3-mavzu: Shaxs strukturasi va uning tarkibiy qismlari Reja



Yüklə 54,2 Kb.
səhifə1/2
tarix16.06.2023
ölçüsü54,2 Kb.
#117504
  1   2
hQINRm0ILIvkALacrfPn7fuB8moHX9Fcli5U6u9a


3-mavzu: Shaxs strukturasi va uning tarkibiy qismlari
Reja:

  1. Shaxs strukturasi tushunchasi.

  2. Shaxs strukturasini tashkil etuvchi elementlar: qadriyatlar, maqsad va vazifalar, pozitsiyalar, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini qadrlash, motivatsiya.

  3. Shaxs stukturasida bu elementlarning har birining o‘rni va roli.

  4. Har bir elementning o‘qituvchining faoliyatiga ta’siri (o‘zi, o‘quvchilar, ota-onalar, hamkasblar bilan munosabatda).


Shaxs strukturasi tushunchasi
Psixologiyada shaxsni bir qancha sturkturalari ishlab chiqilgan. Shulardan biri K.K.Platonov tomonidan taklif etilgan shaxsning dinamik funksional tuzilishini kо’rib chiqamiz:
1. Ishonch va ishonchsizlik krizisi (1 yoshgacha davrdagi vaqt)
2. Uyat va shubhaning aksi avtonomlashishi (2 – 3 yoshda)
3. Shaxsning yо’naltirilganligi (dunyoqarashlari, e’tiqodlari, ideallari, intilishlari, qiziqishlari,istaklari) Shakllanish usuli – tarbiY.
4. Shaxs tajribasi – bilim, malaka, kо’nikma, odatlar. Shakllanish usuli – ta’lim.
5. Psixik protsesslarning xususiyatlari – diqqat, sezgi, idrok, xotira, taffakur, xayol, hissiyot iroda. Shakllanish formasi – mashqlar.
6. Biolopsixik xususiyatlar – oliy nerv faoliyatining tipi, temperament, layoqatlar, jinsiy farq.
Shakllanish formasi – trenirovka. Shaxsni о’rganish tarixida uchta asosiy bosqich: falsafiy, klinik va eksperimental bosqichlar mavjud. Zamonaviy psixologik nazariyalarda ham uchta asosiy: psixodinamik, sotsiodinamik va interaksion yо’nalishlar farqlanadi. Psixodinamik nazariyalarga shaxsni, uning xulq-atvorini psixologik yoki ichki subyektiv xarakteristikalari bilan ta’riflaydigan nazariyalar kiradi. Sotsiodinamik nazariyalarda xulq-atvordagi asosiy rol tashqi vaziyatga berilib, shaxsning ichki xususiyatlariga yaxshi e’tibor berilmaydi. Interaksion nazariyalarda odamning aktual xatti-harakatlarini boshqarishda ichki va tashqi faktorlar ta’siri asosiy prinsip hisoblanadi. Tajriba yо’li bilan yig‘ilgan faktlarni analiz qilish va umumlashtirish asosida shakllangan nazariyalar eksperimental nazariyalar deyiladi. Noeksperimental nazariya namoyondalari о’zlarining kuzatishlari, tasavvurlari natijalarini nazariy umumlashtirib tajriba о’tkazish uslublaridan foydalanmaydilar.
Z.Freyd tomonidan ishlab chiqilgan “psixoanaliz” nazariyasini psixodinamik, noeksperimental nazariyalarga kiritish mumkin. Bu nazariyada shaxsning butun hayoti olinib, uni shaxs sifatida ta’riflash uchun uning ehtiyoj va motivlari kо’rib chiqiladi. Gumanistik nazariya namoyondalari (A. Maslou, K. Rodjers) shaxs bо’lib shakllanayotgan inson о’z-о’zini aktivlashtirishga intilishini asosiy xususiyat deb hisoblaydilar.
A.N.Leontyev konsepsiyasida esa shaxsning tuzilishi va rivojlantirishda asosiy о’rin shaxs faoliyatiga ajratiladi. Psixologiya fanida sistemali yondashuvga oid tadqiqotlarning kо’rsatishiga qaraganda, har qaysi tizimning tavsifi sifatida uning tuzilishi qabul qilinadi. Odatda, ya’ni struktura - bu obyektning bir qator tarkiblari о’rtasidagi uning yaxlitligi, о’ziga о’zining ayniyatlashuvini ta’minlovchi barqaror ichki aloqalar majmuasidir. Biz shaxs strukturasi, ya’ni tuzilishi muammosini bayon, talqin qilishda tayanch va jabha, komponent tushuncha tariqasida yaxlit tuzilishning nisbiy mustaqil qismidan, tahlilning birligi sifatida element tushunchasidan (atamasidan), har qanday kontekstlardan yaxlitlik xususiyatini aks ettirmasa ham ulardan foydalanamiz. Bunday tafovut (farq) shaxs xususiyatlarini yaxlit holda mukammal ochish uchun tarkibiy tizimli va elementli tizimli darajalarini namoyon etish uchun mutlaqo zarur. Shaxsning tuzilishi tо’g‘risidagi muammo о’zining dolzarbligi bilan fanning tadqiqot doirasidan, predmetidan tashqari chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning yaratilishi, ihlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning ijtimoiy mohiyatini qirralarini ochish imkoniyatiga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiyaga falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlarning namoyondalari tomonidan uni muhokama qilish namoyon bо’layotganligi tufayli unga qiziqishning yuksakligidan dalolat bermoqda. Psixologiya fani shaxs strukturasining modelini yaratishga boshqa fanlardan izchilroq kirishadi, uning tabiatini aks ettirish imkoniyatiga erishadi, natijada u psixologiya muammolari majmuasida markaziy о’rin egalladi. Psixologiya olimlari tomonidan tadqiqot qilinayotgan dolzarb muammolar bilan shaxs tuzilishiga oid masala u yoki bu jabhasi orqali uzviy bog‘likka ega. Bu kontekstda xula motivatsiyasi, shaxsning tipologiyasini ishlab chiqish, shaxsga ta’sir о’tkazishning samarali yо’lyо’riqlarini qidirishni eslatib о’tishning о’zi kifoY.
B.D.Pariginning fikricha, shaxsning statik tuzilishga quyidagilar kiradi:
1) umuminsoniy psixologik xususiyatlar;
2) milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy о’ziga xos xususiyatlar;
3) shaxsning individual betakror xususiyatlari. Bizningcha, olim tomonidan ta’kidlab о’tilgan xususiyatlarning har qaysisi shaxs psixikasida mavjud bо’lib, ular alohida xislatlar guruhi kо’rinishiga ega emasdirlar.
Yuqorida tahlil qilingan modellarning hech qaysisi sistemali yondashuv doirasidagi hozirgi zamon shaxs strukturasi tо’g‘risidagi modelga mos kelmas edi. Ushbu modellarning tarkib (jabha) larida nisbiy mustaqil birlik xususiyati aks topmaganligi tufayli bir vaziyatda ular о’zaro tobe elementlarga, ikkinchi hodisalarda esa takroriy xislatlar kо’rinishiga о’xshab ketadi. Shuningdek, shaxs tuzilishi umuman muayyan nazariy yoki amaliy ahamiyatga tomon (jabha) lari bilan ajralib turmaydi. Shuning uchun ta’kidlangan hech bir model psixologik mohiyatini о’zida aks ettiruvchi, jamiyat a’zosi sifatidagi insonning tipiklik va individuallik qiyofalarini tahlil qilishni ta’minlay olmaydi.
Uzoq chet el psixologlarining shaxs tuzilishining mohiyatini ochib berishga qaratilgan kо’pgina yondashuvlari ham yuksak kо’rsatkichlarga erishmaganligi tufayli bu masalani yoritish uchun keskin о’zgarish kiritilmadi. G.Olport, G.Myurrey, R.Linton, K.Rodjers, A.Maslou va boshqa olimlarning yaqqol shaxsning psixologik mohiyatini tushunchalar tizimi yordami bilan xaspо’shlashi ijobiy izlanish tarzida о’ziga tortadi, lekin unda shaxs “kundalik turmushimizda biz bilgan shaxsning aynan timsolidir” deb ta’riflanadi.
Mazkur ijobiy ezgu niyatlarni amaliyotda qaror toptirishga shaxsning tizimi tashkiliy tomonini baholay olmaslik va ichki omillar rolini bir tomonlama orttirish holati tо’sqinlik qiladi. Jumladan, R.Linton shaxs tuzilishini “individuumga aloqador psixik holatlar va hodisalar tashkiliy agregati” deb talqin qilishni taklif qiladi, buning natijasida ularning shunchaki yig‘indisi yuzaga keladi, xolos. Taniqli AQSH psixologi G.Olportning fikricha, shaxs “ichki tizim”, “dinamik qurilma”, “Men”, “qandaydir metapsixologik Men” о’zida oldindan maqsad va dispozitsiyani aks ettiruvchi, inson tafakkuri va xulqatvorida mutanosib ravishda qaror toptiruvchi jonzotdir”.
Xuddi shu boisdan shaxsning sinfiy-tarixiy jihatdan yaqqol baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil о’rnini psixologik talqin egallaydi chamamda. Psixologlardan T.Parsons, G.Mid va boshqalar “shaxsning rolli tuzilishi” nomli konsepsiyani ishlab chiqib, odamning yaxlit subyektiv dunyosini, uning psixologik qiyofasini diqqat markazidan, idrok maydonidan chetda qoldiradilar.



Yüklə 54,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə