|
Mavzu: sql tilida jadvallar yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish
|
səhifə | 1/3 | tarix | 11.12.2023 | ölçüsü | 279,23 Kb. | | #145378 |
| SQL tilida jadvallar yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish
Mavzu: SQL tilida jadvallar yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish
Ishdan maqsad: predmet soha ma’lumotlar bazasini so‘rovlar orqali yaratishni va so‘rovlar orqali oddiy jarayonlarni bajarishni o‘rganish, hamda ko‘nikmaga ega bo‘lish. Talabalarda DDL komandalaridan foydalanish va shu orqali relyasion MB yaratish ko‘nikmasini hosil qilish.
Masalani qo‘yilishi: Predmet soha ma’lumotlar bazasini SQL so‘rovlari orqali yaratish. Mavjud ob’yektlarni so‘rovlar orqali ma’lumotlar bilan to‘ldirish, o‘zgartirish va keraksiz ma’lumotlarni o‘chirishni ko‘rib chiqish.
Uslubiy ko‘rsatmalar: SQL tilida quyidagi asosiy ma’lumotlar turlari ishlatilib, ularning formatlari har xil MBBT lar uchun farq qilishi mumkin:
INTEGER
|
butun son (odatda 10 tagacha qiymatli raqam va ishora).
|
SMALLINT
|
«qisqa butun» (odatda 5 tagacha qiymatli raqam va ishora).
|
DECIMAL(p,q)
|
o‘nli son, p raqam va ishoradan iborat (0 < p < 16). O‘nli nuqtadan so‘ng raqamlar soni q orqali beriladi (q < p, agar q = 0 bo‘lsa, tashlab yuborilishi mumkin).
|
FLOAT
|
haqiqiy son 15 ta qiymatli raqam va butun darajadan iborat. Daraja MBBT tipi bilan aniqlanadi (masalan, 75 yoki 307).
|
CHAR(n)
|
uzunligi o‘zgarmas, n ga teng bo‘lgan simvolli qator (0 < n < 256).
|
VARCHAR(n)
|
uzunligi o‘zgaruvchi, n simvoldan oshmagan simvolli qator (n > 0 va har xil MBBT larda turlicha, lekin 4096 dan kam emas).
|
DATE
|
maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi sana; sana maydonlari bizning eramizdan oldin bir necha mingyilliklardan boshlanuvchi va bizning eramiz beshinchi-o‘ninchi mingyilligi bilan cheklangan haqiqiy sanalarni o‘z ichiga olishi mumkin.
|
TIME
|
maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi vaqt (ko‘zda tutilgan bo‘yicha hh.mm.ss).
|
DATETIME
|
sana va vaqt kombinatsiyasi.
|
MONEY
|
maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi pul birligi.
|
SQL tili quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
DDL ( Mа’lumоtlаrni Tа’riflаsh Tili ) - ANSI dа ma’lumotlar sxemаsini tа’riflаsh tili, оb’ektlаrni (jаdvаllаr, indekslаr, tаsvirlаr vа hоkаzо) yarаtuvchi buyruqlar to‘plamidan ibоrаt.
Dostları ilə paylaş: |
|
|