Hududiy g’aznachilik hisobraqamlari



Yüklə 62,99 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü62,99 Kb.
#142545
  1   2
Hududiy g’aznachilik hisobraqamlari

Hududiy g’aznachilik hisobraqamlari

TAYORLADI;Baxtiyor Soatliyev

G'aznachilikning yagona hisobraqami to'g'risida tushuncha

  • 2009-yilga kelib, davlat budjeti g'azna ijrosining tashkiliyhuquqiy hamda me’yoriy asoslari ancha takomillashtirildi. Bu davrga kelib, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009-yil, 4-avgustdagi 69-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yil, 16-sentabrda 2007-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan “Davlat budjetining g'azna ijrosi Qoidalari” qabul qilindi. Ushbu “Qoidalar “Budjet tizimi to‘g ‘risida”gi va “Davlat budjetining g'azna ijrosi to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasining qonunlari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil, 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining g'azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi va uning hududiy bo'linmalari tomonidan respublika va hududiy g'azna hisobvaraqlarini qo'llash sharoitida respublika budjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va maha

Respublika va hududiy g'aznachilik hisobraqamlarining yuritilishi

  • Yuqorida nomi keltirilgan 2007-son “Davlat budjetining g'azna ijrosi Qoidalari”da respublika va hududiy g'azna hisobvaraqlarini qo'llash sharoitida respublika budjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlaming g'azna ijrosini amalga oshirish tartiblari belgilab berildi. Unga ko'ra, davlat budjetiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to'lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar banklar tomonidan o'matilgan tartibda qabul qilinadi va 23402 (005) “Respublika budjetining mablag'lari” hisobvarag'iga kirim qilinadi hamda belgilangan me’yorlarga muvofiq, banklarda ochilgan tegishli budjetlaming g'azna hisobvaraqlariga ajratiladi.

Budjetdan mablag' oluvchilaming xarajatlari to'lovi moliya yili uchun ajratilgan budjet mablag'lari doirasida tasdiqlangan (aniqlangan) xarajatlar smetalari, shuningdek, 2007-son Qoidalarga muvofiq ro'yxatga olingan, budjetdan mablag' oluvchilaming mahsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari asosida: respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo'yicha — O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi yoki uning hududiy bo'linmalari tomonidan Qoidalarda belgilangan tartibda; Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti yoki mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo'yicha — O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligining hududiy g'aznachilik bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 62,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə