3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Buxgalteriya rasmiylashtirish hujjatlari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/79
tarix27.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124339
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79
buxgalteriya hisobi asoslari (1)

4.Buxgalteriya rasmiylashtirish hujjatlari
hisob-apparati xodimlari tomonidan hisob 
ishlarini tezlashtirish va ixchamlashtirish uchun to’ziladi. Bu hujjatlar to’q’ridan-to’q’ri biron 
bir xo’jalik operatsilarini rasmiylashtirish uchun emas,balki usha xo’jalik operatsiyasi sodir 
bo’lgan vaqtda rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar asosida to’ziladi. 
5. Axborot hujjatlar
korxona buxgalteriyasiga faoliyatiga tegishli iqtisodiy 
ko’rsatkichlarni normativ ma'lumotlar beruvchi hujjatlardir. Hujjatlar mazmuniga kura 
material, pul,hisob kitob.bank va boshqa turlarga bo’linadi. Buxgalteriya hisobining hujjatlari 
to’zilish tartibiga kura dastlabki va yigma hujjatlarga bo’linadi. 
6. Dastlabki hujjatlar
deb, bir xo’jalik operatsiyasi sodir bo’lgan vaqtda 
rasmiylashtiriladigan hujjatlarga aytiladi.Masalan,naryadlar,har xil aktlar, marshrut 
varaqalari,kassaning kirim va chiqim orderlari va boshqalar. 
Yigma hujjatlar
deb, bir necha dastlabki hujjatlar ma'lumoti asosida yigilib to’zilgan 
hujjatlarga aytiladi. 
Masalan moddiy javobgar shaxs hisoboti, hisobdor shaxslarning bunak hisoboti va 
boshqalar.Korxonalarda amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari aks ettirilgan buxgalteriya 
hujjatlari ramiylashtirilgan davrdan boshlab ularni arxivga topshirishga kadar ko’pgina 
boskichlarni bosib utadi. Ushbu boskichlarning yig’indisi 
hujjatlar aylanishi
deb ataladi. 
hamma buxgalteriya ishlovidan utgan hujjatlar saqlash uchun tayyorlanadi. Ular 
operatsiyalarning mazmuni,to’zilgan vaqti va shu kabi tavsiflarga qarab taxlanadi va 
papkalarga tiqiladi. 
Papkadagi barcha hujjatlar nomerlanadi va papka jildiga tashkilot nomi kanaka 
hujjatlar qaysi vaqt (yil,oy) hujjatlar nechta ekanligi ko’rsatiladi. Buxgalteriya hujjatlari 
ma'lum muddatgacha tashkilot arxivida maxsus jixozlangan shkaf,stellajlarda saqlanadi. 
Hujjatlarda aks ettirilgan operatsiyalarning mohiyatiga qarabularni saqlash muddati har 
xil. Masalan,schyot-faktura nakladnoylar bir yil; kassa hujjatlari uch yil; kassa kitobi doimiy 
saqlanadi. 6.3. Inventarizatsiya va uning turlari. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Tashkilot buxgalteriyasida moddiy boyliklarda bo’ladigan hama o’zgarishlar hujjatlar 
asosida analitik va sintetik schyotlarda qayd etib boriladi va ma'lum vaqtlarda analitik hisob 
ma'lumotlarining sintetik hisob ma'lumotlariga tengligi tekshirib boriladi. Lekin omborlarda 
mahsulot qoldiqlari hamma vaqt ham buxgalteriya ma'lumotlari bilan to’q’ri kelavermasligi 
mumkin. Bunga oziq-ovqat mahsulotlarining tabiiy kamayish xususiyati (issik kunlarda 
maxsuloglar ko’rib, og’irligi kamayadi, sepiluvchi tovarlar tashib keltirish,saqlash va 
sotish mobaynida tuqiladi va shu kabilar), moddiy javobgar shaxslarning boyliklarni qabul 
qilish yoki sotishda xatoliklarga yo’l kuyishi, o’lchov asboblarining to’q’ri emasligi.ugirlik 
sodir bo’lganligi,moddiy javobgar shaxs xiyonat qilganligi va shu kabilar boshqa sabablar 
bo’lishi mumkin. 
Xo’jalik mablag’larining haqiqiy miqdorini va ularning buxgalteriya hisobi 
ma'lumotlaridan farqini inventarizatsiya o’tkazish bilan aniqlanadi. 
Inventarizatsiya (lotincha suz bo’lib-ro’yxat qilish demakdir) bu moddiy javobgar 
shaxslardagi boyliklarning haqiqiy qoldig’ini aniqlab (ulchab,tortib va hokazo), ro’yxat kilib 
buxgalteriya ma'lumotlari bilan taqqoslashga aytiladi. Invetarizatsiya uz vaqtida va sifatli
o’tkazilishi katta ahamiyatga ega.
Invetarizatsiya mutaxassislardan iborat komissiya to’zilib o’tkaziladi. 
Komissiya tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: 
Korxona rahbari yoki rahbarning o’rinbosari; 
Bosh buxgalter 
Yurist; 
Moddiy bo’lim buxgalteri; 
Iqtisodiy bo’limlar xodimlari va boshqalar. 
Komissiya a'zolari tarkibi korxona rahbarining buyruti bilan tasdiqdanadi. 
Komissiya moddiy javobgar shaxsda turgan barcha boyliklar turlarini (xom-ashyo, 
pul mablag’lari,inventarlar va hokazo), ularning saqlanish sharoitini.mahsulotlarning 
sifatini, o’lchov asboblarining to’q’riligini tekshiradi. 
Invetarizatsiya moddiy boyliklarning qanday qismini kamrab olishiga qarab to’liq va 
qisman o’tkazilishi mumkin. Xo’jalik mablag’larining hammasi inventarizatsiyadan 
o’tkazilsa tuliq inventarizatsiya deyiladi. Ayrim tovarlarning inventarizatsiya qilinishi qisman 
inventarizatsiya deyiladi. 
Buxgalteriya hisobi ma'lumotlari to’q’ri bo’lishini ta'minlash va oddiy boyliklar 
qanday axvoldaligini tekshirish uchun inventarizatsiya yoki ashyoviy ro’yxat o’tkaziladi. 
Inventarizatsiya yoki ashyoviy ro’yxat deb korxonada mavjud bo’lgan tovar moddiy 
boyliklarni natura va qiymat jixatdan asrab avaylashdir. 
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to’q’risidagi Nizomga 
kura,barcha tashkiliy-huquqiy shakl va faoliyat turlariga mansub korxonalar yillik hisobot 
to’zish moddiy resurslarni inventarizatsiyadan o’tkazishlari shart. 
Inventarizatsiya o’tkazish vaqti korxonaning o’zi tomonidan beliglanadi.lekin u 
quyidagi xollarda majburiy o’tkaziladi: 
-ijaraga berish va mulkni davlat tasarufidan chiqarish paytida; 
-yillik buxgalteriya hisobotini to’zish oldidan, bunda hisobot yilining 1-oktyabridan 
keyin inventarizatsiya o’tkazilgan mol-mulk ro’yxat qilinmaydi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Binolar inshootlar va asosiy vositalarning boshqa kuchmas ob'ektlarini ikki uch yilda 
bir marta inventarizatsiyadan o’tkazish mumkin. Pul mablag’lari, pul hujjatlari, boyliklar va 
qat’iy hisobdagi blankalar oyda bir marta, yoq’ilg’i-moylash materiallari,oziq-ovqat 
mahsulotlari-har chorakda inventarizatsiya qilinadi; 
-moddiy javobgar shaxs o’zgarganda (ishlarni qabul qilish topshirish kunida); 
-o’g’irlash va suiste'mol qilish, shuningdek boyliklarni ishdan chqarish faktlari 
aniqlanganda-ana shu faktlar aniqlanagandan so’ng shoshilinch tarzda; 
-yongin yoki tabiiy ofatlar yuz berganda-yongin yoki tabiiy ofatlar tugagandan so’ng 
shoshilinch tarzda; 
-asosiy vositalar va tovar moddiy boyliklar qayta baholanganda; -korxona tugatilgan 
yoki qayta tashkil etilgan paytda. 
Shu tariqa,har bir tekshirish korxona moddiy va moliyaviy bazasining haqiqiy holati va 
kamomad sabablarini yaqqol ko’rsatadi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə