Laboratoriya ishi Mavzu: Internet tarmog‘ida ma’lumotlarni izlash va saqlash. Ishning maqsadi



Yüklə 82,86 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü82,86 Kb.
#165830
  1   2   3
tarmoq texnologiyasi va e-pochta


Laboratoriya ishi
Mavzu: Internet tarmog‘ida ma’lumotlarni izlash va saqlash.


Ishning maqsadi: Internet Explorer dasturida ma’lumotlarni qidirib topish, ularni saqlash, chop etish, pochta orqali ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish usullari bilan tanishish.
Kutilayotgan natija: Internetdan olingan ma’lumotlarni saqlash, chop etish, uzatish, pochta orqali ma’lumotlar almashishni bilish.

Laboratoriya jihozlari: Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar.

Nazariy ma’lumotlar:


Darchada ochilgan Web–sahifa matnini siz istagan jildda saqlash uchun quyidagi menyu yo‘lini faollashtirishingiz kifoya: Файл(File) – Сохранит’ как. . . (Save as. . . ).

Web–sahifadagi rasmlardan birini alohida saqlab qo‘yish uchun sichqoncha ko‘rsatkichini kerakli rasmning ustiga olib kelib o‘ng tomonini bosish natijasida paydo bo‘ladigan menyu orqali saqlanadi: “Сохранит’ рисунок как. . . ” (Save Picture As. . . ) yo‘li faollashtiriladi va rasmga nom berib «Сохранит’» tugmasini bosiladi.

Web sahifasidagi ma’lumotdan nusxa ko‘chirish.
1) Nusxasi ko‘chiriladigan ma’lumot belgilanadi. Butun sahifada nusxa ko‘chirish uchun «Правка» menyusidagi «Копироват’» buyrug‘i ishlatiladi.
2) Nusxasi ko‘chirilgan matn qo‘yiladigan xujjat ochiladi va yurgich xujjatning nusxa qo‘yiladigan joyiga olib kelinadi.
3) «Правка» menyusidagi «Вставит’» buyrug‘i yordamida Web sahifasidagi ma’lumot nusxasi xujjatning kerakli joyiga qo‘yiladi.
Hujjatni bosmadan chiqarish
Web–sahifadagi ma’lumotni bosmadan chiqarish uchun standart qurollar penelidagi piktogrammasini bosish orqali, yoki menyudan «Файл»«Печат’» ketma – ketligi bajarilishi orqali amalga oshiriladi.
Drweb dasturini Internetdan qidirib topib, saqlab olishni ko‘rib otaylik. Buning uchun Internet Explorer dasturini yuklaymiz va qidirish oynasiga Dr.web скачат’ deb yozib «Найти» tugmasini bosamiz
. «Найти» tugmasi bosilgandan so‘ng Dr.web dasturi ro‘yxati akslangan oyna hosil bo‘ladi. Bu oynadan kerakli dastur ustida sichqoncha ko‘rsatkichi bir marta bosiladi.

Dastur tanlangandan so‘ng quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

Bu oynadan скачат’ Dr.web yozuvi tanlanadi, natijada dasturni saqlash yoki ochish oynasi hosil bo‘ladi. Bu oynadan tugmasini bosamiz va dasturni qayerga saqlash yo‘lini korsatamiz.





Pochta orqali ma’lumot almashish.
Rambler qidiruv sistemasi yordamida pochta orqali xat yozib jo‘natish uchun Internet Explorer dasturi va Rambler qidiruv sistemasi yuklanadi. Dastur yuklangach oynaning «Имя» va «Парол’» degan bolimlariga elektron pochta manzili va parol kiritilib Enter tugmasi bosiladi. Natijada elektron pochta yuklanadi.

Bu yerda sizga kelgan xatlar, jo‘natilgan xatlar, yozilgan xat nusxalari va o‘chirilgan xatlar joylashadi. Bu oynadan «Написат’ пис’мо» bandi tanlanadi va quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

Bu oynada «Кому:» bo‘limiga elektron manzil nomi, «Тема:» bo‘limiga xat mavzusi, «Текст пис’ма:» bo‘limiga xat mazmuni kiritilib, «Отправит’ пис’мо» tugmasi bosiladi. Xat muvaffaqiyatli jo‘natilsa, jo‘natilganlik haqida ma’lumot chiqadi

hamda «Отправленные» bandiga joylashadi.
«Входящие» bo‘limiga kirib sizga kelgan xatlar bilan tanishishingiz mumkin.


Yüklə 82,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə