Ichki audit asoslari Reja



Yüklə 279 Kb.
səhifə1/5
tarix10.06.2023
ölçüsü279 Kb.
#116505
  1   2   3   4   5
11. ichki audit l


Ichki audit asoslari


Reja:
1.1. Ichki audit tushunchasi, mohiyati va zarurati
1.2. Rivojlangan xorijiy davlatlarning ichki audit tajribasi va undan O‘zbekiston iqtisodiyotida foydalanish imkoniyatlari.
1.3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ichki audit xizmatini tashkil etishning hozirgi holati va uning me’yoriy-huquqiy asoslarini rivojlantirish.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning rahbar xodimlari va xizmatchilari yuqori saviyadagi kasbiy tayyorgarlikka, iqtisodiy huquqiy bilimga, tajribaga ega bo‘lishlari lozim.
Mustaqillikka erishganimizdan beri Respublikamizda ko‘pgina ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar olib borildi va bugungi kunda takomillashtirilmoqda. Bu islohotlar natijasida bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos huquqiy baza yaratildi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiyotimizni barcha sohalarda samarali faoliyat yuritishlari uchun qulay muhit barpo etildi.
Ushbu yutuqlarga erishishning asosini mamlakatimizda iqtisodiy sohada izchillik bilan olib borilayotgan islohotlar natijasi deb qarash maqsadga muvofiqdir. Respublikada buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirish, isloh qilish, bevosita uni bozor munosabatlariga o‘tishi bilan uzviy bog‘liqdir. Buxgalteriya hisobi va audit sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni tobora rivojlantirish bundan buyon ham chuqur davom ettirilishini ta’minlash shartdir va bu o‘z navbatida qator iqtisodiy muammolarni hal etish imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobi va auditni ilmiy va amaliy jihatdan isloh qilishdan asosiy maqsad milliy va xorijiy mutaxassislarni hisob siyosati va hisobot axborotini tushunishlaridagi farqni bartaraf qilish, buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi milliy me’yoriy hujjatlar tizimini yaratish, moliyaviy va boshqaruv hisobining yagona konsepsiyasini yaratish, auditorlik nazoratini jahon talablari darajasiga ko‘tarish va ularni milliy iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatlari va talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqish va tadbiq etish zaruriyatidan iboratdir.
Auditorlik tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1970-yillarning boshida auditning xalqaro andozalari yaratila boshlandi. Dastlab, quyidagi sohalarida faoliyat ko‘rsatishgan:
- buxgalteriya hisobini yurituvchi, hisobotlarni tuzuvchi va shu sohada maslahat xizmatini ko‘rsatuvchi faoliyat;
- moliyaviy hisobotlar ishonchliligini, nazoratini ta’minlovchi, hisobvaraqalar bo‘yicha komissarlar.
Auditor xizmatiga bo‘lgan ehtiyoj o‘sha davrda quyidagi:
- ma’muriyat tomonidan ob’ektiv bo‘lmagan axborotlarni berilishi mumkinligi (korxona egalariga, investorlarga, kreditorlarga);
- qabul qilinadigan qarorlarning natijasi axborotning sifatiga bog‘liqligi;
- axborotni tekshirish uchun maxsus bilimlarning zarurligi kabi shart-sharoitlar sababli paydo bo‘ldi.
Bu shart-sharoitlar mustaqil ekspertlar xizmatiga bo‘lgan jamoa ehtiyojining paydo bo‘lishiga olib keldi. SHu mustaqil ekspertlardan maxsus tayyorgarlikka, malakasiga, tajribaga va shu turdagi xizmatni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lishi talab qilinar edi. Auditorlik xizmati bu vositachilik xizmati bo‘lib, u moliyaviy axborotni haqiqiyligini tasdiqlashdir.
Haqiqiy axborotning mavjudligi moliyaviy hisobning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi hamda turli tuman iqtisodiy qarorlarning natijalarini baholash imkoniyatini beradi.
Auditorlik faoliyati asosan–buxgalteriya (moliyaviy) hisobotini mustaqil eskpertiza qilish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati bo‘lib, u qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq holda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati ishonchliligi to‘g‘risida auditorlik xulosasi berish, shuningdek, uning moliyaviy barqarorligi to‘g‘risidagi fikrni ifodalash maqsadida yuritiladi.
SHuningdek, auditor tekshiruvini majburiy bo‘lmagan hollarda ham o‘tkazish ahamiyatga ega bo‘lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, kredit muassasalari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari mulki, pul mablag‘larini ishlatish, tijorat operasiyalarini va investitsiyalarni jalb qilinishi buyicha shartnomaviy munosabatlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bu munosabatlarning ishonchliligi albatta moliyaviy axborotlardan foydalanish imkoniyati bilan bog‘lik bo‘lib, axborotning aniqligini mustaqil auditorlar tasdiqlaydi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda auditorlik faoliyati shakllanish jarayonida bo‘lib, 2000 yil 26 mayda “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilinishi mamlakatda auditorlik faoliyatining birinchi guruhi sifatida uning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Respublikada auditning rivojlanish bosqichlari jahon amaliyoti tajribasidan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.
Audit fani xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni ta’sis etishda va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan hisobot, moliya va tahlilning uslubiy tomonlarini o‘rgatadi.
Xususan, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash, foydalanilayotgan iqtisodiy imkoniyatlarni qidirib topish, ularni ishlab chiqarishga jalb etish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar raqobatbardoshlik darajasini oshirish, xo‘jalik faoliyatini saqlash kabi uslubiy tomonlar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, audit fani xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy hisobotlarni rasmiylashtirishni tashkil etish, mavjud barcha resurslardan foydalanish, samaradorlikka erishish yo‘larini aniqlash, tadbirkorlik va ishbilarmonlik faoliyatiga baho berish kabi masalalar echimini ham o‘rgatadi.
Umuman olganda menedjerlar uchun marketing tashkilotlari oldida turgan muommolar echimini o‘rganishda bu fan qo‘l keladi. CHunki, bunda mulkka nisbatan egalik hissini talab qiladi hamda manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan hisobotlarni audit tekshiruvidan o‘tkazish majburiyat tusiga kiradiki, shu jihatdan audit xizmatiga zaruriyat paydo bo‘ladi.
Auditning quyidagi shakllari mavjud:
- operasion audit barcha xo‘jalik operasiyalar va jarayonlari to‘liq aniqlanib, ularning ish samaradorligiga va unumdorligiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi;
- moliyaviy hisobotlar auditida bunday tekshiruvlar moliya va buxgalteriya xodimlari tomonidan o‘tkazilib, asosan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning to‘lov qobiliyati, moliyaviy natijalarning, hisobotlarning qanchalik darajada to‘g‘ri aks ettirilishini o‘rganadi.
Audit ikki turga ya’ni, ichki va tashqi auditga bo‘linadi. Ichki audit ham o‘z o‘rnida ikki turga: boshqaruv auditi va ishlab chiqarish auditiga bo‘linadi. Ushbu bosqichlarning asosiy negizi tashqi auditning rivojlanish tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ichki audit tizimini tashkil etish jarayonning yakuniy bo‘g‘ini deb aytishimiz mumkin. Ichki audit tushunchasi haqida bir qancha olimlar o‘z fikr va mulohazalarini keltirib o‘tganlar. Jumladan:
“Ichki audit – korxona tomonidan uning o‘z faoliyatini tekshirish va baholash maqsadida tashkil etilgan xizmatidir”1-deb, ta’rif beradi Xalqaro Ichki Auditorlar instituti.
V.V.Bursevning ta’rificha: “ichki audit - bu ichki hujjatlar asosida boshqaruv tizimidagi va tashkilot faoliyatidagi turli bo‘g‘inlar nazoratini olib boruvchi maxsus tizim bo‘lib, uning maqsadi boshqaruv tizimiga yordam berishdan iboratdir” 2deb ta’kidlaydi.
A.M.Bogomolov va N.A.Goloщapovlar esa: “ichki audit umumiy auditning negizidan iborat bo‘lib, mulkdorlar huquqini himoya qiluvchi tizim sifatida tashkil etilgan hamda uning faoliyati buxgalteriya hisobi mulkning saqlanishi va ichki nazoratning ishonchliligi hujjatlarga asosan degan g‘oyani ilgari surdilar”3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2006 yil 27 sentyabrdagi PQ – 475 – sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2006 yil 16 oktyabrdagi 215 – sonli qaroriga muvofiq, aktivlarning balans qiymati 1 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan korxonalarda ichki auditni tashkil etish tartibini belgilash maqsadida qabul qilingan “Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘grisida Nizom”ga ko‘ra: “Ichki audit – korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo‘li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirishning to‘liqliligi va ishonchliligini ta’minlash, xo‘jalik operasiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarning saqlanishi hamda korporativ boshqarish prinsiplari joriy etilishi bo‘yicha korxona tarkibiy bo‘linmasining (ichki audit xizmati) faoliyati tushuniladi”4.
Z.T. Mamatovning yozishicha, “ichki auditorlar tashkilot, firma, kompaniya va shu kabilarning boshqaruv faoliyatini mustaqil ekspert sifatida baholaydi. Ular tahlil, baholash natijalarini, o‘zlari tekshiradigan tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni, o‘z tavsiyalari va maslahatlarini boshqaruvni amalga oshirayotgan bosh firmaga taqdim etadilar”5 deb ta’rif berishgan.
E’tibor qilib qaralsa, yuqorida iqtisodchi olimlar tomonidan ichki audit tushunchasiga berilgan ta’riflar ularning hozirgi kundagi mohiyatini to‘liq ifoda etmaydi.
Fikrimizcha, ichki auditga quyidagicha ta’rif berilishini o‘rinli deb hisoblaymiz: “Ichki audit – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘zida mukammal bilimga ega bo‘lgan xodimlari tomonidan tashkil qilingan maxsus faoliyat turi bo‘lib, mulkdorlar huquqini himoya qiluvchi tizim sifatida tashkil etilgan, boshqaruv tizimidagi bo‘g‘inlar nazoratini olib boruvchi hamda boshqaruv tizimiga yordam beruvchi tizimdir.”. Bu faoliyat turining xususiyati shundaki, ichki auditorlar korxona rahbariga bo‘ysunadilar va uning shtatida turadilar.
Ichki auditorlar avvalambor, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshi bilishlari, bundan tashqari buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, huquqshunoslik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mukammal bilim egasi bo‘lishlari lozim. Ular xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati yo‘nalishining barcha bo‘g‘inlarini tekshirish bilan shug‘ullanib, joylarda me’yoriy ko‘rsatkichlar va harakatdagi qonun talablaridan chetga chiqishlarning yuzaga kelish sabablarini, bo‘g‘inlardagi zaif joylarni aniqlaydilar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini yaxshilash imkonini beruvchi imkoniyatlarni qidirib topadilar. Ichki auditning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun ahamiyatli tomonlaridan biri u rahbariyatni boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlab turadi.
SHuni ta’kidlash lozimki, ichki audit tashqi audit paydo bo‘lgandan keyin paydo bo‘ldi va ayniqsa, sistemali yo‘naltirilgan audit rivojlanishi bilan zaruriy bo‘ldi. Ushbu zaruriyat shu narsa bilan bog‘langanki, ichki auditning asosida ichki nazorat tizimini takomillashtirish, uni zaruriy darajada ushlab turish amalga oshiriladi, bu esa tashqi auditni o‘tkazishda ko‘proq darajada ichki nazorat tizimiga tayanish auditorlik tavakkalchiligini pasaytirish imkonini beradi.
Respublikamizning bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsata oladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki auditni shakllantirish katta ahamiyatga ega. CHunki, ichki audit o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini umumlashtiradi va bu xususda axborotni xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga taqdim etadi. Biz bilamizki, har qanday ishlab chiqarishda kamchiliksiz ish bo‘lmaydi yuzaga kelgan xato va kamchiliklarni bizga ichki audit xizmati tekshiruvi ochib beradi.. SHunday ekan har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari o‘z xato va kamchiliklarini o‘zlari ko‘ra bilib tuzatishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatlarini takomillashtirish va rivojlantirishga olib keladi.
Keltirilgan fikr-mulohazalarga asosan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki auditni tashkil etishni quyidagi 1.1-rasmda keltiramiz.






Yüklə 279 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə