3 Moyli urug‘larni saqlash


 Moyli urug’larning saqlash omborlarini turlari



Yüklə 292,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix22.09.2023
ölçüsü292,41 Kb.
#122812
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
3 Moyli urug‘larni saqlash

4. Moyli urug’larning saqlash omborlarini turlari 
Moyli urug’lar saqlanadigan omborlar u yerdagi ishlarning mexanizmlar 
yordamida bajarilish darajasiga ko’ra: 
1.mexanizasiyalashtirilmagan; 
2.yarim mexanizatsiyalashtirilgan; 
3.yexanizatsiyalashtirilgan turlarga bo’linadi. 


4.1.Mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilmagan omborlar. 
Mexanizatsiyalashtirilmagan omborlarning poli gorizontal bo’lib muhim 
o’rnatilgan tushirish qurilmalari bilan jihozlangan. Bunday omborlar devori tosh, 
g’isht va yog’ochdan bo’lib balandligi 3,2 m bo’ladi, ularning sig’imi, shakli 
turlicha bo’ladi. Bunday omborlar oldiga urug’larni tozalash va quritish inshootlari 
ham birgalikda qurilishi mumkin. 
Bunday omborlarda xom ashyo vaqtincha yoki uzoq muddatda saqlanishi 
mumkin. Bu tipdagi omborlarni kam xarajat sarf qilib mexanizatsiyalashtirish 
imkoniyatlari mavjud. 
Mexanizatsiyalashtirilmagan omborlari urug’larni tushirish va yuklashda 
kuchma harakatlanuvchi mexanizmlar yordamida bajariladi, bu kuchma 
mexanizmlarni ishlatish ko’p mexnat va xarajat talab etadi. Bunday omborlarni bir 
qism muhim o’rnatilgan mexanizmlar bilan jihozlash mumkin, bunda bajariladigan 
ikki operatsiyadan (yuklash yoki tushirish) biri muhim o’rnatilgan mexanizmlar 
yordamida,boshqasi qushma mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi. 
Mexanizatsiyalashtirilgan omborlarning poli gorizontal va konus shaklida 
bo’lib unda urug’ uyum holda saqlanadi,ularda bir xil partiyadagi 5-6 ming tonna 
urug’ni saqlash mumkin. Bunday omborlarda urug’ni qabul qilish va uzatish ishlari 
o’rnatilgan mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi, ular ostki va ustki 
transportyorlar bilan jihozlangan. Ostki transportyorlar omborxona poli ostida 
galereyalarda o’rnatiladi. 
4.2.Paxta chigiti saqlanadigan omborlar
. Ko’p yillar davomida yog’ 
zavodlarida paxta chigiti piramida shaklidagi buntlarda ochiq holda saqlanar edi. 
Buntda saqlashning kamchiligi shundaki, chigitni buntlash yoki buntni bo’zib 
undan chigitni ishlab chiqarishda uzatish vaqtida ob-havo o’zgarib namgarchilik 
bo’lsa, chigit namlanib qoladi va quritish qiyin bo’ladi. Lekin ob-havo qulay 
bo’lgan vaqtda buntlangan chigit ustiga bir marta yomg’ir yog’ib utgandan keyin 
uning ustida 5-10sm qalinlikda qatkaloq hosil bo’lganligi uchun u bir necha oy 
bo’zilmay yaxshi saqlanishi mumkin. 
Chigit qayta ishlanadigan zavodlarda vagon yoki avtomashinada chigit qabul 
qilib oladigan joylar bilan omborlar orasida tunnel quriladi va chigit lentali 
transportyor orqali uzatiladi. Ombor bilan chigit tozalash bo’limlar orasda ham 
tunnel bo’ladi. 
Hozirgi vaqtda yog’-moy zavodlarida zamonaviy paxta chigitini saqlash 
omborlari qurilgan. Bu omborlar aktiv shamollatish jihozlari bilan ta‘minlangan. 
Bunday omborlar yigma temir beton konstruktsiyasidan qurilgan bo’lib unda 
chigitni navlar bo’yicha saqlash uchun sektsiyalarga bo’lingan. Paxta chigiti qabul 
qilish qurilmasidan 3 noriya orqali ustki galeriyadagi 1 lentali transportyorga 
uzatiladi. Chigitni sektsiyalariga taqsimlash uchun maxsus 2 novalar o’rnatilgan 
bo’lib lentali transportyordan chigit shu novalarga beriladi.Chigitni ishlab 
chiqarishda uzatish uchun omborni ikki tomonida ayvon ostida kanal o’tkazilgan 
bo’lib uning ichiga 5 lentali transportyor o’rnatilgan. Omborxona polida muhim 
o’rnatilgan 4 shnekli transportyorlar bo’lib ular chigitni 5 lentali transportyorda 
uzatish uchun xizmat qiladi. Bunday omborlarda bajarilgan hamma ishlar 


mexanizatsiyalashtirilgan. Har bir sektsiyadagi urug’ning harorati avtomatik 
harorat o’lchash qurilmalari yordamida nazorat qilib boriladi.


Yüklə 292,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə