Ichki audit asoslari Reja



Yüklə 279 Kb.
səhifə5/5
tarix10.06.2023
ölçüsü279 Kb.
#116505
1   2   3   4   5
11. ichki audit l

eng muhim masalalardan biri investitsiyalarni keng ko‘lamda jalb qilish bo‘lib, bu muammoni muvaffaqiyatli hal qilishning usullaridan biri esa Korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirishdir. Korporativ boshqaruvni rivojlantirishga aksiyadorlar kapitali bozorini va turli xil Korporativ boshqaruv masalalarini hal qilish bilangina erishib bo‘lmasdan, buning uchun to‘la qonli xizmat qila oladigan institutlarni tashkil qilish lozim. Bundan tashqari, Korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammosini oqilona hal qilish eng avvalo Korporativ boshqaruv tushunchasining mohiyatini, u nimalardan iborat ekanligini, ularning vazifalarini to‘g‘ri anglash bilan bevosita bog‘liq.
Korporativ boshqaruv – bu shunday tizimki, u orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektga rahbarlik qilish, rivojlanishning iqtisodiy va ijtimoiy resurslarini boshqarish, mulkdorlar hamda investorlar sarmoyalarini boshqarishning samarali va xavfsiz bo‘lishini ta’minlash, manfaatdor tomonlarning qiziqishlarini aniqlash, bir-biriga moslashtirish, olinadigan daromadlarni ularning hissasiga monand taqsimlash uchun mo‘ljallangan tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy tadbirlar amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar boshqaruv tizimining yanada ravnaq topishi yuqori saviyadagi ichki audit xizmatlariga talabning ortishi bilan xarakterlanadi. Jumladan, mamlakatimizda ham ichki audit xizmatiga e’tibor kuchayib, unga katta ehtiyoj paydo bo‘ldi. Buning shunday ekanligini, Respublikamiz Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”12gi qarori ham tasdiqlaydi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishini tahlil qilish, soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘ri yuritilishini tekshirish, korxona mulkdorlari — aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish, direktorlik kengashi tomonidan ularning manfaatlariga zid harakatlar amalga oshirilishining oldini olish, bunday holatlar yuzaga kelganda bu haqda mulkdorlarga axborot berish kabi tadbirlar aynan ichki audit xizmati orqali amalga oshirilishi hisobga olinib, balans aktivlari qiymati 1 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida ichki audit xizmatini joriy qilish maqsadga muvofiq qilib belgilandi.
O‘zbekistonda ichki audit xizmati xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kuzatuv kengashi tomonidan tashkil etiladi, u har chorakda tekshiruvlarning natijalari to‘g‘risidagi hisobotni tinglaydi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Ichki audit xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni boshqarish tizimining tarkibiy qismi hisoblanib, kompaniyani samarali boshqarishda muhim rol o‘ynashi lozim. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni boshqarish sohasida ish hajmining o‘sib borishi va majburiyatlarning kengayishi hisobga olinsa, jamiyatning Kuzatuvchi kengashida ishlarning ahvoli to‘g‘risidagi axborotning ob’ektiv manbai bo‘lishi kerakligi ayon bo‘ladi.
Umuman olganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni boshqaruv tizimida ichki auditni tashkil qilishdan maqsad bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:
- iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi samaradorligini ta’minlash;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati shaffofliligini ta’minlash;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquq va manfaatlarini himoya kilish;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni boshqaruvidagi barcha a’zolarning huquqlarini qonunda belgilangan ravishda himoyalash ustidan nazorat olib borishni ta’minlash;
- boshqaruvning o‘z funksiyalarini samarali bajarayotganliklarini ta’minlash.
YUqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, u yoki bu shakldagi tekshirishni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun ichki audit xizmatini tashkil qilish zarur. Tashkilotlar o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida bir qator omillarning ijobiy va salbiy ta’siri ostida bo‘ladi. Omillarning salbiy ta’siri birgalikda ijobiy ta’sirni yo‘qqa chiqarishi va aksincha bo‘lishi mumkin. Xo‘jalik sub’ekti faoliyat sohasini belgilab beruvchi ushbu omillarga moslashishga majburdir. Omillarning har qanday tavsifi muayyan maqsadlarga xizmat qiladi. Bozor sharoitlarida korxona bir vaqtning o‘zida iqtisodiy munosabatlarning ham sub’ekti, ham ob’ekti bo‘lib harakat qiladi, tegishlicha, u turli omillarning dinamikasiga ta’sir qilish imkoniyatlariga ega.
SHundan kelib chiqib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqaruv xodimlari ishini tashkil qilishga, ularning kasbiy mahoratiga bog‘liq ichki omillar ta’sirida dinamik rivojlanishi tendensiyalariga e’tibor qaratilsa, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy barqarorligining ichki omillariga aktivlarning holati va ularning aylanuvchanligini, moliyaviy resurslarning tarkibi va nisbatini, moliyaviy resurslarning paydo bo‘lishi manbalarini kiritadi. Tashqi omillarga esa bizning fikrimizcha, davlatning soliq siyosati, byudjet, foiz va amortizasion siyosat, moliyaviy bozorlardagi va boshqa bozorlardagi ahvol, mamlakatdagi ishsizlik va inflyasiya darajasi, o‘rtacha mehnat unumdorligi, davlatning ijtimoiy siyosati va h.k.lar kiritiladi. Fikrimizcha, moliyaviy barqarorlikka ta’sir qiluvchi ichki omillarning ushbu tavsifida korxona resurslarini boshqarish siyosati kabi muhim omil yo‘q.
SHu sababli, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatidan doimiy ravishda o‘z ustlarida ishlashlari ya’ni, iqtisodiy, ijtimoiy, va siyosiy jarayonlarning borishi ularda yuzaga kelayotgan voqea hodisalarning borishini o‘rganib, ular orqali yuzaga keladigan o‘zgarishlarni tahlil qilish va salbiy oqibatlarga qarshi choralarni izlab topishlari maqsadga muvofiqdir.
Ichki auditorlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy tuzilmasi, xususiyati, nazorat ob’ektlari, tekshirish jarayonida aniqlanishi lozim bo‘lgan taxminiy savollar, tekshirish o‘tkazish texnikasi va metodikasini, qonun va me’yoriy hujjatlarni, tekshirish materiallarini umumlashtirishni, kamchilik va yo‘qotishlarni aniqlash va oldini olish yo‘llarini, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt barcha faoliyat turlarining samaradorlik rezervlarini va boshqalarni yaxshi bilishi lozim. Ushbu belgilangan tekshirish metodikasi yordamida tanlangan omillar tahlili ma’lum ma’noda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning barqarorligini ta’minlaydi. Bu ayniqsa hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hukm surayotgan davrda korxonaning katta yutug‘i hisoblanadi.
SHuni ham ta’kidlash lozimki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektda tekshiruv o‘tkazayotgan auditorning diqqat markazida “Inqirozga qarshi choralar dasturida13” belgilangan vazifalar ham bo‘lmog‘i maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bunda:

  • birinchidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish davomiyligini belgilash maqsadida, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihozlab borish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt jamg‘armasini nazorat qilish;

  • ikkinchidan, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini qattiq nazorat ostiga olish hisobiga, tejamkorlikka e’tibor qaratish kabi nazoratni ham ichki audit nazoratiga qo‘shimcha qilish foydadan holi bo‘lmas edi.

CHunki, noto‘g‘ri axborotlarga asoslangan holda xo‘jalik qarorlarining qabul qilinishi natijasida noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinadi yoki inqirozga yuz tutish holati kelib chiqadi. Buni hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida yuz bergan jahon moliyaviy- iqtisodiy inqiroz misolida ko‘rish mumkin.
SHuning uchun axborot etkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan foydalanuvchilar (davlat organlari, banklar, aksiyadorlar, kreditorlar) manfaatlarining mos kelishini ta’minlash va ular o‘rtasida yuzaga keladigan ziddiyatli vaziyatlarni bartaraf etish hamda iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun zarur maxsus bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislarga zaruriyat tug‘ilmoqda. Ushbu muammolarni hal qilishga yordam beradigan auditorlik xizmatlarini ayniqsa, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit xizmat tizimini rivojlantirish zaruriyati vujudga keldi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit xizmati tizimini rivojlantirish va uni takomillashtirish, nafaqat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari uchun balki, mamlakat iqtisodiyotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ishlab chiqarish jarayonlarida yuz beradigan xato va kamchiliklarning oldini olish, uni bartaraf etish uchun xizmat qiladi.

1 Аренс Э.А., Лоббек Дж.К. Аудит. Пер. С англ. Гл. ред. Серии. UNCTC проф.Я.В.Соколов (Серия по бухгалтерскому учету и аудиту) – М.Финансы и статистика, 2001. – С.560.

2 Бурцев В.В Система внутреннего контроля организации в современных условиях хозяйствования. / Аудиторские ведомости, 1998. №8. С.212.

3 Богомолов А.М., Голощапов Н.А. Внутренний аудит. Организация и методика проведения. – М.: «Экзамен», 1999. С.6.

4Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Қимматли қоғозлар бозорини янада ривожлантириш чора – тадбирлари тўғрисида”ги 2006 йил 27 сентябрдаги ПҚ–475–сонли қарори билан тасдиқланган Вазирлар
Маҳкамасининг 2006 йил 16 октябрдаги 215 – сонли Қарори “Корхоналардаги ички аудит хизмати тўгрисида Низом”.

5 Маматов З.Т. Аудит. Ўқув қўлланма. – Т.: “Фан ва технология”, 2007.Б.82.

6 Муаллиф томонидан тузилган.

7 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2006 йил 16 октябрдаги 215 – сонли Қарори “Корхоналардаги ички аудит хизмати тўгрисида Низом”.



8 В.Ф. Палий “Международные стандарты учета и финансовой отчетности” учебник Москва. 2004. – С.37.

9 В.Ф. Палий “Международные стандарты учета и финансовой отчетности” учебник Москва. 2004. – С.43.

10 Кулининга Г.В. Внутренний контроль и аудит. М..: 2000. – С.6

11 Аудитнинг халқаро стандартларини кодификациялаштириш. – Тошкент, 2006. №400-499.

12 Қимматли қоғозлар бозорининг амал қилиши тўғрисида. - Т.: «Адолат», 2003.

13 Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. –Т.: Ўзбекистон, 2009.

Yüklə 279 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə