Tasdiqlangan


 Inventarizatsiyani o‘tkazishning asosiy qoidalari



Yüklə 70,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix17.04.2023
ölçüsü70,32 Kb.
#106015
1   2
Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish

2. Inventarizatsiyani o‘tkazishning asosiy qoidalari
2.7. Hisobot yilidagi inventarizatsiyalar soni, ularni o‘tkazish sanasi, aktivlar va majburiyatlar
ro‘yxati xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan belgilanadi, bundan mazkur standartning 
1.5
va 
1.6-bandlarida
 nazarda tutilgan hollar mustasno.
2.8. Inventarizatsiyani o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi tarkibida doimiy
ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:
xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi);
bosh buxgalter;
buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlari (keyingi o‘rinlarda — bosh buxgalter).
Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki audit xizmati
vakillari kiritilishi mumkin.
Ishlar hajmi katta bo‘lganda aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyasini bir vaqtda o‘tkazish
uchun quyidagi tarkibida ishchi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi:
inventarizatsiyani tayinlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili (komissiya raisi);
mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ishni yurituvchi, iqtisodchi,
buxgalteriya hisobi xizmati xodimi (keyingi o‘rinlarda — buxgalteriya) va boshqalar.
Komissiya tarkibiga inventarizatsiya qilinayotgan qiymatliklar, narxlar va boshlang‘ich hisobni
yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi
inventarizatsiya komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi.
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarizatsiya komissiyalarining shaxsiy tarkibini xo‘jalik
yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi (1-ilovaga
*
 muvofiq buyruq, qaror, farmoyish).
Inventarizatsiyani o‘tkazishda komissiyaning hattoki bitta a’zosi yo‘q bo‘lsa, bu hol
inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
2.9. Doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari:
qiymatliklar saqlanishini ta’minlashga doir profilaktika ishlarini o‘tkazadi, zarurat bo‘lganda o‘z
majlislarida qiymatliklarning saqlanishi masalalari bo‘yicha sex, bo‘lim, sho‘balar rahbarlarining
axborotlarini tinglaydi;


inventarizatsiya o‘tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarizatsiya komissiyalari a’zolariga
yo‘l-yo‘riq berishni amalga oshiradi;
inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga oshiradi,
shuningdek, inventarizatsiyalar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy
qiymatliklarni tanlab inventarizatsiyadan o‘tkazadi;
inventarizatsiya natijalari to‘g‘ri chiqarilganini, bazalar, omborlar, omborxonalar, sexlar, qurilish
uchastkalari va boshqa saqlash joylarida qiymatliklarni qayta o‘zaro o‘rniga hisobga olish bo‘yicha
takliflar asosli ekanligini tekshiradi;
zarur hollarda (inventarizatsiya o‘tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi aniqlangan va boshqa
hollarda) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining topshirig‘iga binoan takroriy yalpi
inventarizatsiyalarni o‘tkazadi;
qiymatliklar kamomadi yoki ularni buzilishiga, shuningdek, boshqa buzilishlarga yo‘l qo‘ygan
shaxslardan olingan tushuntirishlarni ko‘rib chiqadi va aniqlangan kamomadlar hamda
qiymatliklarni buzilishidan ko‘rilgan yo‘qotishlarni bir izga solish tartibi to‘g‘risida taklif beradilar.
2.10. Ishchi inventarizatsiya komissiyalari:
saqlash va ishlab chiqarish joylarida qiymatliklar va pul mablag‘larini inventarizatsiyasini
amalga oshiradi;
xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya natijalarini
aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha chiqishlarni
bir birini qoplashga olib borish, shuningdek tabiiy yo‘qolish me’yorlari doirasida kamomadlarni
hisobdan o‘chirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
tovar-moddiy qiymatliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, hisobga olish va
ular saqlanishini nazorat qilishni yaxshilash, shuningdek me’yordan ortiqcha va ishlatilmaydigan
moddiy qiymatliklarni sotish masalalari bo‘yicha takliflar kiritadi;
quyidagi hollar uchun javobgar bo‘ladi :
a) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrug‘iga muvofiq inventarizatsiyani o‘z vaqtida
o‘tkazish va uni o‘tkazish tartibiga rioya qilish uchun;
b) tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblar
vositalarining haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga to‘liq va aniq qayd etilishi
uchun;
v) tovar-moddiy qiymatliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari (turi, navi,
rusumi, hajmi, preyskurant bo‘yicha tartib raqami, artikuli va h.k.) ro‘yxatda to‘g‘ri ko‘rsatilishi uchun;
g) belgilangan tartibga muvofiq inventarizatsiya materiallari to‘g‘ri va o‘z vaqtida
rasmiylashtirilishi uchun.
Inventarizatsiya komissiyalari a’zolari tovarlar, materiallar va boshqa qiymatliklar kamomadi va
rastratasini yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida ro‘yxatga qiymatliklarning haqiqatdagi
qoldiqlari to‘g‘risida ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga muvofiq
javobgarlikka tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin
inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya paytidagi eng so‘nggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki
moddiy vositalar va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotlarni olishi kerak.
Inventarizatsiya komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-chiqim
hujjatlariga “inventarizatsiyagacha ...da (sana)” deb ko‘rsatgan holda viza qo‘yadi, bu esa
buxgalteriyaga hisob ma’lumotlari bo‘yicha inventarizatsiyani boshlash paytida mol-mulk
qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiya boshlanishiga qadar mol-mulkka doir barcha kirim-
chiqim hujjatlari buxgalteriya yoki komissiyaga topshirilgani va ular javobgarligiga kelib tushgan
barcha qiymatliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa chiqimga hisobdan o‘chirilgani to‘g‘risida
tilxat beradilar. Mol-mulkni xarid qilishga hisobdor summalari yoki uni olish uchun ishonchnomalari
bo‘lgan shaxslar ham shunday tilxat beradilar.
2.11. Inventarizatsiyani o‘tkazish oldidan ishchi inventarizatsiya komissiyalari a’zolariga buyruq,
komissiya raislariga esa plombir topshiriladi (inventarizatsiya komissiyasining barcha ish davri


shaxslar og‘zidan yoki haqiqatda mavjudligini tekshirmasdan turib hisob ma’lumotlari bo‘yicha
qayd etish qat’iyan taqiqlanadi.
3.40. Inventarizatsiya vaqtida kelib tushadigan tovar-moddiy qiymatliklar moddiy javobgar
shaxslar tomonidan inventarizatsiya komissiyasi a’zolari ishtirokida qabul qilinadi va
inventarizatsiyadan so‘ng reyestr yoki tovar hisoboti bo‘yicha kirim qilinadi. Ushbu tovar-moddiy
qiymatliklar “Inventarizatsiya vaqtida kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklar” nomi bilan alohida
ro‘yxatga kiritiladi. Ro‘yxatda ular qachon, kimdan kelib tushgani, kirim hujjatining sanasi va raqami,
nomi, miqdori, narxi va summasi ko‘rsatiladi. Bir vaqtning o‘zida kirim hujjatida inventarizatsiya
komissiyasi raisining imzosi bilan ana shu qiymatliklar qayd etilgan ro‘yxat sanasiga havola qilgan
holda “inventarizatsiyadan keyin” belgisi qo‘yiladi.
3.41. Inventarizatsiya uzoq vaqt o‘tkazilganda alohida hollarda va faqat xo‘jalik yurituvchi
subyekt rahbari va bosh buxgalterining yozma ruxsati bilan inventarizatsiya jarayonida tovar-
moddiy qiymatliklar moddiy javobgar shaxslar tomonidan inventarizatsiya komissiyasi a’zolari
ishtirokida berilishi mumkin.
Ushbu qiymatliklar “Inventarizatsiya vaqtida berilgan tovar-moddiy qiymatliklar” deb
nomlangan alohida inventar ro‘yxatiga kiritiladi. Bu ro‘yxat inventarizatsiya vaqtida kelib tushgan
tovar-moddiy qiymatliklarga oid hujjatlarga o‘xshab rasmiylashtirilishi kerak. Chiqim hujjatlarida
inventarizatsiya komissiyasi raisining imzosi bilan belgi qo‘yiladi.
3.42. Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli bo‘lgan va mas’ul saqlashda bo‘lgan
tovar-moddiy qiymatliklar o‘zining tovar-moddiy qiymatliklari bilan bir vaqtda inventarizatsiya
qilinadi. Ushbu qiymatliklarga alohida inventarizatsiya ro‘yxati tuziladi va unda ushbu qiymatliklarni
mas’ul saqlashga qabul qilingani tasdiqlanadigan tegishli hujjatlarga havola beriladi.
3.43. Yo‘lda bo‘lgan, yuklab jo‘natilgan, xaridorlar tomonidan haqi muddatida to‘lanmagan,
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar omborlarida bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarni
inventarizatsiyasi tegishli schyotlarda ko‘rsatilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishni
o‘z ichiga oladi.
Ushbu tovar-moddiy qiymatliklarni (yo‘ldagi, yuklab jo‘natilgan va hokazo tovarlar) hisobga
oluvchi schyotlarda tegishlicha rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan summalargina qolishi
mumkin: yo‘lda bo‘lganlari bo‘yicha — mol yetkazib beruvchilarning schyot — to‘lov talabnomalari
yoki ularning o‘rnini bosadigan hujjatlar bilan; yuklab jo‘natilganlari bo‘yicha — xaridorlarga taqdim
etgan schyot-fakturalar nusxalari va to‘lov talabnomalari nusxalari bilan; to‘lash muddati o‘tganlar
bo‘yicha — bank muassasasining kartotekalarda to‘lov talabnomalari mavjudligini albatta
tasdiqlashi bilan; boshqa tashkilotlarning omborlarida joylashganlari bo‘yicha — inventarizatsiya
sanasiga yaqin bo‘lgan sanaga qayta rasmiylashtirilgan saqlangan tilxatlar bilan; bitta shahardagi
mol yetkazib beruvchilarning omborlarida bo‘lganlari bo‘yicha — inventarizatsiyani o‘tkazish
sanasida qayta rasmiylashtirilgan saqlangan tilxatlar bilan.
Ushbu schyotlar boshqa korrespondensiyalanuvchi schyotlar bilan oldindan solishtirilishi
kerak.
Xaridorlar yoki buyurtmachilarga realizatsiya qilingan tovarlar, mahsulot (ish, xizmat) lar
uchun haq to‘lashda uzoq vaqt kechikish yuz berganda ushbu kechikishning sabablari aniqlanadi
va inventarizatsiya komissiyasining bayonnomasida qayd etiladi.
Kelib tushgan tovar-moddiy qiymatliklar kirim qilinmaganligi faktlari aniqlanganda ularni
olgan shaxslarning tushuntirishlari talab qilinishi, suiiste’mollik holatida esa materiallar tergov
organlariga oshirilishi kerak.
3.44. Yo‘lda bo‘lgan, yuklab jo‘natilgan, xaridorlar tomonidan muddatida to‘lanmagan va
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning omborlarida bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarga alohida
inventarizatsiya ro‘yxatlari (dalolatnomalari) tuziladi.
Yo‘lda bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarga doir ro‘yxatlarda har bir jo‘natma bo‘yicha
quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: nomi (hujjatga muvofiq), miqdori va qiymati (hisob ma’lumotlariga
binoan), yuklab jo‘natish sanasi, shuningdek, ushbu qiymatliklar tegishli schyotlarda hisobga
olinishiga asos bo‘lgan hujjatlarning ro‘yxati va raqamlari. Bunda belgilangan muddatda kelib
tushmagan hamda hisobda yo‘ldagi materiallar va tovarlar sifatida qayd etilgan yuklar bo‘yicha
ularni qidirib topish uchun qanday choralar ko‘rilganligini tekshirish zarur.


5.70. Inventarizatsiya va boshqa tekshirishlarda aniqlangan qiymatliklarning haqiqatda
mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farqlari quyidagicha tartibga solinadi:
ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk
kirim qilinishi va tegishlicha xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga yoki budjet
tashkilotini moliyalashtirishni (fondlarni) ko‘paytirishga qayd etilishi, keyinchalik ortiqcha chiqish
sabablari va aybdor shaxslar aniqlanishi kerak;
o‘rnatilgan me’yorlar doirasida qiymatliklarning yo‘qolishi xo‘jalik yurituvchi subyektlar
rahbarlarining farmoyishiga ko‘ra ishlab chiqarish va davr xarajatlariga yoki budjet tashkilotlarini
moliyalashtirishni (fondlarni) kamaytirishga hisobdan chiqariladi. Yo‘qotish me’yorlari haqiqatda
kamomad aniqlangan hollardagina qo‘llanishi mumkin.
Bunda o‘rnatilgan me’yorlar doirasida qiymatliklarning yo‘qolishi qiymatliklar kamomadi
qayta navlarga ajratishdagi ortiqchalar bilan hisobga olgach belgilanishiga e’tibor beriladi. Agar
belgilangan tartibda o‘tkazilgan qayta navlarga ajratish bo‘yicha hisobga olingandan keyin ham
qiymatliklar kamomadi mavjud bo‘lsa, tabiiy yo‘qolish me’yorlari kamomad aniqlangan qiymatliklar
nomi bo‘yichagina qo‘llanishi mumkin.
Tasdiqlangan me’yorlar bo‘lmagan taqdirda yo‘qolish me’yorlardan ortiqcha kamomad
sifatida qaraladi.
yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha qiymatliklar kamomadi, shuningdek, qiymatliklar
buzilishidan ko‘rilgan yo‘qotishlar aybdor shaxslardan undirib olishga qaratiladi.
Suiiste’molliklar oqibati bo‘lgan kamomad va yo‘qotishlar aniqlanganda tegishli materiallar
kamomad va yo‘qotishlar aniqlangandan so‘ng 5 kun davomida tergov organlariga berilishi kerak,
aniqlangan kamomad va yo‘qotishlar summasiga esa fuqarolik da’vosi taqdim etiladi.
kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari aniqlanmagan hollarda, qiymatliklarning
yo‘qotish me’yorlaridan ortiqcha kamomadi va qiymatliklar buzilishidan yo‘qotishlar Vazirlar
Mahkamasi tomonidan 1999-yil 5-fevralda 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar,
xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi to‘g‘risidagi 
nizomga
muvofiq xo‘jalik
yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarish va davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi yoki
budjet tashkilotida moliyalashtirishni (fondlarni) kamaytirishga aks ettirilishi mumkin.
Bunda qiymatliklar yo‘qotish me’yorlaridan ortiqcha kamomadini va qiymatliklarni
buzilishidan yo‘qotishlarni hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan
hujjatlarda shunday kamomad va yo‘qotishlarning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan choralar
ko‘rsatilishi kerak.
Qiymatliklar buzilishi holati to‘g‘risidagi xulosalar texnik nazorat bo‘limi yoki sifat bo‘yicha
tegishli inspeksiyalardan olinishi kerak.
Tabiiy yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha qiymatliklar kamomadi va buzilishini hisobdan
chiqarilishini rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tergov yoki sud organlarining
aybdor shaxslar yo‘qligini tasdiqlaydigan yoki aybdor shaxslardan zarar undirilishi rad etilgan
qarorlari yoki texnik nazorat bo‘limi yoki tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlardan (sifat bo‘yicha
inspeksiyalar va hokazolardan) olingan qiymatliklar buzilishi holati to‘g‘risida xulosa bo‘lishi kerak.
Qayta navlarga ajratish orqali o‘zaro qoplash natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning
o‘zaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr uchun, birgina tekshirilayotgan shaxsda,
birgina nomdagi tovar-moddiy qiymatliklarga nisbatan va ishonchli shaxs ruxsatiga ko‘ra aynan bir
xil miqdorlarda istisno tarzida yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Yo‘l qo‘yilgan qayta navlarga ajratish to‘g‘risida moddiy javobgar shaxslar ishonchli shaxsga
batafsil tushuntirish taqdim etadilar.
Moddiy javobgar shaxslar aybi bo‘lmagan holda qayta navlarga ajratishda hosil bo‘lgan
qiymatdagi kamomad farqiga inventarizatsiya bayonnomalarida bunday farq aybdor shaxslarga
kiritilmasligi xususida uzil kesil tushuntirish berilishi kerak.
5.71. Inventarizatsiya natijalari inventarizatsiya tugagan oydagi hisob va hisobotda, yillik
inventarizatsiyada esa yillik moliyaviy hisobotda aks ettirilishi kerak.
5.72. Hisobot yilida o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari ma’lumotlari inventarizatsiyada
aniqlangan natijalar qaydnomasida (5-ilova
*
) umumlashtiriladi.



1 — 18-ilovalar
 rus tilidagi matnda berilgan.
5.73. Inventarizatsiya vaqtida aniqlangan qiymatliklar haqiqatda mavjudligi bilan buxgalteriya
hisobi ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlarni tartibga solish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqish uchun
xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga taqdim etiladi.
6. Kuchga kirish sanasi
6.74. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Yüklə 70,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə