Ichki audit asoslari Reja



Yüklə 279 Kb.
səhifə3/5
tarix10.06.2023
ölçüsü279 Kb.
#116505
1   2   3   4   5
11. ichki audit l

B. Mulkchilik:
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mulkining xususiyatlari, aksiyalarining kursi, aksiyalari bilan odatdagi bo‘lmagan savdo operasiyalari.
V. Faoliyatning asosiy strategiyasi:
- rejadagi yoki mo‘ljaldagi xaridlar, ishlab chiqarishdagi
kutilayotgan o‘zgarishlar, kapital qo‘yilmalar, rejadagi bozorni
kengaytirish, soliqlarni rejalashtirish.
G. Kuzatuv kengashi va yuqori boshqaruv xodimlari:
- boshqaruv xizmatining mustaqillik darajasi, kengash majlislarini o‘tkazish tezligi, ijrochilarning noqonuniy xarakatlarni amalga oshirishiga majbur qilish, boshqaruv xodimlarning ish xaqiga ta’sir qiluvchi omillar.
D. Operasiyalar(muomalalar):
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mahsuloti va xizmatidan asosiy foydalanuvchilar, maxsulot ishlab chiqarish bosqichlari va usullari hamda u bilan bog‘lik bo‘lgan tavakkalchiliklar, ishlab chiqarish quvvatlarini xarakteri va joylashishi, markazlashtirilmagan jarayonlarni markaziy apparat tomonidan nazorat darajasi, ishlab chiqarish tannarxi omillari, mol etkazib beruvchilardan qarz olish imkoniyati, ishlab chiqarish quvvati, ishlab chiqarishning texnik muammolari, ishlab chiqarish uzluksizligining davomiyligi va egiluvchanligi.
E. Moliya:
- pul mablag‘lari oqimlarining davomiyligi, investitsiya siyosati va protseduralari, foyda darajasi, asosiy bank operasiyalari, lizingdan foydalanish, kafolatlar (garantiyalar), to‘lovlar va boshqa majburiyatlar.
J. Marketing:
- asosiy xaridorlar va bozorlar, ma’lum xaridorlarga suyanish, loyihalar va operasiyalar, xaridorlarning moliyaviy holati, muhim raqiblar va xo‘jalik sub’ektining bozordagi holati, bozorning stabilligi va mavsumiy tendensiyalar, mahsulotning buzilishi,ikkilanuvchi imkoniyatlarga ega bo‘lgan yangi mahsulot turi, xaridorlarni ba’zilarini afzal ko‘rish, reklama va uning samaradorligi, marketing natijalari darajasi.
Z. Xodimlar:

  • asosiy xodimlarning malakasi, tajribasi, xizmatchilarni ishga qabul qilish va ularning o‘sish siyosati, xizmatchilarning ish haqi va mukofotlari, foydani taqsimlash, xodimga nisbatan boshqaruv rejalari, kadrlarning tez-tez o‘zgarishi.

Avvalom bor, auditor xo‘jalik yurituvchi sub’ektning yuridik xizmatlari nizomi, qayd etish hujjatlari, Kuzatuv kengashi va aksiyadorlar yig‘ilishi majlisi qarorlari bilan tanishishi kerak. Bu orqali auditor qo‘yidagi masalalar echimini:
-olingan foydaning taqsimlanishi hamda e’lon qilingan dividendlar miqdorini aniqlash;
-imzo qo‘yilgan shartnomalar va kelishuvlarni aniqlash hamda mulk xarid qilish uchun qilingan xarajatlar miqdorini;
-muddatli qarzlar, kafolatlar berilishi hamda kerakli xujjatlarga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarni topishi mumkin.
Dastlabki rejalashtirish jarayonida tashqi auditor xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bilan hamkorlik qilishning maqsadga muvofiqligi masalasini hal qilishi kerak, xo‘jalik yurituvchi sub’ektni auditor xizmatiga muhtojligi sabablarini aniqlash lozim, tekshiruv amalga oshish uchun shtatni shakllantirish hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bilan shartnoma tuzishi zarur. Ichki auditor esa xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘z xodimi bo‘lib, ushbu savollar bo‘yicha ma’suliyatni olmaydi. U Kuzatuvchi kengash tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt va uni bo‘limlarini audit tekshiruvidan o‘tkazadi.
Tashqi auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda muddat muammosi borligi sababli xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini to‘liq tekshirish imkoniyati yo‘q. SHuning uchun tekshiruvni amalga oshirishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning individual xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Ichki auditorlar esa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining xususiyatlarini astoydil o‘rganishi va har bir bo‘lim(filial)ning ishlab chiqarish jarayonlarini to‘liq tekshirishi lozim.
Auditorlik tekshiruvi strategik reja ko‘rinishiga ega bo‘lishi va auditor tomonidan yozma holda tayyorlanishi kerak. Bu rejaning asosida:
- zarur testlarning xajmini va tipini aniqlash hamda ularni o‘tkazish buyicha baholash;
- audit o‘tkazishda asoslangan dalillarga ega bo‘lish lozim bo‘lgan maqsadlar yotadi.
Audit tekshiruvini boshlashdan oldin quyidagicha:
- dastlabki rejalashtirish bilan bir qatorda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tarmog‘ida umumiy axborotni to‘plash;
- materiallarni va auditorlik tavakkalchilikni baholash;
- ichki nazorat tizimini baholash kabi reja bosqichlarini tuzib olish maqsadga muvofiqdir. CHunki, auditorlik tekshiruvining samaradorligi uni rejalashtirish bosqichida baholanishi zarur.
Ushbu ko‘rib o‘tilgan tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilishi ichki audit xizmati tizimini muvaffaqiyatli tashkil etilishini kafolatlaydi.
Ichki auditning asosiy afzalliklari uning ochiqligi, tashqi auditga nisbatan xarajatlarning kamligi bilan birga, ichki audit xizmatlarining istalgan paytda talab qilinishi, ichki auditorlarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektdagi vaziyat, ish maqomi va boshqaruvini, madaniyat va siyosatni, ichki auditorlar orqali bo‘linmalarning yuqori malakali mutaxassislarini tekshiruvga jalb etish, qonunchilikka muntazam rioya qilish kafolatlari va ish jarayoniga yangiliklar kiritishni rag‘batlantirishdan iborat. Audit tekshirishning afzalligi mavjud va kelajakdagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha berilgan maslahatlari hisoblanadi.
Albatta, mamlakatimizda ham bozor talabini hisobga olgan holda ichki audit xizmatiga e’tibor kuchayib, unga katta ehtiyoj paydo bo‘ldi. Bulardan asosiy maqsad — auditorga barcha vakolatlarni bergan holda uni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar nomidan va ularning hisobiga xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini xolisona tekshirib, Kuzatuv kengashi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘z vaqtida ma’lum qilish imkoniyatini yaratish edi. Lekin, shularga qaramay, tajribalar auditorlik tashkilotlari faqatgina xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan yil yakunlangandan so‘ng soliq idoralariga auditor xulosasini taqdim etish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt hisob-kitob ishlarining to‘g‘ri yuritilishi tekshirilganligini, ammo xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ijroiya organi tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar manfaatlarini rioya qilinishi holatiga umuman e’tibor berishmaganligini ko‘rsatmoqda.
Ichki audit tekshiruvlari etarli darajada bo‘lishiga erishishning asosiy mezonlari:

  • tashkiliy tuzilishning samaraliligiga baho berish va amalga oshirilayotgan tadbirlarning buxgalteriya hisobi siyosatiga mos kelishi;

  • aktivlar saqlanishiga qaratilgan tadbirlarning majburiyligi hamda samarali ichki audit dasturining mavjudligidan iborat bo‘ladi.

SHundan so‘ng, ichki audit o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini umumlashtiradi va bu xususda axborotni Kuzatuv kengashiiga taqdim etadi.
Respublikamizda yaratilayotgan qulay iqtisodiy muhit tufayli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soni va aktivlari borgan sari ko‘paymoqda hamda ularning mamlakatimiz rivojlanishidagi nufuzi oshmoqda. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy yuksalishi qator omillarga, eng asosiysi, jamiyat ijro organi tomonidan korporativ boshqaruv tamoyillari qay darajada bajarilishiga bog‘liqdir.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tashqi va ichki audit o‘rtasida o‘zaro aloqalar o‘sib borayotgan bir paytda ularni bir-birining ishi va faoliyati funksional yo‘nalishlarini takrorlashini kamaytirish maqsadida faoliyat sohalarini chegaralash ro‘y bermoqda.
Ichki auditni bozorda mahsulot sifatining o‘sishi, tannarxning pasayishi, bozor ehtiyojlarini bilish va shu tariqa ish samaradorligini oshirish hisobiga muvaffaqiyatli raqobatlashish maqsadida asosan yirik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari uchun zarur bo‘lgan ichki nazorat tizimining elementi sifatida ko‘rib chiqish zarur. Tadbirkorlik faoliyati sharoitlarida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rivojlanishi va foyda olish uchun barcha vositalar izlab topiladi, shu sababli ko‘p sonli mulk egalari ichki auditning sifatli ishlashidan manfaatdor bo‘ladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida audit mulk egasiga iqtisodiy vositalar bilan nazorat qilish tizimi orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning barqaror moliyaviy holatini ta’minlashga imkon beradi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit dasturi samarali bo‘lishi uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar menejmenti saviyasini oshirish maqsadga muvofiqdir. U o‘tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan xorijiy mamlakatlar mutaxassislari tomonidan taklif qilingan metodik tamoyillar, ilmiy yutuqlarni tahlil qilishga hamda ularni muvaffaqiyatli ishlab chiqarishda qatnashgan mutaxassislarning amaliy tajribasiga asoslangan bo‘ladi. Ana shu tamoyilga muvofiq ish tutilsa, bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektda ichki audit tizimi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yuqori rahbariyatining manfaatlarini ko‘zlagan va boshqaruv vazifalarini samarali amalga oshirishni vujudga keltirgan bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, ichki audit xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan tashkil etilgan, mulkdorlar va rahbarlari manfaatiga ko‘ra ish ko‘ruvchi, ichki hujjatlar tarkibi nazorati buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tartibini vazifalarini ishonchligiga rioya etgan holda ish ko‘rish tizimi hisoblanadi. Ichki audit xo‘jalik yurituvchi sub’ektga qo‘yilgan maqsadlarini tavvakalini hamda tartib va nazoratni boshqarish orqali echishga yordam beradi, shuni ham ta’kidlash joizki xo‘jalik yurituvchi sub’ektda ichki auditning maqsadi, vazifalari va funksiyalari xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mulkdorlari yoki rahbarlari tomonidan aniqlanadi. Xorijiy mamlakatlarda va O‘zbekiston Respublikasida ichki audit o‘tkazish tajribasini ishning keyingi paragraflarida ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 279 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə