Kapital tarkibi va bahosi reja


Moliyalashtirishning qarz manbalari bahosini aniqlash



Yüklə 14,64 Kb.
səhifə2/3
tarix19.08.2023
ölçüsü14,64 Kb.
#120684
1   2   3
Kapital tarkibi va bahosi-fayllar.org

Moliyalashtirishning qarz manbalari bahosini aniqlash 
Korxona kapitalini shakllantirishning uzoq muddatli qarz manbalari
an‘anaviy turlari sifatida bank kreditlari, obligatsiyalar, lizing va boshqalarni
keltirish mumkin.
Aksariyat qarz manbalarining manbasi haqiqatda jalb qilingan summa va
uning qoplanishi boʻyicha toʻlovlar oqimi asosida aniqlanishi haqida yuqorida ham
ta‘kidlandi. Buning uchun bizga ma‘lum boʻlgan pul oqimlari boʻyicha
daromadlilikning ichki me‘yori (IRR)ni hisoblash formulasidan foydalanamiz.
Bu yerda, CF
1
– pul oqimi (qoidaga koʻra annuitet);
R – qarz mablagʻining toʻliq qiymati (mazkur toʻlovlar oqimlari boʻyicha
daromadlilikning ichki me‘yori, IRR);
– toʻlovlar umumiy soni;
D
0
– t = 0 davrda jalb qilingan qarz mablagʻi miqdori;
TC – qarz mablagʻini olish bilan bogʻliq jami xarajatlar miqdori.
Umumiy holatda har qanday qarz mablagʻining muhim xususiyatlaridan biri
sifatida qarz mablagʻlari boʻyicha toʻlanadagigan foiz toʻlovlarining foyda soligʻi
boʻyicha soliqqa tortiladigan bazadan chegirilishi yoki mahsulot tannarxiga
kiritilishini keltirish mumkin. Shuning uchun 1-formuladan olingan R miqdor
mazkur natijani aks ettirish maqsadida (1 – T) koʻpaytuvchiga toʻgʻrilanadi.
Shunday qilib, qarz kapitalining yakuniy bahosi toʻlanadigan foyda soligʻi
ta‘sirini hisobga olgan holda quyidagicha aniqlanadi:
k
D
= R x (1 – T)
bu yerda, k
D
– qarz kapitali bahosi; 
T – foyda soligʻi stavkasi.
Misol koʻrib chiqamiz.
Korxona nominal qiymati 1000 birlikka teng, qoplash muddati 10 yil, yillik
kupon stavkasi 10% va bir yilda bir marta toʻlanadigan obligatsiya muomalaga
chiqardi. Emissiya hajmi – 100 000 dona. Obligatsiyalar nominalga nisbatan 93,2%
kurs boʻyicha joylashtirilgan. Har bir obligatsiyani muomalaga chiqarish boʻyicha
xarajatlar 50 birlikni tashkil etgan. Foyda soligʻi stavkasi 20%. Qarz mablagʻi
qiymatini aniqlang.


Masala ma‘lumotlarini 1-formulaga qoʻyib chiqamiz


Mazkur tenglikni echish 0,1210 ga teng boʻlgan miqdorni beradi (tekshirib
koʻrish kerak). Shunda foyda soligʻini hisobga olgan holda obligatsion qarz qiymati
2-formulaga asosan
k
D
0,1210 x (1 – 0,2) = 0,0968 = 9,68%.
1-formuladan va keltirilgan misoldan koʻrinib turibdiki, soliqni hisobga
olmasdan obligatsiyaning oldingi bahosi amaliy jihatdan uning haqiqiy bahosiga
va istisno ravishda aniqlanadigan pul oqimiga bogʻliqlik kasb etmaydi. Oʻz
navbatida, 2-formulaga muvofiq obligatsiyaning haqiqiy bahosi amaliyotda uni jalb
qilishga ketgan xarajatlarni ham hisobga olgan holda nominaldan (kapital egasi
talab qiladigan nominaldan ham) past narxda boʻlib koʻrinadi. Qarz kapitali
qiymatini pasaytirishning koʻrib chiqilayotgan ta‘sir natijasi ―soliq orqali himoya‖
deb yuritiladi. Lekin agarda firma zarar bilan ishlayotgan boʻlsa, qarz kapitali
bahosi moliyaviy xarajatlarga mustasno ravishda real imkoniyatlar yoʻqligi sababli
oʻzgarmaydi.
Qarz mablagʻlari jalb qilish orqali moliyalashtirishda kapital bahosini
aniqlashda 1-formulaga universal yondashuv sifatida qaraladi. Shuning uchun
lizing, veksel, kreditlar boʻyicha ham kapital qiymatini baholashda 1-foomuladan
foydalanish mumkin. Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning murakkab
instrumentlari hisoblangan konversiyalanadigan yoki chaqirib olinadigan
obligatsiyalar va boshqalar boʻyicha kapital qiymatini baholash birmuncha
murakkab jarayon hisoblanadi.
Kredit bahosi haqida soʻz yuritganda qarz oluvchi tomonidan kredit jalb qilish
va undan foydalanish uchun toʻlanadigan barcha xarajatlarni nazarda tutish lozim.
Boshqacha aytganda, kredit bahosi tarkibiy jihatdan kredit shartnomasida
belgilangan kredit foiz stavkasi va bank tomonidan belgilangan qoʻshimcha
toʻlovlar, biznesni rejalashtirish boʻyicha boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Bank
tomonidan joriy etilgan kredit boʻyicha toʻlovlarga kredit buyurtmasini koʻrib
chiqish va kreditni rasmiylashtirish uchun haq, kredit berganlik uchun vositachilik
haqi, kredit hisobvaragʻini yuritish va uni boshqarish uchun toʻlov, kredit boʻyicha
oʻtkaziladigan toʻlovlar boʻyicha komission haq, mijoz majburiyatlari oʻz vaqtida
toʻliq bajarilmagan holatlarda toʻlanadigan penya kabilarni kiritish mumkin.
Kredit bahosiga ta‘sir qiluvchi tashqi omillar sifatida mamlakatdagi
(hududdagi) ijtimoiy-siyosiy holat, Markaziy bankning pul-kredit siyosati, qayta
moliyalash stavkasining oʻzgarishi, banklararo raqobat muhiti, kreditga boʻlgan
talab darajasi (iqtisodiyotda kreditning tutgan oʻrni), inflyatsiya darajasi, budjet-
soliq siyosati (soliq yuki darajasi) va boshqalarni keltirish mumkin. Ichki omillar
sifatida esa tijorat banklarining kredit siyosati, foiz siyosati, jalb qilingan moliyaviy
resurslarning miqdori va qiymati, qarz oluvchining moliyaviy holati va kredit tarixi,
kredit ta‘minoti, risklilik darajasi, kredit muddati va toʻlash shartlari, kredit
berilayotgan valyuta, kredit miqdori va boshqa shu kabilarni keltirish mumkin.
8







Yüklə 14,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə