3-ma’ruza: Marketing tadqiqotlari va axborotlar tizimi Reja


Ichki va tashqi axborotlar, birlamchi va ikkilamchi axborotlar



Yüklə 207,3 Kb.
səhifə2/3
tarix06.02.2023
ölçüsü207,3 Kb.
#100273
1   2   3
3-Maruza

Ichki va tashqi axborotlar, birlamchi va ikkilamchi axborotlar.

MATning asosiy vazifasi marketing qarorlarini qabul qilishda noaniqlikni kamaytirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni doimo to‘plab borishdan iborat.
Tashqi manbalardan ma’lumotlar asosan marketing razvedkasi va marketing tadqiqotlari asosida olinadi.
Marketing razvedkasi — bu, birinchi navbatda, marketing rejalarini ishlab chiqish va ularni to‘g‘rilash uchun zarur bo‘lgan marketing tashqi muhitining o‘zgarishi to‘g‘risidagi joriy axborotni to‘plash bo‘yicha tizimli faoliyatdir. Ichki axborot olingan natijalarga qaratilsa, marketing razvedkasi tashqi muhitda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hodisalarni o‘rganishga mo‘ljallanadi. Marketing razvedkasi ma’lumotlarini kompaniya xizmatchilari (ma’muriyat, muhandislar, haridlar bo‘yicha agentlar, sotuvchilar), shuningdek, ta’minotchilar, vositachilar va haridorlar yetkazib berishlari mumkin. Razvedka ma’lumotlarini maxsus tadqiqotchi firmalardan ham olish mumkin.
Ichki axborot asosan korxonaning ichki ahvoli va imkoniyatlarini ochib beradi. Unga, dastavval, korxonaning ishlab chiqarish, moliya, sotish, mehnat va boshqa resurslari kiradi. Qabul qilingan qarorlarning samaradorligi cheklangan resurslarni tovar assortimenti va marketing dasturlariga optimal joylashtirish sharti bilan amalga oshiriladi. Bu yerdan asosiy vazifa kelib chiqadi: foydaning o‘sishi uchun mahsulot tannarxini davriy ravishda kamaytirib borish zarur, boshqacha qilib aytganda harajatlar hajmi va tarkibining shakllanishi ustidan qat’iy nazorat siyosatini olib borish zarur. Shu bilan bog‘liq holda marketolog o‘z ishida marketing qarorlarida quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash va foydalanishni bilishi kerak:
 mahsulotning me’yoriy va haqiqiy tannarxi;
 to‘g‘ri va egri harajatlar;
 chegaralangan foyda;
 foydalilik nuqtasi;
 narx chegirmalari.
Tashqi sharoitlarning rivojlanishini tavsiflaydigan materiallar, avvalo, shu bilan qimmatliki, ular bozor holati, uning infrastrukturasi, haridorlar va vositachilarning xatti-harakatlari, ta’minotchilar, raqobatchilar, shuningdek, davlat tomonidan tartiblashtirish chora-tadbirlari va hokazolar haqidagi axborotlarni beradi. Bu yerda quyidagi harakterdagi yo‘nalishlar kuzatiladi:
 tashqi muhit monitoringi (kon’yunktura, jarayonlar va tendensiyalarni o‘rganish);
 muhitdan nusxa olish (mavjud axborotlarni olish);
 muhitni prognozlash (rivojlanish istiqbollarini baholash).
Monitoring deb aniq belgilangan, tor doiradagi ma’lumotlarni doimiy to‘plash, izlash tizimiga aytiladi. Monitoring ommaviy axborot vositalarini o‘rganishda eng ko‘p tarqalgan. Ko‘pincha monitoring ob’ekti bo‘lib reklama va, birinchi navbatda, uning radio va, ayniqsa, televideniye kabi vositalari hisoblanadi.
Quyida batafsil yoritiladigan marketing tadqiqotlari bozor rivojlanishining tendensiyalari va jarayonlari, uning sig‘imi, sotilishlar dinamikasi, raqobatchilarning xatti-harakatlari, shuningdek, iste’molchilar xatti-harakatlarining sabablari, mahsulotning raqobatbardoshligi, rag‘batlantirish va reklamaning samaradorligi, taqsimlash kanallari va boshqalarga nisbatan qo‘llanadi.
Yig‘ilgan marketing axborotiga ishlov berish maqsadida tegishli dastur asosida analitik marketing tizimi yaratiladi. U ma’lumotlar banki va modellar bankini o‘z ichiga oladi. Prognozlash jarayonlarining tahlilini o‘tkazishda o‘rtacha miqdorlar, guruhlashlar, trendlar, regression va korrelyatsion usullar, omilli va klasterli tahlil, qarorlarni qabul qilish nazariyasi usullari, jarayonlarni o‘rganish usullari, evristik usullar va shu kabi boshqa iqtisodiystatistik va iqtisodiymatematik usullar qo‘llanadi.
Hosil bo‘lish bosqichlariga qarab marketing axborotini quyidagi ikki turga bo‘ladilar:

Yüklə 207,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə