3 mavzu. Bilimlarni taqdim etish modellari. Mantiqiy modellar. To’rli modellar



Yüklə 222,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü222,38 Kb.
#137892
  1   2   3
3-lect



3 - MAVZU. BILIMLARNI TAQDIM ETISH MODELLARI. 
1.
 
Mantiqiy modellar. 
2.
 
To’rli modellar. 
3.
 
Maxsuliy(produktsionnыe) modellar. 
Tayanch iboralar: predmet soha, mazmun(mohiyat), mulohaza(fikr), 
predikatlar hisobi, mantiqiy modellar, to’rli modellar, semantik modellar, 
maxsuliy modellar denotativ semantika, konnotativ semantika, denotat, 
maxsulotning oldingi sharti, stsenariy, metatushunish, lokutsiya, illokutsiya, 
perlokutsiya. 
1. Mantiqiy modellar. 
Har qanday masalaning qo’yilishi va yechimi har doim uning mos predmet 
sohaga mos kelishi bilan bog’liq. Metall kesuvchi stanokning detallarni qayta ishlash 
jadvalini tuzish masalasini yechar ekanmiz, biz predmet sohaga stanoklar, detallar, 
vaqt oralig’i kabi bir qancha ob’ektlarni va «stanok», «detall», «stanok turi» kabi 
umumiy tushunchalarni jalb qilamiz. Masalani yechish uchun kerak bo’ladigan 
axborotlarni tushunishning umumiy asosini tashkil etadigan barcha predmet va 
hodisalar predmet soha deyiladi. Mazmunan predmet soha real va abstrakt 
ob’ektlardan tashkil topgan mohiyatni ifodalaydi. Predmet sohaning mohiyati bir-
biri bilan muayyan munosabatda turadi. Mohiyatlar orasida o’xshash munosabatlar 
kuzatiladi. Bunga o’xshash mohiyatlarning majmuasi predmet sohaning yangi 
mohiyati hisoblangan mohiyatlar sinfini tashkil etadi. 
Mohiyatlar orasidagi munosabatlar mulohazalar yordamida ifodalanadi. 
Mulohaza - ko’rsatilgan mohiyatlarda o’ringa ega bo’lgan yoki bo’lmagan xayoliy 
mumkin bo’lgan vaziyat. Tilda (formal yoki tabiiy) mulohazalarga gaplar javob 
beradi. Mulohaza va gapni ham mohiyat deb qarash va uni predmet sohaga qo’shish 
mumkin.
Predmet sohalarni tavsiflash uchun mo’ljallangan tillar bilimlarni tasvirlash 
tillari deyiladi. Tabiiy til bilimlarni tasvirlashning universal tili hisoblanadi. Lekin 
tabiiy tilni mashinada bilimlarni tasvirash uchun qo’llashda ularning 
nomuntazamligi, ikkima’noliligi va h.k. ko’ra ko’p qiyinchiliklarga duch keladi. 
Asosiy to’siq tabiiy tilda formal semantikaning mavjud emasligidadir. Matematik 
bilimlarni tasvirlashda matematik mantiqda qadimdan mantiqiy formalizmlardan - 
asosan aniq formal semantika va operatsion ko’makka ega predikatlar hisobidan 
foydalaniladi. SHuning uchun prdikatlar hisobi birinchi mantiqiy til bo’lgan. Bu tilni 
amaliy masalalarni yechish bilan bog’liq bo’lgan predmet sohani formal tavsiflashda 
ishlatishgan. 
Mantiqiy tillarda bajarilgan predmet sohalarni tavsiflash mantiqiy modellar 
deyiladi. 

Yüklə 222,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə