3. Moliyaning mohiyati va zarurligi



Yüklə 7,14 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü7,14 Kb.
#181732

3. Moliyaning mohiyati va zarurligi
Moliya va moliyaviy munosabatlarning vujudga kelish tarixi insoniyat tarixining tarkibiy
qismi bo‘lib, ming-yillar avval paydo bo‘lgan. Qadimgi Bobil davlatida amal qilgan Xamurabi
qonunlari yoki Qadimgi Hindistonning Manu qonunlarimi, Xitoy, Yunoniston yoki Turon, Rim
imperiyasi qonunlarimi, baribir ularning barchasida soliqlar to‘plash, davlat xazinasi hisob-kitobi
kabi masalalar o‘z aksini topgan. Ularda jamiyat hayotida mustahkam o‘rin tutgan pul hisob-kitobi
bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarga katta ahamiyat berilgan. Chunki moliya sohasida, soliq-boj
sohasida to‘g‘ri siyosat yuritilishi jamiyat taraqqiyotining muhim sharti bo‘lgan.
Sohibqiron Amir Temur o‘z Tuzuklarida: «Amr etdimki, raiyatdan mol-xiroj yig‘ishda
ularni og‘ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanish kerak.
Negaki, raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi» deya
soliqlarning, moliyaning davlat va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlab o‘tgan.
“Moliya” iborasi XIII - XV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida paydo bo‘lib, avvaliga
har qanday pul to‘lovini bildirgan. Keyinchalik bu ibora qandaydir jarayonni, subyektlar o‘rtasidagi
munosabatlarni, aniqrog‘i, pul munosabatlarini bildirgan va xalqaro ko‘lamga yoyilgan, lekin uni
ishlatish sohasi umumdavlat pul fondlariga pul to‘lovlari bilangina chegaralangan.
XVII-XVIII asrlarda Yevropada sanoatning rivojlanishi, fan-texnika sohasidagi inqiloblar,
buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar, mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi turli aloqalarning kengayishi o‘rta
asrlardagi yirik yer egalari, qirollar, sultonlar va ularga qaram bo‘lgan dehqonlar o‘rniga jamiyat
sahnasiga savdogarlar, fabrikantlar, bankirlarning kelishiga, davlat hayotida hisob-kitob va
moliyaviy ishlar ahamiyatining keskin oshib ketishiga sabab bo‘ldi. Iqtisodiy va moliyaviy
munosabatlarning avj olishi kapitalistik davlatlarga moliyaviy munosabatlardan siyosiy
maqsadlarda foydalanish, soliq, boj, kredit kabi vositalar yordamida ichki va tashqi siyosatda
muayyan muvaffaqiyatlarga erishish imkonini yaratdi. XVII-XVIII asrlarda taraqqiy etgan
davlatlarda jamiyatni boshqarish sohasidagi qudratli ma’muriy-buyruqbozlik tizimlarining vujudga
kelishida (Shvetsiya, Avstriya, Prussiya, Rossiya kabi) katta o‘rin tutdi. Bunday ma’muriyboshqaruv tizimining vujudga kelishi ulkan amaldorlar guruhi va yirik qurolli kuchlarni saqlab
turish zaruratini vujudga keltirdi, bu esa oqibatda davlat xarajatlarini keskin oshirib yubordi.
Bunday sharoitda davlat moliyaviy tizimlarini vujudga keltirish, ularning bir maromda ishlashini
ta’minlovchi qoidalarni yaratish, jamiyat moliyaviy faoliyati tamoyillarini ishlab chiqish dolzarb
muammolardan bo‘lib qoldi. Shu davrga kelib samarali moliya va soliq siyosati yuritish har bir
davlat uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Chunki Rim imperatori Tiberiy ta’biri bilan aytganda:
«Soliq to‘lovchilar - junini oldirishni istovchi, lekin terilarini shilib olinishiga qarshi bo‘lgan
qo‘ylar singari bo‘lib, me’yordan oshish har qanday davlatni taraqqiyotga emas, balki tanazzulga
olib kelishi mumkin». Shunday sharoitlar tufayli moliya va moliyaviy munosabatlarga oid ko‘plab
ilmiy va adabiy asarlar yuzaga keldi. Mashhur shotland iqtisodchisi Adam Smit «Xalqlar
boyligining tabiati va sabablari haqida tadqiqot» asarida moliyaning davlat va jamiyat hayotidagi
yuksak ahamiyatini ko‘rsatib berdi.
Fan-texnika ulkan yutuqlarga erishgan, ishlab chiqarish yuksak rivojlangan, jamiyatni idora
qilishda davlat muhim o‘rin tutgan bizning davrimizga kelib moliya va moliyaviy munosabatlar
tarixiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biriga aylandi. Davlat moliyaviy mexanizmlar
yordamida ishlab chiqarishni, iqtisodiy hayotni, fan-texnika taraqqiyotini, madaniyatni, ijtimoiy
ehtiyojni qondirish masalalarini, davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash sohalarini samarali
tartibga solmoqda. Har qanday davlatda moliya va moliyaviy salohiyat norasmiy hokimiyat bo‘lib,
uning yordamida muayyan ichki va tashqi siyosat amalga oshirilishi mumkin.
Moliya va moliyaviy tizimlar har qanday davlatga mablag‘larni soliqlar, boj va boshqa
yig‘imlar tarzida fuqarolardan yig‘ib olish, bir joyga to‘plash hamda ulardan ko‘zlangan maqsadga
muvofiq foydalanish imkonini beradi. Shu yo‘l bilan davlat apparatining bir maromda ishlashi,
mamlakatning samarali mudofaa qudrati, insonparvarlik sohalarining rivoji, jamiyatning kam
ta’minlangan va yordamga muhtoj bo‘lgan tabaqalarining ijtimoiy jihatdan himoyalanishi
ta’minlanadi, iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarini tezroq rivojlantirish choralari ko‘riladi.
Shunday qilib, moliyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
1. Pul munosabatlari, ya’ni pul moliyani mavjud bo‘lishi va amal qilinishini moddiy asosi
hisoblanadi (pul yo‘q joyda moliya bo‘lmaydi).
2. Islohotlarning bosh tashkilotchisi bo‘lmish davlatning mavjudligi.
3. Pul munosabatlari jarayonida umumdavlat pul fondlarini shakllanish jarayoni amalga
oshiriladi. Aytish mumkinki, moliyaning alohida belgisi uning fondli xarakteridir.
Yüklə 7,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə