3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Foydalangan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/79
tarix27.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124339
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79
buxgalteriya hisobi asoslari (1)

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati 
1. O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi. Toshkent O’zbekiston 2001 yil 
2. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’q’risi»dagi qonuni Toshkent, 
1996 yil 30-avgust 
3. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida O’zbekiston, 
1995. 
4. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T.O’zbekiston 1998 
5. Buxgalteriya hisobining milliy andozalari Toshkent 1998-2000. 
6. Umarova M va boshqalar. Buxgalteriya hisobi. Darslik. Toshkent, Mehnat 1999. 
7. Inoyatov U. va boshqalar Buxgalteriya hisobi Toshkent, Sharq 2001. 
8. Gadoev E. va boshqalar Boshlovchilar uchun buxgalteriya hisobi Toshkent 1996. 
9. Xudoyberdiev U.Buxgalteriya ucheti nazariyasi. Samarqand 1995. 
 
6-MAVZU. HUJJATLASHTIRISH VA INVENTARIZATSIYA. 
 
Reja: 
6.1. Hujjatlar haqida tushuncha va ularining rekvizitlari. 
6.2. Hujjatlarning turkumlanishi va ularning ahamiyati. 
6.3. Inventarizatsiya va uning turlari. 
6.4. Invetarizatsiyani o’tkazish tartibi va uning natijalarini rasmiylashtirish. 
6.1. Hujjatlar haqida tushuncha va ularining rekvizitlari.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda quyidagi qoidalarga rioya qilish asosiy talab 
hisoblanadi. 
BUXGALTER HECH KIMNING OG’ZAKI SO’ZIGA 
ISHONMASLIGI KERAK 
Amalga oshirilgan har qanday operatsiya yoki hisob kitob buxgalteriya hujjatlarida uz 
aksini topishi kerak. 
Hujjat bu xo’jalik operatsiyalarining haqiqatdan amalga oshirilganligini isbotlovchi 
yozma dalildir. Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi metodining muxim elementlaridan biridir. 
Chunki buxgalteriya schyotlariga yoziladigan operatsiyalar faqat hujjatlarga asosan yoziladi. 
Xo’jalik operatsiyalarini tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish hujjatlashtirish deyiladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Hujjatlar xo’jalik operatsiyasi to’q’risida to’liq ma'lumot berish va uz vaqtida to’q’ri 
to’lg’azilishi lozim. qu7kjatlar vositasida moddiy-javobgar shaxslar hisobidagi tovar-moddiy 
boyliklariing qoldig’i va harakati (kelib chiqish, berilishi), ularning saqlanishi tekshirilib 
turiladi. Hujjatlar asosida operatsiyalarning maqsadga muvofiqligi qonuniyligi
aniqlanadi. Shuning uchun ham hujjatlar ushbu operatsiyani bajarishga buyruq bergan va 
amalda bajargan shaxslarning imzolari bilan tasdiqlanadi. Korxonalar xo’jalik faoliyatini 
taftish qilganda ham hujjatlarga asoslanadi. Hujjatlar sud-buxgalteriya ekspertizasi, ya'ni 
zarur bo’lgan paytlarda tergov organlari, prokuratura, sud yoki arbitiraj ishlarini olib borishda 
dalil bo’lib xizmat qiladi. 
Har bir hujjat ma'lum bir ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. Hujjatlarda qayd qilingan (aks
ettirilgan) xo’jalik operatsiyalarini harakterlovchi ko’rsatkichlar shu hujjatning rekvizitlari 
deb ataladi. 
Rekvizit lotincha suz bo’lib «talab qilinadigan»,kerakli degan ma'noni anglatadi. 
O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’q’risida»gi Qonunning 9-
moddasida hujjatlarda quyidagi majburiy rekvizitlar bo’lishi talab qilinadi: 
-korxonaning (muassasaning) nomi; 
-hujjatlarning nomi va raqami; 
-hujjatlar to’zilgan sana ( yil,oy,kun) va joy; 
-xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishda va ularni to’q’ri 
rasmiylashtirishga ma'sul shaxslar shaxsiy imzolari. 
Operatsiyalarning mazmuni va harakteriga qarab, hujjatlarda yuqoridagi majburiy
rekvizitlardan tashqari qo’shimcha rekvizitlar ham bo’ladi. Hujjatlarning hammasi uz 
vaqtida aniq tushunarli holda talab qilinishiga qarab bir nusxada,ikkita,uchta va undan ortiq 
(oddiy kalamda to’lg’azish mumkin emas) sharikli ruchka pastasida.yozuv mashinkasida yoki 
hisoblash mashinalari vositasida yozilishi kerak. Kassa kirim va chiqim orderlari va bank 
cheklari bir nusxada xatosiz tuldirilishi kerak. Xukumatimizning hisob ishlarini 
soddalashtirish va arzonlashtirish to’q’risidagi qarorlariga asosan, xozirgi paytda ko’pgina 
operatsiyalar bo’yicha hujjatlarning unifikatsiyalashgan va standartlashgan namunali 
shakllari qabul qilingan. Masalan kassa kirim va chiqim orderlari hamma korxona va 
tashkilotlar uchun bir xil shaklda. Unifikatsiya deb bir turdagi operatsiyalarni yagona 
shakldagi hujjat bilan rasmiilashtirishga aytiladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə