"tbc bank" atb moliyaviy hisoboti va Auditorlik xulosasi 31 dekabr, 2021 yil



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/54
tarix13.02.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#100738
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
tbc-uzbmerged



"TBC Bank" ATB
Moliyaviy hisoboti va
Auditorlik xulosasi 
31 dekabr, 2021 yil 


Mustaqil auditorning auditorlik hisoboti 
“ТВС Bank” Aksiyadorlik tijorat banki Aksiyadorlari va Kuzatuv kengashiga: 
Fikr 
Bizning fikrimizcha, moliyaviy hisobot “ТВС Bank” Aksiyadorlik tijorat bankining (bundan buyon – 
“Bank”) 2021 yil 31 dekabr holatidagi moliyaviy holatini, shuningdek, ko’rsatilgan sanadagi 
yakunlangan yil uchun moliyaviy natijalar va pul oqimlarini barcha muhim jihatlarda Moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq aniq aks ettiradi. 
Audit predmeti 
Biz Bankning moliyaviy hisobotlar auditini o’tkazdik, u quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
• 2021 yil 31 dekabr holatiga moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot; 
• ko’rsatilgan sanada yakunlangan yil uchun foyda yoki zarar va boshqa umumiy daromad to'g'risidagi 
hisobot; 
• ko’rsatilgan sanada yakunlangan yil uchun xususiy kapitaldagi o'zgarishlar to'g'risidagi hisobot; 
• ko’rsatilgan sanada yakunlangan yil uchun pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobot; 
• moliyaviy hisobotga izohlar, shu jumladan hisob siyosati qoidalari va boshqa tushuntirish ma'lumotlari. 
Fikr bildirish uchun asos 
Biz auditni Xalqaro Audit Standartlariga (XAS) muvofiq o’tkazdik. Ushbu standartlar bo'yicha bizning 
majburiyatlarimiz hisobotimizning "Moliyaviy hisobotlar auditi bo'yicha Auditorning javobgarliklari" 
bo'limida batafsil tavsiflangan. 
Bizning fikrimizcha, biz olgan auditorlik dalillari fikrimizni ifodalash uchun asos bo'lishi uchun yetarli 
va mos keladi. 
Mustaqillik
Biz Buxgalterlar uchun xalqaro axloq standartlari kengashi (BXASK kodeksi) tomonidan chiqarilgan 
Professional buxgalterlar uchun xalqaro axloq kodeksiga (Xalqaro mustaqillik standartlarini o’z ichiga 
olgan) va O’zbekiston Respublikasi Auditorlarning kasb etikasi Kodeksi va O’zbekiston Respublikasida 
moliyaviy hisobot auditini o’tkazishda qo’llaniladigan auditorlar va auditorlik tashkilotlarining 
mustaqilligi qoidalarining axloqiy talablariga muvofiq Bankdan mustaqilmiz. Biz BXASK kodeksi va 
O’zbekiston Respublikasi Auditorlarning kasb etikasi Kodeksining boshqa talablariga muvofiq boshqa 
axloqiy majburiyatlarni bajardik. 
Rahbariyat va Kuzatuv kengashining moliyaviy hisobot uchun javobgarligi 
Rahbariyat ushbu moliyaviy hisobotlarni MHXSga muvofiq tayyorlash va to’g’ri ma’lumot berish 
hamda vijdonsiz harakatlar yoki xatolik tufayli noto'g'ri ma'lumotlardan xoli moliyaviy hisobotlarni 
tayyorlash uchun rahbariyat tomonidan zarur deb hisoblangan ichki nazorat tizimi uchun javobgardir. 
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda rahbariyat Bankning uzluksiz faoliyatini davom ettirish qobiliyatini 
baholash, tegishli holatlarda faoliyatning uzluksizligiga oid ma'lumotlarni oshkor qilish va faoliyatning 
uzluksizligi tamoyili asosida hisobot berish uchun javobgardir, rahbariyat Bankni tugatish niyatida 
bo’lgan holat yoki uning faoliyatini tugatishdan boshqa muqobil tanlovi bo'lmagan holat bundan 
mustasno. 


Korporativ boshqaruv uchun javobgar shaxslar Bankning moliyaviy hisobotini tayyorlashni nazorat 
qilish uchun javobgardirlar. 
Moliyaviy hisobot auditi bo'yicha auditorning majburiyatlari 
Bizning maqsadlarimiz moliyaviy hisobotda vijdonsizlik harakatlari yoki xatolik tufayli noto'g'ri 
ma'lumotlar yo'qligi to'g'risida va bizning fikrimizni o'z ichiga olgan auditorlik xulosasini chiqarishda 
oqilona ishonch hosil qilishdir. Oqilona ishonch yuqori darajadagi ishonchdir, lekin XAS ga muvofiq 
o'tkazilgan audit har doim noto'g'ri ma'lumotlar mavjud bo'lganda, ularni aniqlab berishga kafolat 
bermaydi. Noto'g'ri ma'lumotlar vijdonsizlik harakatlari yoki xatolik natijasida yuzaga kelishi mumkin 
va agar ular foydalanuvchilarning ushbu moliyaviy hisobotlar asosida qabul qilingan iqtisodiy 
qarorlariga alohida yoki umumiy tarzda ta'sir qilishini taxmin qilish mumkin bo'lsa, muhim masala 
hisoblanadi. 
XASga muvofiq o’tkaziladigan audit doirasida biz professional mulohaza yuritamiz va butun audit 
davomida professional skeptisizmni saqlaymiz. Bundan tashqari, biz quyidagilarni bajaramiz: 
• vijdonsizlik harakatlari yoki xatolik tufayli moliyaviy hisobotning noto'g'ri ko'rsatilishi xavflarini 
aniqlaymiz va baholaymiz; ushbu xavflarga javoban audit protseduralarini ishlab chiqamiz va amalga 
oshiramiz; fikrimizni ifodalash uchun asos bo'ladigan yetarli va tegishli bo'lgan auditorlik dalillarini 
olamiz. Vijdonsizlik harakatlari natijasida noto'g'ri ma'lumotni aniqlamaslik xavfi xatolik tufayli 
noto'g'ri ma'lumotni aniqlamaslik xavfidan kattaroqdir, chunki vijdonsizlik harakatlari til biriktirish, 
qalbakilashtirish, qasddan o’tkazib yuborish, noto'g'ri ma'lumot berish yoki ichki nazorat tizimini 
chetlab o'tishni o'z ichiga olishi mumkin; 
• Bankning ichki nazorat tizimining samaradorligi to‘g‘risida fikr bildirish maqsadida emas, balki 
vaziyatlarga mos keladigan audit protseduralarini ishlab chiqish maqsadida auditga tegishli ichki nazorat 
tizimi haqida tushunchaga ega bo‘lamiz; 
• qo‘llanilayotgan hisob siyosatining to‘g‘riligini hamda rahbariyat tomonidan hisobga olingan baholash 
ko’rsatkichlarining va tegishli ma’lumot oshkoraligining asosliligini baholaymiz; 
• rahbariyat tomonidan faoliyatning uzluksizligini qo’llashning maqsadga muvofiqligi va olingan 
auditorlik dalillari asosida Bankning o’z faoliyatini davom ettirish qobiliyatiga jiddiy shubha tug‘dirishi 
mumkin bo‘lgan voqea yoki sharoitlar bilan bog‘liq jiddiy noaniqlik mavjudligi to‘g‘risida xulosa 
chiqaramiz. Agar biz jiddiy noaniqlik mavjud degan xulosaga kelsak, biz auditorlik hisobotida 
moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni tegishli ravishda oshkor qilishga e'tibor qaratishimiz yoki, agar 
bunday oshkor qilish noo'rin bo'lsa, fikrimizni o'zgartirishimiz kerak. Bizning xulosalarimiz auditorlik 
xulosamiz sanasigacha olingan auditorlik dalillariga asoslanadi. Biroq, kelajakdagi voqealar yoki 
sharoitlar Bankning uzluksiz faoliyatini davom ettirish imkoniyatini to'xtatishiga olib kelishi mumkin; 
• moliyaviy hisobotlarning bir butun sifatida taqdim etilishini, ularning tuzilishi va mazmunini, shu 
jumladan, ma’lumotlarning oshkor qilinishini hamda moliyaviy hisobotlar asosida yotuvchi 
operatsiyalar va hodisalarni ular haqqoniy taqdim etiladigan tarzda taqdim etishini baholaymiz. 
Biz Kuzatuv kengashi bilan ma’lumot munosabatlarini olib boramiz, ularning e'tiboriga auditning 
rejalashtirilgan ko'lami va muddatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek, audit natijalari bo'yicha 
muhim izohlarni, shu jumladan audit jarayonida ichki nazorat tizimidagi biz aniqlagan muhim 
kamchiliklarni yetkazamiz. 


Otabek Abduqodirov 
Bosh direktor vazifasini bajaruvchi 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan 2017 yil 28 iyulda
berilgan 05618-sonli auditorlik guvohnomasi 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan 2018-yil 27-avgustda 
berilgan 9/19-sonli auditorlik guvohnomasi
“PricewaterhouseCoopers” MChJ Auditorlik tashkiloti 
2022 yil 27 aprel, Toshkent, Oʻzbekiston 



Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə