Kapital tarkibi va bahosi reja



Yüklə 14,64 Kb.
səhifə1/3
tarix19.08.2023
ölçüsü14,64 Kb.
#120684
  1   2   3
Kapital tarkibi va bahosi-fayllar.org


Kapital tarkibi va bahosi




KAPITAL TARKIBI VA BAHOSI 

Reja: 
1.Kapital tarkibi va bahosi tushunchasi
2.Moliyalashtirishning qarz manbalari bahosini aniqlash
3.Moliyalashtirishning oʻz manbalari bahosini aniqlash
Tayanch soʻz va iboralar: kapital, kapital tarkibi, kapital bahosi, kredit 
bahosi, korporativ obligatsiyalar bahosi, aktsiyalar bahosi, oddiy aktsiyalar bahosi, 
imtiyozli aktsiyalar bahosi, xususiy kapital bahosi, qarz kapitali bahosi 

Kapital tarkibi va bahosi tushunchasi 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslarning asosiy turlari hisoblangan moddiy,
mehnat va moliyaviy resurslarsiz tadbirkorlik faoliyatini yuritish mumkin emas. Bu
resurslar, oʻz navbatida, tekin emas. Ularni qidirib topish, jalb qilish,
boshqarish va boshqa jihatlar ma‘lum bir xarajatlarni talab qiladi. Oʻxshash
xarajatlarni ratsional va samarali boshqarish koʻp jihatdan korxona moliyaviy
faoliyati yakuniy natijalarini oldindan belgilab beradi. Foydalanilgan resurslarning
qiymatini oshirish orqali loyihalarni amalga oshirish natijasida daromad olingan
holatlarda korxonada qoʻshimcha qiymat yaratiladi va samarali ishlayotgan
hisoblanadi.
Moliyaviy resurslar ham bundan mustasno emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
korporativ moliyada turli xil moliyalashtirish manbalaridan keng doirada foydalanish
imkoniyati mavjud. Bunda korporativ moliyaviy boshqaruvning asosiy vazifasi
korxona bozor qiymatini maksimallashtirish va mulkdorlar moliyaviy barqarorligi
yanada oʻsishini ta‘minlovchi faoliyatni moliyalashtirish manbalarining optimal
variantini topish hisoblanadi. Shuning uchun korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati
uchun zarur moliyaviy resurslarni jalb qilish, ularning optimal tarkibini belgilash,
foydalanish uchun toʻlovlar borasida qaror qabul qilish masalalari bugungi kun
korporativ moliya nazariyasi va amaliyotining keng qamrovli masalalaridan biri
sanaladi.
Qayd etib oʻtish kerakki, korporativ tuzilmalarning moliyaviy strukturasini
shakllantirishga doir turli xil nazariyalar, konsepsiya va yondashuvlar amal qilsada,
bu borada yagona xulosaga hali-hamon kelinmagan. Lekin boshqa tomondan,
kapital tarkibi nazariyasining asosiy qoidalarini bilish biznesni moliyalashtirish va
qoʻshimcha qiymat yaratish prinsiplarini chuqur anglash kapital tarkibini
optimallashtirish boʻyicha samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini
beradi.
Korxona oʻz faoliyati uchun turli manbalardan zaruriy kapitalni oladi. Bu
jarayonda foydalaniladigan kapital manbalari jalb qilish shakli va bahosi boʻyicha
oʻzaro farqlanadi. Shunga qaramasdan oʻxshash jihatlariga koʻra kapital manbalari
umumiy holatda xususiy va qarz kapitaliga boʻlinadi. Bunday bogʻliqlikdan kapital



tarkibi tushunchasi korxonani moliyalashtirishda xususiy kapital va qarz kapitali


oʻrtasidagi oʻzaro nisbatni anglatadi.
Kapitalni jalb qilish uchun toʻlov keng qamrovga ega hisoblanadi. Biror bir
korxonaga mablagʻ qoʻyishda mulkdorlar belgilangan daromadlarni dividend
koʻrinishida olish yoki kapital oʻsib borishini hisob-kitob qiladilar. Oʻz navbatida,
kreditorlar olinadigan foizli daromadlarni hisob-kitob qiladilar. Hattoki, mavjud
mablagʻlardan foydalanish rad etilganda ham korxona tomonidan mablagʻlarni qayta
joylashtirish qoʻshimcha xarajatlarning yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Shunday
qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida tekin kapital manbalari boʻlmaydi.
Ma‘lum bir kapital manbasidan foydalanish hisobiga toʻlanishi lozim boʻlgan
umumiy summa va kapital hajmi oʻrtasidagi nisbatning foizlarda aks ettiriladigan
miqdori kapital bahosi (Cost of Capital – CC) deb ataladi.
Mos ravishda korxona kapitalining umumlashgan bahosi uning alohida
komponentlari bahosi qoʻshilgan holda aniqlanadi.
Korporativ moliyani boshqarishda kapital bahosi asosiy koʻrsatkichlardan biri
hisoblanadi va quyidagilarni hal qilishda keng foydalaniladi:
- investorlar tomonidan qoʻyilgan mablagʻ boʻyicha talab qilinadigan
qaytimni oʻzida aks ettiradi;
- investitsiyalarning bir necha xil variantlaridan birini toʻgʻri tanlash
imkonini beradi;
- moliyalashtirish manbalari tarkibini boshqarishning asosi hisoblanadi;
- korxona faoliyatining va mulkdorlar uchun qoʻshimcha qiymat
yaratishning samaradorligini oshirish richaglaridan biri sifatida yuzaga chiqadi va
boshqalar.
Amaliyotda asosiy murakkablik mos manbalardan olinadigan kapitalning
alohida komponentlari bahosini aniqlashda kuzatiladi. Ba‘zi manbalar uchun kapital
bahosini aniqlash birmuncha oson. Masalan kreditlar boʻyicha kredit shartnomasida
keltirilgan foiz toʻlovlari, yoki obligatsiyalar boʻyicha emissiya prospektida qat‘iy
belgilangan foiz stavkasi kapital bahosini oʻzida ifodalaydi. Boshqa aksariyat
manbalar boʻyicha esa kapital bahosini aniqlash birmuncha murakkab hisoblanadi
va aniq hisoblash imkoniyati mavjud emas. Lekin taqdim etilgan kapitaldan
foydalanish hisobiga kapital egasi tomonidan talab qilinadigan toʻlovlar, jalb qilish
bilan bogʻliq xarajatlar (emissiya xarajatlari, kredit shartnomasini rasmiylashtirish,
sugʻurtalash, garov, maslahatchilar jalb qilish va boshqa xarajatlar) korxona
tomonidan aniqlanishi mumkin. Kapital bahosi mablagʻlarni jalb qilish uchun
sarflanadigan vaqt va risk omillari ta‘sirini baholashni ham taqozo etadi.
Lekin, e‘tibor qaratish talab etiladigan darajada murakkabliklar, aniqlik
darajasini pasaytiruvchi ob‘ektiv va sub‘ektiv omillar mavjudligiga qaramasdan
kapital yoki uning alohida komponentlari bahosini aniqlash, hech boʻlmaganda
taxminiy bahosini belgilash masalasiga korporativ moliyani boshqarish amaliyotida



moliyaviy boshqaruv oldidagi oʻtkir zarurat sifatida qaralishi lozim. Bu jihatni


moliyaviy boshqaruvchilar tomonidan korxona va uning boʻlinmalari faoliyat
samaradorligini baholash investitsion samaradorlikni baholash kabi muhimligi bilan
izohlash mumkin.
Korporativ moliya amaliyotida keng tarqalgan kapital manbalari bahosini
aniqlashning konseptual yondashuvlarini quyida koʻrib chiqamiz. Shuningdek, bu
jarayonda foydalaniladigan metodlar va modellarga alohida toʻxtalib oʻtamiz.



Yüklə 14,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə