3-amaliy mashg’ulot. Lastik trikotaj to’qimalari tuzilishi, xususiyatlari va loyhalash ishining maqsadi



Yüklə 101,06 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü101,06 Kb.
#146766
  1   2
7-8-LAB uchun


3-amaliy mashg’ulot.


LASTIK TRIKOTAJ TO’QIMALARI TUZILISHI, XUSUSIYATLARI VA
LOYHALASH


Ishining maqsadi: Lastik to’qimasining tuzilishini chizish,xususiyatlarini tekshirish va loyihalash usuli bilan tanishish.


Topshiriqlar :

  1. Lastik to’qimasining tuzilishini o’ngi va teskari tomonlarini chizish.

  2. To’qima namunasining elastiklik,yechiluvchanlik,buraluvchanlik va cho’ziluvchanlik xususiyatlarini hamda pishiqligini tekshirish.

  3. Lastik to’qimasining ko’rsatrkichlarini Professor A.S.Dalidovich usulida aniqlash usulini o’rganish.

Adabiyotlar :



  1. M.Muqimov, Sh.Ikromov. ,,Trikotaj to’qish texnologiyasi” Darslik. Toshkent ,,DAVR PRESS” 2007 y.

  2. M.Muqimov. “Trikotaj texnologiyasi”.Darslik.Toshkent.“Ozbekiston” nashriyoti.2002 y.

  3. Xanxadjayeva N.R. “Naqsh hosil qilish nazariy asoslari” Darslik “Aloqachi”

nashriyoti 2010 y

  1. M.M.Muqimov, B.F.Mirusmonov, N.R.Xanxadjayeva. To’quvchilik mahsulotlari

texnologiyasi va jihozlari. O’quv qo’llanma. “Navro’z” nashriyoti. Toshkent,
O’zbekiston, 2019 y.

Asosiy ma’lumotlar





  1. Lastik to’qimasi tuzilishi va xususiyatlari

Lastik deb tarkibi old va orqa halqa ustunchalari almashib joylashishi asosida tuzilgan, ko’ndalangiga to’qilgan to’qimaga aytiladi (shakl 4).


Bitta old va bitta orqa halqa ustunchalari o’zaro almashib joylashgan lastik to’qimasining rapporti ikkiga teng bo’lib, u “Lastik 1+1” deyiladi. Agar ikkita old va ikkita orqa halqa ustunchalari bir-biri bilan almashib kelsa, u xolda lastik to’qimasining rapporti to’rtga teng bo’lib, u «Lastik 2+2” deyiladi. Lastikning turli takrorlanishdagi tuzilishlari mavjuddir.


Shakl-4. Lastik.




Elastikligi. Elastiklik trikotaj to’qimalariga xos bo’lib, unda elastik deformatsiya miqdori tushuniladi. Bu xususiyat foydali xususiyatlar qatoriga kiradi. Agar lastik to’qimasini eniga tarang qilib cho’zib, keyin uni qo’yib yuborilsa, u holda lastik o’zining boshlang’ich holiga qaytadi. Lastik elastikligini oshirish uchun halqa ipining uzunligini kamaytirish va ipning elastikligini oshirish kerak, shu bilan birga ishlatilayotgan ip yoki kalava ip bir vaqtda bir nechta bo’lishi ham maqsadga muvofiqdir.


Buraluvchanligi Old va orqa halqa ustunlarining bir xil takrorlanishidan (1+1,

2+2) hosil bo’lgan lastik buralmaydi, chunki bir tomon halqalarining bir tomonga buralishga intilishi, ikkinchi tomon halqalarining ikkinchi tomonga buralishga intilishi bilan neytrallashtiriladi.





Yüklə 101,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə