3 Moyli urug‘larni saqlash


Paxta chigitining nafas olishini jadallashishiga namlikning ta‘siri



Yüklə 292,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix22.09.2023
ölçüsü292,41 Kb.
#122812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3 Moyli urug‘larni saqlash

Paxta chigitining nafas olishini jadallashishiga namlikning ta‘siri 
Moyli 
xom 
ashyo 
Moy 
miqdori, 

Namligi, % 
 
24 soat ichidagi nafas olishni 
jadallashishi, (100g urug’da. mg 
ajr. chik) 
Paxta 
chigiti 
25 

10,9 
12,0 
14,2 
16,4 
18,1 
0,79 
1,37 
4,36 
4,84 
11,84 
42,27 

2.3.Mikroorganizmlar va zararkunandalar ta‘siri.
Moyli urug’larni 
saqlashda mikroorganizmlarning ta‘siri natijasida bo’zilish jarayonlari ro’y beradi. 
Moyli urug’lar tarkibida turli tuman bakteriyalar bo’lib, ular xom ashyo nam 
bo’lsa, tarkibida begona aralash moddalar ko’p bo’lsa, atrof muhitning namligi
yuqori bo’lsa, ularning faoliyati uchun qulay sharoit bo’ladi. Ayniqsa, moyli 
urug’lar mexanik shikastlangan, chaqilgan, maydalangan bo’lsa mikroorganizmlar 
ta‘sirida bo’zilishi ko’p bo’ladi. 
Yog’li urug’larning sifatini buzadigan faktorlardan biri mikroorganizmlardir. 
Keltirilgan xom ashyo tarkibida mikroorganizmlarga boy har xil chiqindilar 
bo’ladi. Agar ob-havo nam kelib, urug’larning kritik namligi yuqori bo’lsa, 
ulardagi mikroorganizmlar aktivlashib, mag’izning bo’zilish jarayoni tezlashadi. 
Mikroorganizmlardan saprofit, fitogen va patogen deb ataladigan turlari ayniqsa 
hafli. Masalan, saprofitlar mog’or hosil qiladi, fitogenlar urug’larni puch qilib 
qoyadi, patogenlar esa qoqshol, sil va manqa kasalliklarni qo’zg’atadi. Urug’larni 
yaxshilab quritish bilan bo’lardan qutilish mumkin.
Moyli urug’lar mikroorganizmlar uchun yaxshi ozuqa manbai bo’lib, ular 
uchun qulay sharoit bo’lishi bilan ular o’z faoliyatini davom etiradilar. Moyli 
urug’lar 
tarkibida 
ko’p 
uchraydigan 
mikroorganizmlarga 
zamburug’lar, 
bakteriyalar va antinomitsitlar misol bo’ladi. Bu mikroorganizmlar o’zini 
rivojlanishida organik moddalar bilan oziqlanishi tufayli ko’pgina urug’larning 
yuqolishiga olib keladi. Bu mikroorganizmlar ichida mog’or zamburug’lari xavfli 
bo’lib, ular urug’ qobiqini tashkil qilgan kletchatkani gidrolizlaydi va urug’ 
qobiqini shikastlaydi buning natijasida boshqa mikroorganizmlarning urug’ 
mag’iziga utishi uchun yul ochiladi. Ayniqsa spora hosil qiluvchi mog’or 
zamburug’lari bilan zararlangan,urug’lar xar qanday sharoitda ham saqlashga 


chidamsiz. Shu sababdan saqlanayotgan urug’lar tarkibida mikroorganizmlarning 
kamligi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun urug’lar saqlashdan oldin ular 
tarkibidagi aralash moddalardan(aralash moddalar tarkibida mikrofloralar urug’ga 
nisbatan 
ko’p 
bo’ladi) 
tozalanadi 
va 
urug’larni 
saqlash 
vaqtida 
mikroorganizmlarning rivojlanishi tuxtatish chora tadbirlar kuriladi. 
Urug’ massasida mikroorganizmlarning rivojlanishi boshlanishida urug’da 
unchalik 
o’zgarishlarni 
paydo 
qilmaydi. 
Mikroorganizmlarning 
urug’da 
ko’payganligini boshlangich belgisi bu urug’ning rangini o’zgarishi bo’lib urug’ 
o’zining yaltiroqligini yuqotadi, unda qora yoki rangli dog’lar paydo bo’ladi. 
Shundan keyin chirigan yoki mog’or hidi paydo bo’lib,urug’ sochiluvchanligini 
yuqkotadi, harorati ko’tariladi va o’z-o’zidan qiziydi.
Moyli urug’larni saqlash vaqtida ularga turli zararli xasharotlar va qushlar 
ham ziyon yetkazadi. Ular urug’lar mag’izining oziq moddalarini yeb, yog’ olish 
texnolgiyasini va mahsulot sifatini buzadi. Ombor zararkunandalarini urug’ini 
quritib namini kamaytirish va omborlarda alohida kimyoviy chora-tadbirlar ko’rish 
yo’li bilan yo’qotiladi. Ularning ba‘zilari 50-55 
0
C da, boshqalari 100
0
C nobud 
bo’ladi. 

Yüklə 292,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə