3- mavzu: Kasbiy motiv va motivatsiya. O’quv faoliyati motivlari. Asosiy savollar



Yüklə 152,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix13.06.2023
ölçüsü152,19 Kb.
#116880
1   2   3
3- mavzu Kasbiy motiv va motivatsiya. O’quv faoliyati motivlari

 
2-savol bayoni 
Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1. Biologik ehtiyojlar- bu –fiziologik (tashnalik, ochlik, iyqu), jinsiy moslashuv, ehtiyojlari.
2. Ijtimoiy ehtiyojlar- bu – mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy –ma’naviy ehtiyojlar.
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo‘lganimiz bilan shu narsani ununmasligimiz
lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya’ni, ular o‘sha
jamiyat va mohiyatdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar
harakteriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli hisoblangan bizning yemishga, 
ovqatga bo‘lgan ehtiyojimizni olsak, u ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib 
chiqaradi. yana misol uchun, to‘y marosimlari yoki juda tukin dasturxon atrofida o‘tirgan odam
nima uchun shunchalik ko‘p ovqat iste‘mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat 
qo‘yni yoki paxta dalasidagi xashar bo‘lsa-chi, bir turda issiq non ham butun tanaga rohat 
baxsh etuvchi malham bo‘lib, ochlinni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb 
o‘rgangan kishi oz-oz yeyishga o‘rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb o‘rgangan odam vrach
oldiga borib, o‘zi uchun ozdiruvchi dori-darmon so‘rasa, so‘raydiki, lekin uyda o‘zi yemishini
nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga 
bevosita bog‘liq narsa ekan-da.
Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning ikki tomoni yoki elementi
ajratiladi: harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga erishishing vositalariga
aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga erishishni
oqloshi kerak, aks holda dasstur hech narsa bemaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini 
yaxshi tarbiyalash va undan ideallaridagi shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga
juda og‘ir tarbiyaviy shartlarni qo‘yadilar, bola erkinligi bo‘g‘iladi, u qat‘iy nazorat muhitida
ushlanadi. Oqibatda bola keyinchalik boshqarib bo‘lmaydigan, qaysar, uncha-muncha tashqi 
ta’sirga berilmadigan bo‘lib, qolib, har qanday boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo‘lib 
qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, ehtiyojlar muvofiqlashtirilgan va 
maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo‘lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos 
bo‘ladi.
5.5. Motivlarning turlari. Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o‘rganishda motivlar
xarakterini bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri
turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo‘lib, bunday nazariyaning
asoschilari amerikalik olimlar
D.Maklelland, D.Atkinson va nemis olimi X.Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, 
odamda turli ishlarni baajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga


erishish motivi hamda muvaffaqiyatlardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli
faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo‘ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat
muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, 
nima qilib bo‘lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni
boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning bar-cha 
harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki
barcha tashqi imkoniyatlar –tanish-bilishlar, mablag‘ kabi omillardan ham foydalanadilar. 
Boshqacha xulq-atvorni muvaffaqiyatsizliklardan qochish motiviga tayangan shaxslarga kuzatish
mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo‘lsa ham
muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. Shu tufayli ularda kuproq ishonchsizlik,
yutuqqa erishishga ishonmaslik pessimizmga o‘xshash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa
kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrab «O‘zi sira omadim yurishmaydigan 
odamman-da» degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffaqiyatli
tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni 
yakunlangandan so‘ng, uning natijasidan qat‘iy nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar va
og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o‘rinda talabchanlik degan sifatning roli
katta. Agar muvaffaqiyatni yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan talablari darajasi 
ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo‘ladi. Bundan tashqari har
birimizdagi o‘zimizdagi real qobiliyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning
faoliyatdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs hattoki, 
mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga
ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob 
bilan qayg‘urib boshdan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish 
sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.

Yüklə 152,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə