3- mavzu: Kasbiy motiv va motivatsiya. O’quv faoliyati motivlari. Asosiy savollar



Yüklə 152,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix13.06.2023
ölçüsü152,19 Kb.
#116880
1   2   3
3- mavzu Kasbiy motiv va motivatsiya. O’quv faoliyati motivlari

 
3-savol bayoni 
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning iehnatga, odamlarga va o‘z-o‘ziga
mtsunosabatlaridan kelib chiqadi va undagi harakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning 
har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror mas‘uldiyatli ish oldidan
o‘zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo‘ladi. Masalan, 
ma’suliyatli imtihon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtihon oldidan juda
qayg‘uradilar. ham. Ular uchun imtihon topshirish juda kata tashvishday. Boshqalar esa bu
jarayonni bosiqlik bilan boshdan kechirib, ichidan hayajonlanayotgan bo‘lsalar ham, buni
boshqalarga bildirmaydilar. Yana uchinchi toifa kishilari umuman beg‘am bo‘lib, sira 
koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining muvaffaqiyati va 


faoliyatining samarasi turlicha bo‘ladi. Bunga har bir shaxsdagi da’vogarlik darajasi ham ta’sir 
qiladi. Da’vogarlik darajasi yuqoriroq bo‘lganlar bilganbilmaganini isbot qilishga urinsalar, ana 
shunday darajasi pastlar bor bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o‘qituvchi bilan 
totishmaydilar ham. Shuning uchun ham har birimiz ijtimoiy faoliyat motivlaridan tashqari, 
shaxsiy hislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda hulqimizni boshqara olishimiz kerak.
Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni hatti-harakatlarimizning sabablari biz
tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha 
misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga 
oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag‘lubiyatga
uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon 
bo‘lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari avvalgi ma’ruzada ta’kidlanganidek, 
ijtimoiy ustanovka (inglizcha «attitud») hodisasi orqali tushuntiriladi. Demak, ijtimoiy ustanovka
shaxsning ijtimoiy ob’ektlar, hodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul
qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon 
shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizning hammamiz sevamiz, bayrog‘imiz
muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga rahmimiz keladi, tijorat ishlari bilan
shugullanadiganlarning albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hokazo. Bu tasavvurlar,
baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o‘rnashib qolganligiga e‘tibor bermasdan 
yuqorida sanab o‘tgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barcha ijtimoiy
ustanovkalar bo‘lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida 
shakllanadi, va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlar ro‘yobga chiqadi. Demak,
motiv- har qanday harakatlarimiz va faoliyatimizning sababi (undov), sharti bo‘lsa, ustanovka 
– ana shu harakat yoki faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan insondagi ichki psixologik holatdir.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning komponentli tizimini ishlab chiqqan:
A. Kognitiv komponent – ustanovka ob’ektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar, tushuncha va 
tasavvurlar majmui;
B. Affektiv komponent – ustanovka ob’ektiga nisbatan su‘ekt his qiladigan real hissiyotlar
(simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);
V. Harakat komponenti – sub‘ektning ob’ektga nisbatan real sharoitlarda amalga
oshirilishi mumkin bo‘lgan harakatlar majmui (xulkda namoyon bo‘lish).
Bu uchala komponentlar o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, vaziyatga qarab u yoki bu 
komponentning roli ustivorroq bo‘lishi mumkin.
Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo‘lmasligi ham mumkin.
Masalan, 
ayrim talabalar talabalik burchi va tartib-intizom bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalarda, har doim


ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni 
buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat-komponentlarida uyg‘unlik yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu
bir qarashda so‘z va ish birligi printsipining turli shaxslarda turlicha namoyon bo‘lishini
eslatadi. Agar odam bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‘rganib qoladi va ustanovkaga
aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanktsiyalar vositasida
bunday qaramaqarshilik va tafovut bo‘lmasligiga yoshlarni o‘rgatib borishimiz kerak. Bu 
shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi
 
O‘z – o‘zini tekshirish savollari : 
1. Shaxs haqidagi asosiy nazariyalarni aytib bering.
2. Faollik va faoliyat tushunchalarining farqi nimada ?
3. Ehtiyoj turlarini aytib bering.
4. Motiv va uning turlarini aytib bering.
5. Harakatni avtomatlashtirish nima ?
6. Malakani tuzilishini aytib bering.
7. Ko‘nikmani tarkibini izohlang.
8. Faoliyatda o‘yin tushunchasini tushuntiring.
9. Psixologiyada ta’lim tushunchasini yoriting.
10.Mehnat jarayoni tushunchasini izohlang. 

Yüklə 152,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə