3-Mavzu Mexnat muxofazasining huquqiy asoslari



Yüklə 20,15 Kb.
səhifə2/3
tarix20.04.2023
ölçüsü20,15 Kb.
#106568
1   2   3
3-мавзу

2. 2.Me’zonlarning turlari.


Shu bugungacha mexnat xavfsizligi me’zonlari 300 dan ortib ketdi va ular quyidagiga me’zon tizimining guruxlariga bo‘linadi.
0 - Mexnat xavfsizligi sohasida mezonlashtirishning tashkiliy va uslubiy asoslarini;
1 - Ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillar buyicha talablar mehzoni;
2 - Asbob va uskunalarga quyiladigan umumiy xavfsizlik talablari mehzoni.
3 - Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan xavfsizligi talablari me’zoni.
4 - Himoya vositalariga quyiladigan xavfsizlik talablari me’zoni.
5 - Bino va inshoatlarga nisbatan xavfsizlik va talablari me’zoni.
1. MXMT - bu inson salomatligi va uning mexnat jarayonidagi xavfsizligini tahminlashga qaratilgan va bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik me’zonlari majmuasidir. Xavfsizlik me’zonalari ishlab chikarish xavfli omillar buyicha talab va me’yorlar o‘rnatiladi va shuningdek ishlab chikarish jarayoniga va qurollariga jami himoya vositalariga xamda mexnat xavfsizlikning aniqlovchi usullarga talablar quyadi.
2. MXMT tarkibida turt xil mehzon mavjud: davlat me’zoni (GOST-DM) soha mehzoni (OST-SM), xududiy mehzon (RST-XM) va korxona mehzoni (STP-KM). Bunday me’zonlar tizimining yaratish oqibatida mehnat xavfsizligiga doir talablarni tartibga keltiradi. Ularning xalqaro me’zonlar tizimi SEV (St SEV 829-77) bilan solishtirish imkoni tug‘iladi. Xalqaro iqtisodiy xamqorlik –XIX doirasida mexnat xavfsizligi buyicha xalqaro me’zonlar tashkil etildi. Xozirga 160 dan ortiq mexnat muxofazasi buyicha XIK me’zonlari ishlab chiqilgan. Shu asosda 1974 yilda birinchi marta texnika xavfsizligi buyicha tuzilgan me’zonni (GOST 12.001-74 MXMT) butun dunyoda qo‘llanilayotgan xalqaro me’zon darajasiga ko‘tarish maqsadida 1982 yilda GOST 12.0.001-82 SSBT ko‘rinishida qayta tuzildi va chop etildi
Mavjud xavfsizlik me’zonlarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish uchun maxsus nazorat komissiyasi tuzilishi kerak bo‘ladi uning boshqaruvida muxandis va texnik xodimlarining joriy qilinadigan me’zonlarni o‘rganish tartibiga va muddati belgilanishi tashkilotni zarur asbob uskunalar va materiallar bilan ta’minlashni xamda texnik xujjat va loyixalarni nazorat qilish kabi tashkiliy ishlar olib boriladi. Tashkiliy ishlar bajarilib, me’zon amalda tadbiq etilgandan keyin, komissiya qilingan ishlar natijasidan kelib chiqqan xolda akt yozib, uni tashkilot rahbarlaridan tasdiqlab olishi lozim. Me’zonlarni joriy kilish va bajarish ustidan davlat nazorati tashkil etilgan va uni Uzbekiston me’zonlar nazorati davlat qo‘mitasi olib beradi. Bu nazorat har besh yilda bir marta tekshiruv o‘tkazib, me’zonlarni to‘g‘ri ishlashini kuzatadi yoki kamchiligini qayd qiladi.
2.3. Mexnat muxofazasini nazorat kiluvchi tashkilotlar
Mexnat muxofazasi buyicha konunlarning bajarilishini nazorat kilib turish kuyidagi davlat tashkilotlariga topshirilgan:
1. Uzbekiston Respublikasi mexnat Vazirligi. Mexnat muxofazasi Davlat texnik nozirligi;
2. Davlat kon texnik nazorati agentligi;
3. Respublika sanepidemiologiya nazorati;
4. Davlat yongin nazorati;
5. Davlat energiya nazorati.
I. Mexnat muxofazasi Davlat texnik nozirligi.
Bular korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi buyicha me’yor va koidalariga rioya kilish, sanoat sanitariyasi va mexnat gigiyenasiga rioya kilish, mexnat konunchiligiga rioya kilish masalalarini nazorat kiladi. Xar bir tarmok uz texnik noziriga ega.
II. Davlat kon texnik nazorati agentligi.
Bu tashkilot bug kozonlarining tugri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk kutarish mashinalari (kutarma kranlar, liftlar), ekskavatorlar, gaz uskunalari magistral kuvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saklash va tashish ishlarini nazorat kiladi.
III. Respublika sanitariya epidemiologiya nazorati - Bu tashkilot xavoni, suvni va tuprokni ifloslanishdan ogoxlantirish, shovkin va titrashni yukotish, sexlarning sanitariya xolatlarini yaxshilash (xarorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va x.k.) ishlarini nazorat kiladi.
IV. Davlat yongin nazorati - bu tashkilot yonginga karshi tadbirlarni, ut uchirish vositalarining xolatini, yongin xakida xabar berish vositalarining ishini nazorat kiladi.
V. Davlat energiya nazorati - bu tashkilot korxonalaridagi energiya sistemalarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi koidalariga rioya kilishni nazorat kiladi.
Xozirgi paytda kupgina sanoat tarmoklari korxonalarida xam uch pogonali nazorat keng joriy kilingan:
I - pogona - xar kuni usta jamoatchi nozir bilan birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chikishadi. Uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini kurishadi.
II – pogona - xar xafta sex boshligi katta jamoatchi nozir bilan birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chikishadi. Uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini kurishadi.
III – pogona - xar oyda bir marta korxona bosh muxandisi mexnat muxofazasi muxandisi bilan birgalikda shu ish joylarini aylanib chikishadi. Bu nazorat buyicha korxonada karor chikariladi.
Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoklarda mexnat muxofazasi konunlari bajarilishining oliy nazorati Uzbekiston Respublikasi Mexnat Vazirligiga yuklatilgan.

Yüklə 20,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə