3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


-modda. Buxgalteriya hisobi registrlari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/79
tarix27.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124339
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79
buxgalteriya hisobi asoslari (1)

10-modda. Buxgalteriya hisobi registrlari
Buxgalteriya 
hisobi 
registrlari 
ikki 
yoqlama 
yozuv 
qoidalariga 
muvofiq yuritiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar, tasdiqlangan blanklar(shakllar)dir. 
Registrlar texnika vositalaridan foydalanishda olingan monogramma ko’rinishidagi yozuvlar 
yo’li 
bilan, 
shuningdek 
magnit 
tasmalari, disklar, disketlar va boshqa mashinalarda bajarilishi mumkin. Registrlarni 
shakllantirish tartibi buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanadi. Buxgalteriya hisobi 
registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlarning kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi. 
11-modda. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya silish
Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to’g’riligi hamda aniqligi aktivlar va 
majburiyatlarni majburiy sur’atda inventarizatsiya qilish orqali tasdiqlanadi. Inventarizatsiya 
ob’ektlari, uni o’tkazish tartibi va muddatlari inventarizatsiya bo’yicha buxgalteriya hisobi 
standartiga muvofiq belgilanadi. 
12-modda. Aktivlar va majburiyatlarni baholash
"Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonunda oborot aktivlarini baholash, quyidagi ikki 
bahoning eng pasti bo’yicha balans to’zilayotgan sanadagi xaqiqy tannarxi bo’yicha (sotib 
olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo’yicha (sof sotish qiymati) 
amalga oshiriladi. Asosiy mablag’lar va nomoddiy aktivlar ularning to’liq, boshlang’ich 
qiymati bo’yicha hisobga olinadi. Asosiy mablag’lar va nomoddiy aktivlar qiymatini 
hisobdan chiqarish ularning qiymati to’liq to’langanga qadar yoki ob’ekt safdan chiqib 
ketgunga qadar bo’lgan eskirishini (amortizatsiyani) hisoblash yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Amortizatsiya ajratmalari ob’ekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan boshlab 
amalga oshiriladi. yerning qiymati amortizatsiya qilinmaydi. Moliyaviy quyilmalar 
buxgalteriya hisobi standartlariga muvofik, hisobga olinadi. Majburiyatlar taraflarning 
kelishuviga binoan pul bilan aks ettiriladi. Sud qarori bo’yicha yuzaga kelgan majburiyatlar 
tegishli so’mmada aks ettiriladi. Potensial majburiyatlar dastlabki xaqikiy bahosi bo’yicha 
aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi milliy valyuta — so’mda yuritiladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə