3 – mavzu: Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja: Falsafada metod va qonun tushunchasi va uning mohiyati. Qonun va qonuniyat



Yüklə 76,4 Kb.
səhifə6/37
tarix19.12.2023
ölçüsü76,4 Kb.
#151214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
3-mavzu

Sezgi – bu ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning sezgi organlarimizga bevosita ta’sirining mahsuli bo‘lib, ularning alohida, ayrim xususiyatlarining oddiy xissiy obrazlaridir.
Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi buyumlar, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit hissiy obrazni idrok etish deb ataladi. Idrok deganda turli sezgi a’zolari ma’lumotlari asosida miyada buyum va hodisaning yaxlit xissiy obrazi hosil bo‘lishi tushuniladi.
Xotira – jonning kuchi, sezgi va idrok ma’lumotlarini qayd etish va saqlashdir. Tashqi ta’sirlarning idrok etilishi va ularning xotirada saqlanishi natijasida xotirada tasavvurlar uyg‘onadi.
Tasavvur – hissiy darajadagi bilimning yuqori shakli bo‘lib, ilgari idrok etilgan buyum va hodisalarning xotirada qayta hosil qilingan hissiy obrazidir. Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir.
Hayol – esa insonning muhim hossasi bo‘lib, tafakkur oqimida yetishmayotgan ko‘rgazmalilik o‘rnini to‘ldiradi. Hayol kuchi ongda mavjud obrazlarni nafaqat qayta chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog‘laydi va ularni umumiy tasavvurlar darajasiga ko‘taradi.
Insonning abstrakt — fikrlash qobiliyati tushunchalar bilan birga voqelikni aqliy o‘zlashtirishning boshqa shakllarini ham o‘z ichiga oladi. Klassik formal mantiq faniga ko‘ra, tafakkurning muhokama yuritish (hukm) va xulosa chiqarish shakllari ham borligi ma’lum. Hukmlarni aytayotib, biz tushunchalardan foydalanamiz. Ular hukmlarning elementlari hisoblanadi.
Narsalarning mohiyatini bilish asosida ular to‘g‘risidagi tushunchalar paydo bo‘ladi, yagona hukmga birlashishi mumkin bo‘lgan yakka hukm yoki xukmlar majmuasi shakllanadi. Narsalarni anglashda erishilgan bu hukm ham tushuncha o‘rnida qabul qilinadi. Bilimlar chuqurlashib borishi bilan ularni umumlashtirish asoslari ham o‘zgaradi. Bir tushunchalardan boshqasiga, yanada chuqurroq va aniqroq tushunchalarga o‘tishniig mohiyati ana shunda. Psixologiya kursida hukmga biroz boshqacharoq ta’rif berilishini ta’kidlash kerak: «Hukm borliqning narsalari va hodisalari o‘rtasidagi yoki ularning xossalari va belgilari o‘rtasidagi aloqalarni aks ettirishdir».
Empirik bilimlar nazariy bilim negizini tashkil etuvchi ilmiy dalillar majmuidir. Empirik bilim ikki kuzatish va eksperiment metodlari yordamida shakllanadi.

Yüklə 76,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə