3-mavzu. Moliyaviy hisobotni taqdim etish 1-son mhxs moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari haqida tushuncha



Yüklə 72,06 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü72,06 Kb.
#142772
3 mavzu


3-mavzu. Moliyaviy hisobotni taqdim etish (1-son MHXS
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari haqida tushuncha
Reja:

  1. Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy qarorlarni qabul qilish.

  2. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organlari tomonidan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (keyingi urinlarda MHXS) rivojlantirish va ularni qayta kо‘rib chiqish tartibi.

  3. Konseptual asosning maqsadi va maqomi).

Ushbu MHXSning maqsadi tadbirkorlik subyektining MHXSlar bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlari va ushbu hisobotlar qamrab olgan davrning bir qismi uchun oraliq moliyaviy hisobotlari:



  1. foydalanuvchilar uchun shaffof va taqdim qilingan barcha davrlar uchun qiyoslanuvchan;

  2. buxgalteriya hisobini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXSlarga) muvofiq yuritish uchun munosib tayanch nuqtasi sifatida xizmat qiladigan;

(v) undan olinadigan nafdan oshmaydigan xarajatlar sarflanib tayyorlanishi mumkin bo‘lgan yuqori sifatli ma’lumotlarni o‘z ichiga olishini ta’minlashdan iboratdir.
Qo‘llash doirasi
Tadbirkorlik subyekti ushbu MHXSni: (a) o‘zining MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida; va (b) u tomonidan MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan davrning bir qismi uchun BHXS 34-“Oraliq moliyaviy hisobotlar” ga muvofiq taqdim qilinadigan hamma oraliq moliyaviy hisobotlariga nisbatan, agar shunday hisobotlari bo‘lsa, qo‘llashi kerak.
Tadbirkorlik subyektining MHXS bo’yicha dastlabki moliyaviy hisobotlari - tadbirkorlik subyekti o‘z moliyaviy hisobotlarining MHXSlarga muvofiqligi to‘g‘risida aniq va shartsiz bildirib, Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlarini qo‘llagan birinchi yillik moliyaviy hisobotlaridir. MHXSlarga muvofiq moliyaviy hisobotlar tadbirkorlik subyektining MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlari hisoblanadi, agar tadbirkorlik subyekti, masalan: (a) oldingi davrlarning eng oxirgisi uchun o‘zining moliyaviy hisobotlarini quyidagilarga muvofiq taqdim etgan bo‘lsa:

  1. MHXSlarga to‘liq bo‘lmagan darajada mos keluvchi milliy talablarga muvofiq;

  2. MHXSlarga barcha jihatdan mos bo‘lgan, lekin tadbirkorlik subyekti moliyaviy hisobotlarda ularning MHXSlarga muvofiqligi to‘g‘risida aniq va shartsiz bildirmagan bo‘lsa;

(iii)MHXSlarning ba’zilariga, biroq hammasiga emas, muvofiqlik to‘g‘risida aniq bildirgan bo‘lsa;
(iv)MHXSlarga mos bo‘lmagan milliy talablarga muvofiq bo‘lib, ushbu hisobotlarda milliy talablar belgilanmagan moddalar ayrim MHXSlar asosida hisobga olingan bo‘lsa; yoki
(v) milliy talablarga muvofiq bo‘lib, ushbu hisobotlardagi ba’zi summalarning MHXSlarga muvofiq aniqlanadigan summalar bilan qiyoslamasi taqdim etilgan bo‘lsa;
(b) moliyaviy hisobotlarni MHXSlarga muvofiq faqat ichki foydalanish uchun tayyorlagan bo‘lsa, va ushbu hisobotlarni tadbirkorlik subyektining egalari va boshqa tashqi foydalanuvchilariga taqdim etilmagan bo‘lsa;
(v) hisobotlar to‘plamini jamlash (konsolidatsiyalash) maqsadida MHXSlarga muvofiq tayyorlagan bo‘lsa-da, lekin bunda (2007-yil tahriridagi) 1-sonli BHXS 1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish”da belgilangan moliyaviy hisobotlarning to‘liq to‘plamini tayyorlamagan bo‘lsa;
Ushbu MHXS tadbirkorlik subyekti MHXSlarni birinchi marta qabul qilganida qo‘llaniladi. U, masalan, quyidagi holatlarda qo‘llanilmaydi:

  1. agar tadbirkorlik subyekti oldin moliyaviy hisobotlarni milliy talablarga ko‘ra taqdim etish bilan birga ularning yana bir to‘plamini MHXSlarga muvofiqlik to‘g‘risida aniq va shartsiz bildirib taqdim etgan bo‘lsa, keyinchalik moliyaviy hisobotlarni milliy talablarga ko‘ra taqdim etishni to‘xtatsa;

  2. agar tadbirkorlik subyekti otgan yil moliyaviy hisobotlarini milliy talablarga ko‘ra taqdim etgan bo‘lsa va ushbu moliyaviy hisobotlarda MHXSlarga muvofiqlik to‘g‘risida aniq va shartsiz bildirgan bo‘lsa;

(v) agar tadbirkorlik subyekti o‘tgan yil moliyaviy hisobotlarida MHXSlarga muvofiqlik to‘g‘risida aniq va shartsiz bildirgan bo‘lsa-da, auditorlar ushbu moliyaviy hisobotlar bo‘yicha tushuntirish paragrafi bilan auditorlik xulosasini bergan bo‘lsa.
Oldingi hisobot davrida MHXSlarni qo‘llagan tadbirkorlik subyekti, uning eng oxirgi yillik moliyaviy hisobotlarida MHXSlarga muvofiqlik to‘g‘risida aniq va shartsiz bildirmagan bo‘lsa, mazkur MHXSni qo‘llashi yoki 8-sonli BHXS “Hisob siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi o‘zgarishlar va xatolar” ni retrospektiv
tarzda, xuddi tadbirkorlik subyekti MHXSlarni qo‘llashni hech qachon
to‘xtatmaganidek, qo‘llashi kerak.
Tadbirkorlik subyekti ushbu MHXSga muvofiq qo‘llamaslikni tanlasa, bunga qaramay, 1-sonli MHXSda belgilangan ma’lumotlarni ochib berish bo‘yicha talablar bilan 8-sonli BHXSdagi ma’lumotlarni ochib berish talablarini qo‘llashi kerak.
MHXSlarni qo‘llovchi tadbirkorlik subyekti tomonidan hisob siyosatlariga kiritiladigan o‘zgarishlarga nisbatan mazkur MHXS qo‘llanilmaydi. Bunday o‘zgarishlarga nisbatan quyidagilar qo‘llaniladi: (a) 8-sonli BHXS “Hisob siyosatlari, hisoblab chiqilgan baholardagi o‘zgarishlar va xatolar” ning hisob siyosatlaridagi o‘zgarishlarga nisbatan talablari; va (b) boshqa MHXSlarning o‘tish davriga oid maxsus talablari;
Tan olish va baholash MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobot;
Tadbirkorlik subyekti MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotni MHXSlarga o‘tish sanasiga tayyorlashi va taqdim etishi kerak. Bu sana buxgalteriya hisobini MHXSlarga muvofiq yuritishning boshlanishi hisoblanadi.
Hisob siyosatlari.Tadbirkorlik subyekti MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotida va uning MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan hamma davrlarda bir xil hisob siyosatlarini qo‘llashi kerak. Ushbu hisob siyosatlari MHXS bo‘yicha birinchi hisobot davrining oxirida kuchga ega hamma MHXSlarga mos kelishi lozim.
Tadbirkorlik subyekti MHXSlarning oldinroq amalda bo‘lgan boshqa tahrirlarini qo‘llamasligi kerak. Tadbirkorlik subyekti qo‘llanilishi hali shart bo‘lmagan yangi MHXSni, mazkur MHXSni muddatidan oldin qo‘llash ruxsat etilganida, qo‘llashi mumkin.
Misol: MHXSlarning eng oxirgi tahririni izchil ravishda qo‘llash Dastlabki ma’lumotlar “A” tadbirkorlik subyektining MHXS bo‘yicha birinchi hisobot davrining oxiri 2015-yil 31-dekabriga to‘g‘ri keladi. “A” tadbirkorlik subyekti ushbu moliyaviy hisobotlaridagi qiyosiy ma’lumotlarni faqat bir yil uchun taqdim qilishga qaror qildi. Shuning uchun, uning MHXSlarga o‘tish sanasi 2014-yilning 1- yanvarida ish kuni boshiga (yoki, ekvivalent ravishda, 2013-yilning 31-dekabrida ish kuni oxiriga) to‘g‘ri keladi. “A” tadbirkorlik subyekti o‘zining moliyaviy hisobotlarini, 31-dekabrda yakunlanadigan va 2014-yil 31-dekabrigacha bo‘lgan (shu jumladan 2014-yilning 31-dekabrini ham o‘z ichiga olgan) har yili uchun uning oldingi Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillariga (BHUTga) muvofiq taqdim etgan.
Talablarni qo‘llash “A” tadbirkorlik subyekti 2015-yilning 31-dekabrida tugaydigan davrlar uchun amalda bo‘lgan (kuchga kirgan) MHXSlarni quyidagilarga nisbatan qo‘llashi lozim: (a) 2014-yilning 1-yanvar holatiga MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotni tayyorlashda va taqdim etishda; va (b) 2015-yil 31-dekabr holatiga moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotni (shuningdek, 2014-yil uchun qiyosiy ma’lumotlarni), 2015-yil 31-dekabrda yakunlangan yil uchun umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobot, kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobotni va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni (shuningdek, 2014-yil uchun qiyosiy ma’lumotlarni) hamda ochib beriladigan ma’lumotlarni (shuningdek, 2014-yil uchun qiyosiy ma’lumotlarni) tayyorlashda va taqdim etishda.
Agar yangi MHXSning qo‘llanishi shart bo‘lmasa, lekin muddatidan oldin qo‘llanishiga ruxsat etilsa, “A” tadbirkorlik subyektiga ushbu MHXSni uning MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida qo‘llash ruxsat etiladi, lekin talab etilmaydi.
Boshqa MHXSlardagi o‘tish davriga oid maxsus talablar MHXSlarni qo‘llovchi tadbirkorlik subyekti tomonidan hisob siyosatlariga kiritiladigan o‘zgarishlarga nisbatan qo‘llaniladi; ular MHXSlarni birinchi marta qo‘llaydigan tadbirkorlik subyektining MHXSlarga o‘tishiga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Tadbirkorlik subyekti MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi
boshlang‘ich hisobotida:

  1. MHXSlar bo‘yicha tan olinishi talab qilingan barcha aktivlar va majburiyatlarni tan olishi kerak;

  2. MHXSlar tan olinishini ruxsat etmaydigan aktiv va majburiyatlarni tan olmasligi kerak;

(v) oldingi BHUTga ko‘ra aktiv, majburiyat yoki kapitalning bitta turi sifatida tan olingan, lekin MHXSlarga muvofiq aktiv, majburiyat yoki kapitalning boshqa turi sifatida tan olingan moddalarni qayta tasniflamasligi kerak;
(g) barcha tan olingan aktivlar va majburiyatlarni baholashda MHXSlarni qo‘llashi kerak.
Tadbirkorlik subyekti MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotida qo‘llaydigan hisob siyosatlari u oldingi BHUT bo‘yicha xuddi shu sanaga qo‘llagan hisob siyosatlaridan farq qilishi mumkin. Buning natijasida yuzaga keluvchi tuzatishlar MHXSlarga o‘tish sanadan oldin ro‘y beruvchi operatsiya va hodisalar natijasida paydo bo‘ladi. Shu bois, tadbirkorlik subyekti ushbu tuzatishlarni MHXSlarga o‘tish sanasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqsimlanmagan foydada (yoki, o‘rinli bo‘lsa, kapitalning boshqa toifasida) tan olishi kerak.
Ushbu MHXS tadbirkorlik subyektining MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisoboti hamma MHXSlarga muvofiq bo‘lishi talabidan ikkita toifadagi mustasno holatlarini belgilaydi:

  1. MHXSlarning ba’zi jihatlarining retrospektiv qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

  2. boshqa MHXSlarning ba’zi talablaridan ozod qiladi.

Boshqa MHXSlarni retrospektiv qo‘llashdan istisnolar. Mazkur MHXS boshqa MHXSlarning ayrim jihatlarini retrospektiv tarzda qo‘llashni ta’qiqlaydi.
Taxminiy baholovlar.Tadbirkorlik subyekti tomonidan MHXSlarga o‘tish sanasida MHXSlarga muvofiq qilingan taxminiy baholovlari ushbu sanada oldingi BHUTlarga muvofiq qilingan taxminiy baholashlariga (hisob siyosatlaridagi farqlarni aks ettirish uchun tuzatishlar kiritilganidan keyin) mos kelishi kerak, agar bu taxminiy baholashlar noto‘g‘ri ekanligiga obyektiv dalil bo‘lmasa.
Tadbirkorlik subyekti oldingi BHUTlar bo‘yicha qilingan taxminiy baholovlarga tegishli ma’lumotlarni MHXSlarga o‘tish sanasidan keyin olishi mumkin.
Tadbirkorlik subyekti bunday ma’lumot olinishini BHXS 10-“Hisobot davridan keyingi hodisalar” ga muvofiq hisobot davridan keyingi tuzatishlar kiritilishini talab qilmaydigan hodisalar kabi hisobga olishi kerak. Masalan, tadbirkorlik subyektining MHXSlarga o‘tish sanasi 2014-yilning 1-yanvari va oldingi BHUTlarga muvofiq 2013-yilning 31-dekabrida qilingan taxminiy baholashning qayta ko‘rib chiqilishini talab etuvchi yangi ma’lumot 2014-yilning 15-iyulida olingan deb faraz qilaylik.
Tadbirkorlik subyekti ushbu yangi ma’lumotni o‘zining MHXSlar bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotida aks ettirmasligi kerak (agar taxminiy baholovlar hisob siyosatlaridagi har qanday farqlar bo‘yicha tuzatishlar kiritilishini talab etmasa yoki taxminiy baholovlar noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatuvchi obyektiv dalillar bo‘lmasa). Aksincha, tadbirkorlik subyekti yangi ma’lumotni 2014- yilning 31-dekabrda yakunlanadigan yil uchun foyda yoki zararda (yoki, o‘rinli bo‘lsa, boshqa umumlashgan daromadda) aks ettirishi kerak.
Tadbirkorlik subyekti tomonidan MHXSlarga o‘tish sanasida oldingi BHUTlarga muvofiq talab qilinmagan taxminiy baholovlar ushbu sanada MHXSlarga muvofiq qilinishi talab etilishi mumkin. 10-sonli BHXSga mos kelish maqsadida, ushbu MHXSlarga muvofiq taxminiy baholovlar MHXSlarga o‘tish sanasida mavjud bo‘lgan shart-sharoitlarni aks ettirishi kerak. Xususan, ushbu MHXSlarga o‘tish sanasida bozor narxlarining, foiz stavkalarining yoki valyuta kurslarining taxminiy baholanishi ushbu sanadagi bozor shart-sharoitlarini aks ettirishi kerak.
MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotiga nisbatan qo‘llaniladi. Shuningdek, ular tadbirkorlik subyektining MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida qamrab olingan qiyoslanadigan davrga nisbatan qo‘llaniladi. Bunda MHXSlarga o‘tish sanasiga havolalar ushbu qiyoslanadigan davr oxiriga havolalar bilan almashtiriladi.
Boshqa MHXSlar talablaridan ozod qiladigan istisnoli holatlar.Tadbirkorlik subyekti bir yoki undan ortiq istisno holatlaridan foydalanishga qaror qilishi mumkin. Tadbirkorlik subyekti ushbu istisnolarni boshqa holatlarning yoki moddalarning ularga o‘xshashligi asosida ushbu holatlar yoki moddalarga nisbatan qo‘llamasligi kerak.
Korxonalarning joriy faoliyati ma’muriyat tomonidan boshqaruv funksiyalarini safarbar qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning natijalari buxgalteriya hisobi tizimida aks ettiriladi. Korxona tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi axborotlar tegishli hisob registrlarida umumlashtiriladi va guruhlangan holda ulardan moliyaviy hisobotlarga o‘tkaziladi.
Ushbu MHXS boshqa MHXSlardagi ma’lumotlarni taqdim etish va ochib berish bo‘yicha talablardan ozod qilmaydi.
Qiyosiy ma’lumotlar.Tadbirkorlik subyektining MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlari kamida uchta moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotni, ikkita foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobotni, ikkita alohida foyda yoki zarar to‘g‘risidagi hisobotni (agar taqdim etsa), ikkita pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot va ikkita kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi MHXS hisobotni hamda tegishli izohlarni, shu jumladan hamma taqdim etadigan hisobotlarga qiyosiy ma’lumotlarni, o‘z ichiga olishi kerak.
MHXSlarga mos kelmaydigan qiyosiy ma’lumotlar va oldingi davrlar uchun umumlashtirilgan ma’lumotlar. Ba’zi tadbirkorlik subyektlari ular MHXSlarga muvofiq to‘liq qiyosiy ma’lumotlarni taqdim qilishidan oldingi davrlar uchun tanlangan umumlashtirilgan ma’lumotlarni taqdim etadi. Mazkur MHXS ushbu umumlashtirilgan ma’lumotlarning MHXSlarning tan olish va baholash bo‘yicha talablariga mos kelishini talab etmaydi. Bundan tashqari, ba’zi tadbirkorlik subyektlari oldingi BHUTlarga mos qiyosiy ma’lumotlarni hamda 1-sonli BHXSda talab qilingan qiyosiy ma’lumotlarni taqdim etadi. Oldingi davrlar uchun umumlashtirilgan ma’lumotlarni yoki oldingi BHUTlarga mos qiyosiy ma’lumotlarni qamrab olgan har qanday moliyaviy hisobotlar, tadbirkorlik subyekti: (a) oldingi BHUTlarga mos ma’lumotlarni MHXSlarga muvofiq tayyorlanmagan ma’lumotlar deb aniq belgilab qo‘yishi kerak; va (b) ularni MHXSlarga mos keltiruvchi asosiy tuzatishlarning xususiyatini yoritib berishi kerak. Tadbirkorlik subyekti ushbu tuzatishlarning raqamlardagi ifodasini keltirishi shart emas.
MHXSlarga o‘tish bo‘yicha tushuntirishlar.Tadbirkorlik subyekti oldingi BHUTlardan MHXSlarga o‘tish uning hisobotida ko‘rsatilgan moliyaviy holati, faoliyatining moliyaviy natijalari va pul oqimlariga qanday ta’sir ko‘rsatganini tushuntirishi kerak.
MHXSlarni oldingi davrda qo‘llagan tadbirkorlik subyekti quyidagilarni yoritib berishi kerak:
(a) MHXSlarni qo‘llashni nima sababdan to‘xtatganligini;
va (b) MHXSlarni nima sababdan qayta qo‘llashni boshlaganini.
Tadbirkorlik subyekti 1-sonli MHXS qo‘llamaslikka qaror qilganida, u, MHXSlarni ularni qo‘llashni hech qachon to‘xtatmaganidek, qo‘llashga qaror qilgani sabablarini tushuntirishi kerak.
Qiyoslovlar.Tadbirkorlik subyektining MHXS bo‘yicha dastlabki moliyaviy hisobotlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: (a) quyidagi sanalarning ikkalasi uchun ham hisobotlarda oldingi BHUTlarga mos ravishda aks ettirilgan kapital bilan MHXSlar talablariga muvofiq kapital o‘rtasidagi qiyoslovni: (i) MHXSlarga o‘tish sanasi; va (ii) tadbirkorlik subyektining oldingi BHUTlarga mos bo‘lgan oxirgi yillik moliyaviy hisoboti taqdim etilgan eng so‘nggi davrning oxiri. (b) tadbirkorlik subyektining oxirgi yillik moliyaviy hisobotlari qamrab olgan eng so‘nggi davr uchun MHXSlarga muvofiq jami umumlashgan daromadning qiyoslovi. Bunday qiyoslov aynan o‘sha davr uchun oldingi BHUTlarga muvofiq shakllangan jami umumlashgan daromaddan, yoki, tadbirkorlik subyekti bunday jami umumlashgan daromadni oldin hisobotlarda ko‘rsatmagan bo‘lsa, oldingi BHUTlarga muvofiq shakllangan foyda yoki zarardan boshlanishi kerak. (v) agar tadbirkorlik subyektining MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotida qadrsizlanishdan olingan zarar birinchi marta tan olingan yoki qayta tiklangan bo‘lsa, tadbirkorlik subyekti tomonidan MHXSlarga o‘tish sanasidan boshlanadigan davrda ushbu qadrsizlanishdan olingan zarar tan olingan yoki qayta tiklanganida BHXS 36- “Aktivlarning qadrsizlanishi” bilan ochib berilishi talab qilingan ma’lumotlarni.
Moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatni belgilash.Tadbirkorlik subyekti oldin tan olingan moliyaviy aktivni haqqoniy qiymatidagi o‘zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan moliyaviy aktiv sifatida belgilashi mumkin. Tadbirkorlik subyekti bunday belgilangan moliyaviy aktivlarning belgilash sanasidagi haqqoniy qiymatini hamda oldingi moliyaviy hisobotlardagi tasniflanishi va balans qiymatini ochib berishi kerak.
Tadbirkorlik subyekti oldin tan olingan moliyaviy majburiyatni haqqoniy qiymatidagi o‘zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan moliyaviy majburiyat sifatida belgilashi mumkin. Tadbirkorlik subyekti bunday belgilangan moliyaviy majburiyatlarning belgilash sanasidagi haqqoniy qiymatini hamda oldingi moliyaviy hisobotlardagi tasniflanishi va balans qiymatini ochib berishi kerak. Haqqoniy qiymatdan shartli tannarx sifatida foydalanish. Agar tadbirkorlik subyekti o‘zining MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotida asosiy vositalarning, investitsion mulkning yoki nomoddiy aktivning haqqoniy qiymatini ularning shartli tannarxi sifatida qabul qilsa (foydalansa) ushbu tadbirkorlik subyekti MHXS bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi boshlang‘ich hisobotining har bir satrida ko‘rsatilgan modda bo‘yicha quyidagilarni o‘zining MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlarida yoritib berishi kerak: (a) ushbu haqqoniy qiymatlarining umumiy summasini; va (b) avvalgi BHUTlar bo‘yicha ko‘rsatilgan balans qiymatlariga tuzatishlarning umumiy summasi.
Oraliq moliyaviy hisobotlar Tadbirkorlik subyekti o‘z oraliq moliyaviy hisobotlarini 34-sonli BHXS ga muvofiq uning MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan davrning bitta qismi uchun taqdim qilganida, u BHXS 34- sonli talablariga qo‘shimcha ravishda quyidagi talablarga rioya qilishi kerak: (a) bunday har bir oraliq moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak, agar tadbirkorlik subyekti oraliq moliyaviy hisobotni oldingi moliyaviy yilning qiyoslanadigan oraliq davri uchun taqdim etilgan bo‘lsa: (i) ushbu qiyoslanuvchi oraliq davr oxiridagi oldingi BHUTlarga mos bo‘lgan kapitalning ushbu sanaga MHXSlarga mos bo‘lgan kapital bilan solishtirmasini; va (ii) MHXSlarga mos bo‘lgan jami umumlashgan daromadning ushbu qiyoslanadigan oraliq davr uchun (joriy va yil boshidan) jami umumlashgan daromad bilan qiyoslashi.
Bunday qiyoslov aynan o‘sha davr uchun oldingi BHUTlarga muvofiq shakllangan jami umumlashgan daromaddan, yoki, tadbirkorlik subyekti bunday jami umumlashgan daromadni oldin hisobotlarda ko‘rsatmagan bo‘lsa, oldingi BHUTlarga muvofiq shakllangan foyda yoki zarardan boshlanishi kerak. (b) (a) bandida talab qilingan qiyoslovlarga qo‘shimcha, tadbirkorlik subyektining MHXS bo‘yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan davrning bitta qismi uchun 34-sonli BHXSga muvofiq birinchi oraliq moliyaviy hisoboti (a) va (b) bandlarida ta’riflangan qiyoslovlarni o‘z ichiga olishi kerak yoki bunday qiyoslovlarni o‘z ichiga olgan chop etilgan boshqa hujjatga havola etishi kerak.
Agar tadbirkorlik subyekti o‘z hisob siyosatlarini o‘zgartirsa yoki ushbu MHXSda belgilangan istisnoli holatlardan foydalanishiga o‘zgartirishlar kiritsa, u bunday har bir oraliq moliyaviy hisobotidagi o‘zgarishlarni tushuntirib berishi va (a) va (b) bandlari bilan talab qilingan solishtirmalarni yangilashi kerak.
34-sonli BHXS oraliq moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar eng oxirgi yillik moliyaviy hisobotlarni ham olishi mumkin degan farazga asoslangan minimal ma’lumotlarni ochib berishni talab etadi. Biroq, 34-sonli BHXS tadbirkorlik subyektidan “joriy oraliq davrni tushunish uchun muhim bo‘lgan har qanday hodisa yoki operatsiyalarni” ham yoritib berishni talab etadi. Shu bois, MHXSlarni birinchi marta qo‘llaydigan tadbirkorlik subyekti o‘zining oldingi BHUTlarga muvofiq bo‘lgan eng oxirgi yillik moliyaviy hisobotlarida joriy oraliq davrini tushunish uchun muhim ma’lumotlarni yoritib bermagan bo‘lsa, uning oraliq moliyaviy hisoboti bunday ma’lumotlarni ochib berishi yoki ularni o‘z ichiga olgan boshqa chop etilgan hujjatga havola etishi kerak.
Yüklə 72,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə