3-mavzu karantin tekshiruvida analizlar uchun ko‘chatlardan nuqtali namunalar olish



Yüklə 477,65 Kb.
tarix21.06.2023
ölçüsü477,65 Kb.
#118312
3-mavzu


3-MAVZU KARANTIN TEKSHIRUVIDA ANALIZLAR UCHUN KO‘CHATLARDAN NUQTALI NAMUNALAR OLISH.
Limon ko’chatlari va qalamchalarining infeksion qurishi- “Malsekko” ni aniqlash
Bu kasallik bilan limon, apelsin, greypfrutlar ko’chatlari va qalamchalari po’stloq oralig’i yoki yoriqlari lupa yordamida kuzatilib, u joyda xosil bo’lgan piknidiyalarni aniqlanadi.
Zararlangan novdalar sariq yoki qizg’ish rangga kiradi. Novdalarning qurib qolishi novdaning yuqori uchidan pastga qarab boradi.
Kasallik kuchli ifodalanganda asosiy novdadan kasallik asosiy poyaga o’tadi. Novdalarni ko’ndalang kesib ko’rilganda uning yog’ochlik qismi sariq yoki qizg’ish rangga kirganligini ko’rish mumkin. Bu dog’lar 1 % li nashatir spirti bilan ishlov berilganda yanada yorqin ko’rinadi. Bu belgilarning sekin namayon bo’lishi uchun ikki ,uch yil, tez namayon bo’lishi 2- 3 xaftada ro’y beradi. Ildiz orqali kasallangan o’simliklar tezda qurib qolsa, novda orqali kasallangan daraxtlar uzoq yil davomida qurib boradi. Kasallangan novdalarning barg o’rnida, pustloqning yoriqlarida, novdada, mevada va urug’da zamburug’ piknidiya lari xosil bo’lib, kasallikning infeksiya manbayi bo’lib xizmat qiladi.
ilar ham kasallanadi.

Mevali daraxtlarning ko’chatlarini kuydirgisi kasalligini aniqlash
Olma, nok, bodom, olcha, chereshnya, gilos, shaftoli, olxo’ri, atirgul, maymunjon, o’rik, bexi, xurma, yong’oq, shum tol, siren, tol, jo’ka o’simliklarning ko’chatlari mikroskop yoki lupa yordamida kuzatilganda Erwinia amylovora (Burrill) Com .S.A.B. bakteriyasi bilan kasalllanganlgi ko’rinadi. Bakteriya o’simlikning xamma a’zolarini: bargini, novda sin, gulini ,mevasini kasallantiradi, ayniqsa o’simlik larning gullash fazasida novdalar jigar rangga kirib, so’liydi, qorayib ,barglari buralib ketadi va qurib qoladi (21-rasm). Kasallangan o’simlik novdalari qorayib olovda kuyganga o’xshab qoladi, kasallangan o’simlik dastlab so’liydi va qurib qoladi. Barglar qurisada tushib ketmaydi. O’simlikning kasallangan barglari ,novdalari suv sepilganday suyuqlik bilan qoplanib, keyin butun daraxt tanasini qoplpb oladi. Nam havo sharoitida kasallangan po’stloqlar burishib qo’ng’ir binafsha yoki qoramtir rangga kirib ,yorilib ketadi. Shunday belgilar asosan novdaning uchidan boshlanib, novdalarga va asosiy poyalarga tamon tarqala boshlaydi. Kasallik mevani kasallantirganda ular qora rangga kiradi.



Bu kasallik sitrus ekinlarining barcha yer usti a’zolarida shishlarni xosil qiladi. Kasallangan bargning orqa tamonida mayda yog’lik, suvli, yashil rangdagi dog’lar xosil qiladi (5-rasm). Keyinchalik bu dog’lar bargning yuzasiga tamon ko’tarilib, xlorfil donachalari rangsizlana di, och yashil yoki sariq rangga kiradi. Kasallik barg yuzasiga chiqib bulutsimon xujayralarni xosil qiladi. Dog’larning o’rtasida qora xoshiyali krater shaklidagi botiqlar xosil bo’lib, diametri 3- 4 mm ni tashkil qiladi.
Ayniqsa krater shaklidagi botiqlar mevada xosil bo’lgan dog’larda aniq ifodalangan bo’ladi. Rak dog’lari mevaning mag’ziga zarar yetkazmaydi.
Novdada xosil bo’lgan dog’lar shakli va ranggi bargnikiga o’xshab ketsada, shakli yirikligi bilan ajralib turadi va 15 sm gacha etadi. Kasallangan novdalar qurib qoladi.Bakteriologik analiz uchun limon mevaci yuzasida kraterga o’xshash chuqurlari bo’lgan namunalari tanlab olinadi
Yüklə 477,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə