Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti



Yüklə 116,33 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü116,33 Kb.
#137569
  1   2   3


DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI
BIZNESNI BOSHQARISH YO`NALISHI 4BB-22 GURUHI TALABASI
BO’TAYEVANVARNING
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN IQTISODIY O`SISH, TA`LIM SIFATINI YAXSHILASH, DAVLAT TA`MINOTI, PROGRESSIV SOLIQ STAVKALARI VA ENG KAM OYLIK ISH HAQINING AMAL QILISH SIYOSATLARI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI


Tayyorlovchi: A.Bo’tayev
Qabul qiluvchi: N.Eshqobilova


Denov-2022

Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi rivojining muhim tamoyili milliy xo‘jaliklarning baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo‘jaligi va avvalo jahon bozorining shakllanishi va rivojlanishidan iborat. Insoniyat taraqqiyoti uchun ijobiy bo‘lgan bu jarayonga etmish yildan ortiq davr davomida dunyoning ikki qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tizimiga bo‘linganligi salbiy ta’sir ko‘rsatib keldi. Hozir yangi davr boshlandi, dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga mos ravishda O‘zbekiston bilan jahon hamjamiyati mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarning butunlay yangi imkoniyatlari vujudga keldi. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati mamlakatlari o‘rtasidagi har tomonlama aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvi har ikki tomon uchun iqtisodiy va siyosiy jihatdan foydali


hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi, uning milliy xo‘jaligi ko‘p darajada nafaqat bu mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan aniqlanadi.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va mintaqalar xo‘jaliklari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning o‘sib, rivojlanib borishi hisoblanadi.
Jahon xo‘jaligi birdaniga shakllangan tizim emas, u uzoq davrni o‘z ichiga olgan tarixiy jarayon hisoblanadi. Turli mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar dastlab cheklangan turdagi va miqdordagi tovarlar savdosi shaklida kelib chiqib, bu quldorlik va feodalizm davrlarida ham mavjud bo‘lgan. Bunga misol qilib, qadimdan O‘rta Osiyoda joylashgan mamlakatlarning Xindiston, Xitoy, Arab va boshqa mamlakatlar bilan, ikkinchi tomondan esa, Yevropa mamlakatlari bilan “Buyuk ipak yo‘li” orqali olib borgan turli xil savdo-sotiq ishlarini ko‘rsatish mumkin.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Rim imperiyasi davrlarida ham turli xil xalqaro savdolar, ayniqsa, qul savdosi amalga oshirilgan. Lekin u davrda asosan natural ishlab chiqarish xukmron bo‘lib, tovarlar savdosi va iqtisodiy aloqalar juda cheklangan holda bo‘lgan. Keyinchalik tovar ishlab chiqarish va tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, oltinning yagona jahon puli sifatida tan olinishi buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilikning rivojlanishi, xalqaro mehnat taqsimotining kuchayishi jahon bozorining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ilmiy texnika taraqqiyotining jadallashuvi, globallashuv jarayonlarining kuchayishi kabi qator omillar turli mamlakatlar iqtisodiyotini bir-biri bilan bog‘liq holda rivojlanishga va asta-sekinlik bilan jahon iqtisodiyoti tizimiga birlashishiga turtki bo‘ldi.
Ayniqsa, hozirgi davrda umumjahon muammolari: sovuq urushning oldini olish va tinchlikni ta’minlash; ekologik buzilishning oldini olish; cheklangan energiya va yoqilg‘i manbalaridan samarali foydalanish; energiyaning yangi manbalarini topish (masalan, quyosh energiyasidan foydalanish); rivojlangan va
kam taraqqiy etgan mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyat va keskinlikni yumshatish; xalqaro terrorizmga va giyohvandlikka qarshi kurashish kabi muammolarni birgalikda hal qilish masalasi milliy xo‘jaliklarni jahon xo‘jaligiga birlashishni zarur qilib qo‘ymoqda. Jahon xo‘jaligining asta-sekinlik bilan shakllanishini, uning rivojlanish bosqichlarini ko‘rib chiqqanda yanada ravshanroq ko‘rinadi.
Bu masalada ham iqtisodiy adabiyotlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Ularning ayrimlarida jahon xo‘jaligining rivojlanishini 5 bosqich deb, ayrimlarida esa 4 bosqich deb beriladi. Masalan, E.F.Borisov jahon xo‘jaligi shakllanishining to‘rtta bosqichini ajratib ko‘rsatadi. Biz misol tariqasida ushbu bosqichlarni bayon qilamiz.

Yüklə 116,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə