Ichki audit asoslari Reja


Rivojlangan davlatlarda ichki auditning qo‘llanilish tajribasi va undan O‘zbekiston iqtisodiyotida foydalanish imkoniyatlari



Yüklə 279 Kb.
səhifə4/5
tarix10.06.2023
ölçüsü279 Kb.
#116505
1   2   3   4   5
11. ichki audit l

1.2. Rivojlangan davlatlarda ichki auditning qo‘llanilish tajribasi va undan O‘zbekiston iqtisodiyotida foydalanish imkoniyatlari

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida audit uzoq davrlardan beri mavjud bo‘lib, bu tushuncha turlicha yoritiladi. Ayrim manbalarga ko‘ra buxgalter-auditor kasbi XVII asrning o‘rtalarida Evropaning aksiyadorlik kompaniyalarida aksiyadorlar, kreditorlar va soliq xizmati xodimlari o‘rtasidagi munozarali masalalarni hal qilib berish zarurati tufayli shakllana boshlagan. O‘sha paytlarda mustaqil faoliyat ko‘rsatib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish moliya faoliyati to‘g‘risida aniq xulosa beradigan mutaxassislarga ehtiyoj kuchaygan.


Natijada, 1862 yili Angliyada, 1867 yili Fransiyada, 1937 yili esa AQSHda majburiy audit to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. Hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o‘zining tashkiliy huquqiy infratuzilmalariga ega bo‘lgan audit institutlari faoliyat ko‘rsatmoqda8.
Auditorlik kasbi turli xil mamlakatlarda turlicha nomlanib kelingan. Masalan, Amerikada jamoatchi-buxgalter, Fransiyada buxgalter ekspert yoki schyotlar bo‘yicha komissar, Germaniyada xo‘jalik nazoratchisi, yoki kitoblar (Das Buch) nazoratchisi, qator anglo-saksoniya mamlakatlarida kompaniyaning moliyaviy faoliyatini nazorat qiladigan taftishchi kabilar.
Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga 1929-1933 yillarda jahon iqtisodiy tanazzuli katta turtki bo‘ldi. Bu davrda aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ko‘pchiligi inqirozga yuz tutdilar. Natijada hisobotlarni, xususan, balans, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarini tasdiqlash tartibini qat’iy belgilash, ularning to‘g‘riligi va haqqoniyligini mustaqil auditorlar tomonidan tekshirish ehtiyoji yuzaga kelgan9 .
Audit XIX asr o‘rtalarida SHotlandiyada ham vujudga kela boshlagan. Ingliz temiryo‘lchilari, sug‘urta va boshqa investorlar SHimoliy Amerikaga yo‘l olishganida ular bilan birga yirik ingliz sarmoyador (kreditor)larining manfaatlarini himoya qiladigan mustaqil taftishchi-auditorlar ham birga borganlar.
1844 yilda Angliyada aksiyadorlik kompaniyalarining buxgalteriya schyotlarini, aksiyadorlarga beriladigan hisobotlarni yiliga kamida bir marta mustaqil buxgalterlar tekshiruvidan majburiy o‘tkazilishini talab qiladigan qonunlar chiqarilgan.
Dastlab auditorlik vazifalari aniq belgilanmagan bo‘lib, barcha investorlar, aksiyadorlar, kreditorlar auditorlarni o‘zlarining himoyachisi sifatida qabul qilganlar.
Auditorlar haqida ularni aksiyadorlar oldidagi mas’ul shaxslar deb qarash 1929 yilda «Kompaniyalar to‘g‘risidagi qonun» chiqarilishi bilan o‘zgardi. Ushbu qonunga muvofiq barcha kompaniyalar o‘zlarining moliyaviy hisobotlarida foyda va zararlarni majburiy ravishda ko‘rsatishlari belgilab qo‘yildi. Auditorlik faoliyati haqida gap borar ekan, uni ikki ichki va tashqi audit turlariga bo‘linishini ta’kidlab o‘tish lozim. Biz olib borayotgan tadqiqot ishimizda asosan ichki audit haqida to‘xtalamiz. CHunki, ichki auditorlar ishlab chiqarishning ichida bo‘lib, ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi, rentabellik, tejamkorlik, maqbul rejimga rioya qilish va ko‘rsatiladigan xizmatlarning yuqori sifatliligi ustidan doimiy nazoratda bo‘lish imkoniga egadirlar.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ichki auditning huquqiy-me’yoriy, ilmiy-uslubiy bazasi shakllangan bo‘lib, bunday nazorat shakli AQSHda, XX asrning 30 - yillarida yuzaga kelgan bo‘lib, keyinchalik G‘arbiy Evropa va YAponiyaga keng tarqalgan. SHuningdek, hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda buxgalter auditor kasbini egallamoqchi bo‘lgan kishilarga uzoq yillar davomida o‘qish va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi.
YUqorida aytib o‘tilganidek, auditorlar dastlab ayrim moliyaviy hisobotlarni ishonchliligini nazorat qilish bilan shug‘ullangan bo‘lsalar, hozirgi vaqtda ichki auditorlarning funksiyalari, ko‘p hollarda o‘z xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining moliyaviy hisobotlarini tekshirish doirasidan chetga chiqadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy siyosati va boshqaruv masalalari ko‘p qatnashadigan ichki auditorlar yuqori mutaxassis bo‘lib, katta vakolatlarga ega. Ularning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
- operasion audit – boshqaruv masalalari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning turli tarkibiy bo‘linmalariga maslahat berish kabi faoliyat (marketing xizmatlari yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tarkibiy tuzilmasini baholash);
- muvofiqlik auditi - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bo‘linmalari faoliyati, ma’muriyati va zarur bo‘lganda yuqori organlar tomonidan belgilangan yoki qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiqligini tekshirishdan iborat. Bularga misol qilib, shartnomalarni yuridik talablar nuqtai nazaridan tekshirish, baholash, tavakkalchiliklarni kamaytirishlar kiradi.
Ichki auditorlar professional tashkilotlari AQSHda 1941 yilda tashkil etilgan bo‘lib, har bir ichki auditorning va umuman auditorlik kasbini yuksaltirish uchun katta tashkiliy ishlarni amalga oshirdi. Uning ichki auditorlar instituti – IAI (IIA – Institute of internal Auditors) faoliyatlari quyidagi:
- ichki auditorlarning umumkasbiy bilimlarining o‘ta yuqori bo‘lishi;
- professionallikni uzluksiz amaliy va nazariy rivojlantirish dasturiga ega bo‘lishi;
- iqtisodiy kodekslarni har tomonlama mukammal bilishi;
- professional me’yorlardan chiqmagan holda unga amal qilishi;
- sertifikasiyalash dasturida berilgan qoidalarni to‘liq o‘zlashtirishdan iborat.
AQSH ichki auditorlar instituti auditorlik kasbini taqdim etish zaruriyati, umumta’lim faoliyatini ta’minlash va ichki audit kasbiy mahorat amaliyoti me’yorlarini ta’minlash munosabati bilan tashkil etilgan. AQSH ichki auditorlar instituti auditorlarini professional dunyosida obro‘li deb tan olinadi va boshqaruv sohasida ishlaydigan 35 mingdan ortiq a’zoga egadir. SHuningdek, buxgalter-auditorlarning professional tashkilotlari jahonning ko‘p mamlakatlarida tuzilgan. Jumladan, Buyuk Britaniya, Angliya va UELS mamlakatlarida - mustaqil buxgalterlar instituti tashkil qilingan bo‘lsa, AQSHda diplomli va diplomsiz jamoatchi buxgalterlarning-buxgalter-auditorlar jamiyati, Germaniyada-Auditorlar palatasi va Auditorlar instituti faoliyat ko‘rsatmoqda.
AQSHdagi mavjud bo‘limlaridan tashqari Avstraliya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Isroil, Malayziya, YAngi Zelandiya, XXR, SHimoliy Irlandiya, Fransiya, Janubiy Afrika va YAponiyada ham milliy institutlariga ega.
SHu o‘rinda aytib o‘tish joizki, barcha auditorlik firmalari, xizmatlari o‘z faoliyatlarida “Xalqaro audit normalari va qo‘shimcha ishlar Nizomi” dan foydalanadilar. Xalqaro audit normalari 29 normativlardan iborat bo‘lib, unga yana 4 ta qo‘shimcha normativlar ham kiritilgan.
Ushbu normalar barcha biznes turlaridagi hamda davlat faoliyatining turli darajalaridagi tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatadigan barcha auditorlarga mo‘ljallangan. Auditorlar jamiyat va biznesda ro‘y berayotgan, uzluksiz o‘zgarishlarga moslashish lozimligi munosabati bilan ushbu normalar vaqti-vaqti bilan ichki auditorlar ehtiyoj sezayotgan, o‘zgarishlarni aks ettirish maqsadida qayta ko‘rib chiqiladi.
Normalar ichki audit faoliyatidagi:
- auditorlik faoliyati olib borilayotgan ob’ektdan ichki audit bo‘linmasining mustaqilligi va ichki auditorlarning ob’ektivligi;
- ichki auditorlar professionalizmi va professional ehtiyotkorlikka rioya etish;
- ichki audit bajaradigan ishlar hajmi va sifati;
- ichki auditor funksiyalari va majburiyatlari;
-ichki auditor bo‘linmasini boshqarish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
SHuningdek, AQSHda tasdiqlangan “55-sonli auditorlik standarti” tekshiriladigan sub’ekt ichki nazorati tuzilmasini tasvirlaydi10. Standartning aniqlanishicha, ichki nazorat tuzilmasi: nazorat muhiti, hisob tizimi va nazorat amallaridan tashkil topadi.
Nazorat muhiti. Turli nazorat amallarini ishlab chiqish va samaradorligini oshirishga qaratilgan turli omillarning o‘zaro hamkorligi natijasidir. Nazorat muhiti nazoratni tashkil etish, unga rioya qilish va mustahkamlash ishlari bo‘yicha kompaniya oliy rahbariyati, menejdment va mulkdorlar o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarni namoyon etadi.
Hisob tizimi xo‘jalik operasiyalari natijalari bo‘yicha hisobotni aniqlash, to‘plash, tahlil etish, tasniflash, qayddan o‘tkazish va tuzish hamda kompaniya aktivlari va majburiyatlari ustidan nazoratni ta’minlash uchun mo‘ljallangan hisob qaydnomalari va usullarga asoslangan. Har qanday hisob tizimi tarkibida xo‘jalik operasiyalarini identifikasiyalash (bir-biriga o‘xshatish), to‘plash, tasniflash, tahlil qilish va aks ettirish uchun qo‘llaniladigan amallarni ajratib ko‘rsatish mumkin
Nazorat jarayonlari shunday amallarni namoyon etadiki, ular korxona oldida turgan asosiy maqsadlariga erishishda zaruriy shaklni ta’minlash uchun nazorat muhiti va hisob tizimiga qo‘shimcha qilib bank rahbariyati tomonidan belgilanadi. Nazorat amallari turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan va turli tashkiliy sharoitlarda va axborotlarni qayta ishlash paytida qo‘llaniladi.
SHu bilan birga AQSHning sertifikasiyalangan ommaviy buxgalterlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan “Attestasiya tekshiruvlarining standarti” ta’kidlashicha, ichki nazorat tuzilmasining real samaradorligining aniq chiqmasligi qator tegishli yo‘l-yo‘riqlarini tushunmaslikdan, vaziyatni noto‘g‘ri baholashdan va xodimning beparvoligidan kelib chiqishi mumkin. CHunki, ichki auditning biron-bir tizimi o‘z-o‘zidan buxgalteriya hisobining samarali olib borilishini, moliyaviy axborotni to‘laqonliligi va aniqligini, shuningdek til biriktirish natijasida yuzaga kelgan mutahamlikning bartaraf etilishini kafolatlay olmaydi.
SHuningdek, yuqorida tilga olingan standartda aytilishicha, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ichidagi an’analar, kooperativ madaniyat va kooperativ boshqaruv tizimi kompaniya rahbariyati tomonidan suiste’molchiliklar ehtimolligini cheklash mumkin, biroq ular ham butunlay bartaraf etish kafolatini bermaydi. Samarali ichki audit tizimi bunday qoidabuzarliklar ehtimolligini keskin kamaytiradi.
Auditorlik faoliyati AQSH standartlari ichki nazorat tizimi bilan o‘zaro hamkorlikda yana nazorat muhiti, buxgalteriya hisobi tizimi va nazorat vositalarini ajratib ko‘rsatadi11. Bunda ularning tavsifi Amerika auditorlik standartlari taklif qilgan tegishli formuirovkalarga ancha yaqindir.


1.3. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit xizmatini tashkil etishning hozirgi holati va uning me’yoriy asolarini rivojlantirish


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida
Yüklə 279 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə