3 mavzu. Bilimlarni taqdim etish modellari. Mantiqiy modellar. To’rli modellar



Yüklə 222,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü222,38 Kb.
#137892
1   2   3
3-lect

3. Maxsuliy modellar. 
Maxsulotlar freymlar bilan bir qatorda intellektual tizimlarda bilimlarni 
tasvirlashning mashxur vositalari xisoblanadi. Maxsulotlar bir tomondan mantiqiy 
modellarga yaqin bo’lib, maxsuliy chiqarish protseduralarini tashkil etish imkonini 
bersa, boshqa tomondan klassik mantiqiy modellarga qaraganda bilimlarni 
ko’rgazmaliroq tarzda aks ettiradi. Ularda mantiqiy xisoblarga xos bo’lgan qat’iy 
chegaranishlar yo’q. Bu esa maxsulot elementlarini interpretatsiyasini o’zgartirish 
imkonini beradi. Umumiy xolda maxsulot deganda quyidagi ifoda tushuniladi:
(i); Q; P; A=>B; N.
Bu yerda i-maxsulot nomi bo’lib, bu nom yordamida mazkur maxsulot 
maxsulotlar to’plamidan ajratib olinadi. Nom sifatida maxsulotning mazmunini aks 
ettiruvchi qandaydir leksema(masalan, «kitoblar xaridi» yoki «qulfning kodlari 
to’plami») yoki tizim xotirasida saqlanuvchi maxsulotlar to’plamidagi maxsulotning 
tartib raqami olinishi mumkin. 


Q element maxsulotning qo’llanilish sohasini xarakterlaydi. Bunday sohalar 
inson kognitiv strukturalaridan oson ajratiladi. Bizning bilimlarimiz «tayoqchalar 
bo’yicha ajratilgan». Bir «tayoqcha»da ovqatni qanday tayyorlash haqidagi bilimlar 
saqlansa, boshqasida ishga qanday yetib borish haqidagi bilimlar saqlanadi va h.k. 
Bilimlarni aloxida sohalarga ajratish kerakli bilimni izlash vaqtini tejashga imkon 
beradi. Intellektual tizimlarning bilimlar bazasida bunday sohalarga ajratish 
maxsuliy modellarda bilimlarni tasvirlash uchun maqsadga movofiq.
Maxsulotning asosiy elementi uning yadrosi A=>B xisoblanadi. Maxsulot 
yadrosini interpretatsiya qilish => sekventsiya ishorasining chap va o’ng tomonida 
nima turganligiga bog’liq holda turli xil bo’lishi mumkin. Maxsulot yadrosini oddiy 
o’qish quyidagicha ko’rishinda bo’ladi: AGAR A, U XOLDA B. Yadroning 
murakkabroq konstruktsiyalari o’ng tomonda alternativ tanlovlarga ruxsat beradi. 
Masalan, AGAR A, U XOLDA V1, AKS XOLDA V2. Sekventsiya oddiy mantiqiy 
ma’noda A ning rostligidan V kelib chiqishiga o’xshash mantiqiy ishora sifatida 
izoxlanishi mumkin. Maxsulot yadrosini boshqa interpretatsiyalari ham bo’lishi 
mumkin. Masalan, A V xarakatni amalga oshirish uchun kerak bo’ladigan biror bir 
shartni tavsiflashi mumkin.
P element maxsulot yadrosining qo’llanilish sharti xisoblanadi. Odatda P 
mantiqiy ifoda bo’ladi (qoidaga ko’ra predikat). R «rost» qiymat qabul qilganda 
maxsulot yadrosi faollashadi. Agar R yolg’on bo’lsa maxsulot yadrosini ishlatib 
bo’lmaydi.
N element maxsulotning keyingi shartini tavsiflaydi. Ular faqat maxsulot 
yadrosi amalga oshgandagina aktuallashtiriladi. Maxsulot keyingi sharti V ni amalga 
oshirgandan keyin bajarish kerak bo’ladigan xarakat va protseduralarni tavsiflaydi. 
Masalan, magazinda biror maxsulot xarid qilingandan keyin maxsulotlar ro’yxatidan 
shunday turdagi maxsulotning sonini bittaga kamaytirish kerak.
Agar tizim xotirasida qandaydir maxsulotlar to’plami saqlansa, u xolda ular 
maxsulotlar tizimini tashkil etadi. Maxsulotlar tizimida maxsulotlarni boshqarish 
uchun maxsus protseduralar berilgan bo’lishi kerak. Bu protseduralar yordamida 
maxsulotlarni aktuallashtirish va aktuallashgan maxsulotlar orasidan u yoki bu 
maxsulotni bajarish uchun tanlash amalga oshiriladi. 
Bir qator intellektual tizimlarda bilimlarni tasvirlashning to’rli va maxsuliy 
modellarining kombinatsiyasi ishlatiladi. Bunday modellarda deklarativ bilimlar 
modelning to’rli komponentida, protsedurali bilimlar maxsuliy komponentida 
tavsiflanadi. Bunday xolda semantik to’r ustidan maxsuliy tizimning ishlashi haqida 
gapirishadi. 

Yüklə 222,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə