|
3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdfBuxgalteriya hisobi tamoyillari deganda3 McCarthy, O\'Dell English vocabulary in use pdfBuxgalteriya hisobi tamoyillari deganda
uni yuritishda amal qilish lozim bo‘lgan
qoida va tartiblar majmuasi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobini yuritishning tamoyillari mamlakatimizda O‘zbekiston
Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida Qonuni»ning 6- moddasi bilan
belgilangan, shuningdek 1-son BXMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» ning 16-49
punktlarida ushbu tamoyillarning mohiyati ochib berilgan. Bu tamoyillarning asosiylari
qo‘yidagilar.
Uzliksizlik tamoyili.
Bu tamoyil korxonani doimo harakatdagi sub’ekt, ya’ni o‘z
faoliyatini kelgusida davom ettiruvchi va rivojlantiruvchi sub’ekt sifatida qaraydi.
Buxgalteriya hisobini uzliksiz yuritilishi korxonaning kelajagi borligidan darak beradi.
Bundan tashqari buxgalteriya hisobi korxonaning kelajakda ravnaq topishiga xizmat
qiluvchi vosita hamdir.
Hisoblash tamoyili.
Bu tamoyil korxonaning daromad va harajatlarini yuz bergan
vaqtiga ko‘ra tan olish va shu vaqtdan boshlab ularni buxgalteriya hisobida va hisobotda
aks ettirishni bildiradi. Soliq Kodeksiga muvofiq 1998 yil 1 yanvardan boshlab barcha
korxonalar uchun ularning mulk shaklidan qatiy nazar sotish momenti qilib mahsulot
(ish, xizmat) ni jo‘natish (bajarish) sanasi, ular uchun to‘lov pulini qachon kelib
tushishidan qatiy nazar, qabul qilindi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|