"tbc bank" atb moliyaviy hisoboti va Auditorlik xulosasi 31 dekabr, 2021 yil



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/54
tarix13.02.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#100738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
tbc-uzbmerged

Asosiy faoliyat.
Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishi O‘zbekiston Respublikasi hududida chakana va 
mikro bank operatsiyalari, shuningdek jismoniy shaxslar, korporativ tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes 
(“KO‘B”) subyektlarini o‘z ichiga olgan universal bank operatsiyalari hisoblanadi. Bank 2020 yil 11-
apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (O’RMB) tomonidan berilgan bosh bank 
litsenziyasi asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Bank 2002 yil 5 apreldagi "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida" 
360-II-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan omonatlarni davlat sug‘urtalash 
dasturida ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2008 yil 28 noyabrda, bank lisenziyasi 
bekor qilingan taqdirda, depozit miqdoridan qat'i nazar, depozitlar uchun 100% qaytarilishini to‘lashni 
kafolatlaydigan PF-4057-sonli Farmonni tasdiqladi. 
2021 yil 31 dekabr holatiga koʻra Bankning Oʻzbekiston Respublikasida 1 ta filiali mavjud (2020 yil 31 
dekabr: 1 ta filial). 
Yuridik manzil.
Bank quyidagi manzilda ro‘yxatdan o‘tgan: O‘zbekiston Respublikasi, 100084, 
Toshkent sh., Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 118/1. 
Hisobot taqdimoti valyutasi.
Ushbu moliyaviy hisobot, o'zbek so'mida (“so’m”) taqdim etilgan, agar 
boshqasi ko'rsatilmagan bo'lsa. 
2. Bank faoliyat yuritayotgan iqtisodiy muhit 
Bank o'z faoliyatini asosan O'zbekiston Respublikasida amalga oshiradi. Binobarin, Bank 
rivojlanayotgan bozor xususiyatlariga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy va moliyaviy 
bozorlariga ta'siri ostida turadi. Huquqiy, soliq va me'yoriy bazalar rivojlanishda davom etmoqda, biroq 
har xil talqin va tez-tez o'zgarib turadi, bu esa boshqa huquqiy va soliq to'siqlari bilan birgalikda 
O'zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan korxonalar duch keladigan muammolarni yanada 
kuchaytiradigan turli sharhlar va tez-tez kuzatiladigan o’zgarishlar ta’siri ostida turadi. 


COVID-19 pandemiyasining avj olishi va butun dunyo boʻylab davlatlar tomonidan pandemiya 
tarqalishining oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar Bankga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Ushbu 
chora-tadbirlar Bankdan o'z operatsion faoliyatini boshlash va bank mahsulotlarini ishga tushirish 
sanalarini keyinga surishni talab qildi. Shuning uchun rahbariyat 2025 yil oxirigacha muddatga bir 
qancha turli ssenariylarni modellashtirdi. Modellashtirilgan taxminlar COVID-19 cheklovlari va 
qoidalarining kutilayotgan potensial taʼsiriga, shuningdek, davr mobaynida rahbariyatning taklif etilgan 
javoblariga asoslanadi. 2020 yil mart oyida joriy etilgan karantin choralari 2020 yil avgustidan boshlab 
bekor qilindi. Davlat organlari pandemiya holatiga qarshi kelgusi chora-tadbirlar, masalan, o'zini-o'zi 
izolyatsiya qilish rejimi to'g'risida hech qanday e'lon bermadi. Bank Rivojlanish strategiyasida aks 
ettirilgan bazaviy ssenariyga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. 
2021 yil davomida O‘zbekistonda 2018-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida Prezidentimiz tashabbusi bilan muhim 
islohotlar amalga oshirildi. So’nggi yillarda valyuta konvertatsiyasi va eksport savdosi natijasida olingan 
xorijiy valyutani majburiy sotish bo‘yicha asosiy cheklovlar bekor qilindi, eksport operatsiyalari 
bo‘yicha hisob-kitob muddati uzaytirildi, davlat xizmatlarini ko’rsatishning yagona tizimi joriy etildi va 
boshqa ijobiy o‘zgarishlar joriy qilindi. Moliyaviy hisobot O'zbekiston Respublikasidagi biznes yuritish 
muhitining bank faoliyati va moliyaviy holatiga ta'sirining rahbariyat tomonidan baholanishini aks 
ettiradi. 
Bankning moliyaviy holati va faoliyati natijalariga O‘zbekiston Respublikasida siyosiy va iqtisodiy 
o‘zgarishlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorlariga va umuman iqtisodiyotga 
sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan amaldagi va kelajakdagi qonun hujjatlari va soliq qoidalarining qo‘llanilishi 
ta’sir ko‘rsatadi. Bank rahbariyati umuman bank sektoriga va xususan, Bankning moliyaviy holatiga 
ta'sir qilishi mumkin bo'lgan barcha o'zgarishlarni oldindan aytib bera olmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi 2021 yilning 12 oyi yakunlari bo‘yicha quyidagi asosiy iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 
• Inflyatsiya: 9,98% (2020 yil: 11,1%) 
• Rasmiy kurs: 2021 yil 31 dekabr: 1 AQSh dollari = 10 837,66 so‘m (2020 yil 31 dekabr: 1 AQSh 
dollari = 10 476,92 so‘m) 
• YaIM o‘sishi: 6,2% (2020 yil: 1,6%) 
• O’RMBning qayta moliyalash stavkasi: 14% (2020 yil: 16%) 

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə