Tasdiqlangan



Yüklə 70,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix17.04.2023
ölçüsü70,32 Kb.
#106015
  1   2
Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish



O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan
Vazir o‘rinbosari
E. GADOYEV
1999-yil 19-oktabr
EG/17-19-2075-son
“TASDIQLANGAN”
INVENTARIZATSIYANI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI 
19-SONLI BHMS
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 2-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi,
ro‘yxat raqami 833]
1. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur buxgalteriya hisobi milliy standarti (keyingi o‘rinlarda — standart) “Buxgalteriya
hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga
muvofiq ishlab chiqilgan.
1.2. Mazkur standart asosiy faoliyati budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan
tashkilotlarni qo‘shgan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda aktivlar va majburiyatlar
inventarizatsiyasi hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
1.3. Inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash;
haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish;
majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish.
1.4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning joylashgan joyidan qat’i nazar, barcha aktivlari va
majburiyatlari inventarizatsiya qilinadi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi subyektga qarashli
bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’ul saqlashda bo‘lgan, ijaraga olingan,
qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra
hisobga olinmagan mol-mulk inventarizatsiya qilinishi kerak.
Mol-mulkni inventarizatsiyasi uning joylashgan joyi va moddiy javobgar shaxs bo‘yicha
o‘tkaziladi.
1.5. Quyidagi hollarda inventarizatsiya o‘tkazilishi majburiy:
Oldingi
 tahrirga qarang.
mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, qonunchilik
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat korxonasini o‘zgartirish (davlat tasarrufidan
chiqarilgan) da;
(1.5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi
20-mh-sonli 
buyrug‘i
 (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, bundan inventarizatsiyasi hisobot yilining 1-
oktabridan keyin o‘tkazilgan mol-mulk mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining
milliy standarti
(4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (ro‘yxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul)ga
muvofiq tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining 
milliy standarti
(5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”


(ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar)ga muvofiq asosiy vositalar inventarizatsiyasi ikki yilda
kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta amalga oshiriladi.
Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, qiymatliklari va qat’iy hisobdagi blanklar inventarizatsiyasi oyda
bir marta, yonilg‘i-moylash materiallar, oziq-ovqat mahsulotlar — har chorakda, qimmatbaho
metallar — tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq o‘tkaziladi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralar
inventarizatsiyasi ular eng kam miqdorda qolgan davrda o‘tkaziladi:
asosiy vositalar va tovar-moddiy qiymatliklar qayta baholanganda;
moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish — topshirish kunida);
o‘g‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, qiymatliklarni buzilishi faktlari aniqlanganda;
tabiiy ofatlar, yong‘inlar, falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa
favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini
tuzish oldidan va qonunchilik hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(1.5-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi
20-mh-sonli 
buyrug‘i
 (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
1.6. Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarizatsiya jamoa rahbari
o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning
bitta yoki bir nechta a’zolari talabi bilan o‘tkaziladi.

Yüklə 70,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə