashtirish, qurish, jihozlash va ularning faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi.
2. Davlat standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son va “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarorlari;
2-bob. Davlat standartining maqsadi va asosiy vazifalari

7
5. Davlat standartining maqsadi — maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim muassasasini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat.
6. Davlat standartining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’limning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘laqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishga bo‘lgan sanitariya-gigiyenik talablarni belgilash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish me’yorlarini tartibga solish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsion vositalar bilan jihozlash;
maktabgacha ta’lim muassasalariningyong‘in xavfsizligini ta’minlashga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini ta’minlash.

Yüklə 340,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə